ⓘ Gallaorol tumani – Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1931 yilgacha Yangiqorgon tumani deb atalgan. Viloyatning garbiy, janubi-ga ..

                                     

ⓘ Gallaorol tumani

Gallaorol tumani – Jizzax viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1931 yilgacha Yangiqorgon tumani deb atalgan. Viloyatning garbiy, janubi-garbiy qismida joylashgan. Shimolidan Forish, sharqdan Jizzax, janubidan Baxmal tumanlari, janubi-garb va garbdan Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 2.0 ming km². Aholisi 128.1 ming kishi. 1 shahar, 2 shaharcha, 11 qishloq fu-qarolari yigini bor. Markazi – Gallaorol shahri.

                                     

1. Tabiati

Tumanning markaziy va garbiy qismi tekislik, shimoliy va shimoli-garbiy qismi qir, baland adir va toglardan iborat. Shim.dan Nurota tizmalari, sharqsan Molguzar togi bilan oralgan. Tuman hududining katta qismi uning markaziy qismidan shimoliga 350400 m dan 1600–1900 m gacha kotarilib boruvchi tekislik. Tekislik Nurota togi etaklarigacha davom etadi. Foydali qazilmalarl.sh qorgo-shin, rux, oltin, volfram. mahalliy ahamiyatga ega bolgan qum, shagal, gips, granit, ohaktosh va boshqa turli qurilish materiallari mavjud, shifobaxsh mineral suv manbai bor. Iklimi keskin kontinental, yozi quruq, qishi sovuq. Yanvarning ortacha temperaturasi –2°, iyulniki 32°. Yillik yogin 326 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Tuproqlari sariq tuproq, lyosslardan iborat. Markaziy va shimolily qismidagi adirlarning tuprogi lyoss ustida hosil bolgan boz, och boz, tipik boz tuproq. Soylik, jar kop. Tuman hududidan Sangzor daryosi oqib otadi. Yovvoyi osimliklardan qongirbosh, rang, yal-piz, lola, lolaqizgaldoq, iloq, qiyoq, shora, shuvoq, yantoq, namatak, zira, zirk va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, tulki, qobon, chiyabori, arxar, quyon; sudralib yuruvchilardan tosh-baqa, zaharli ilonlar, echkemar, kal-takesaklar; kemiruvchilardan kala-mush, yumronqoziq, dala sichqoni; qushlardan burgut, tuvaloq, bedana, qirgovul, kaklik, kaptar yashaydi; suv havzalarida turli baliqlar uchraydi.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa mil-lat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 61.9 kishi. Shahar aholisi 32.2 ming kishi, qishloq aholisi 91.6 ming kishi.

                                     

3. Iqtisodiyoti

Gallaorol tumanida Marjonbuloq va Qoytosh volfram-molibden konlari, meva-konserva, sharob ishlab chiqarish korxonasi, parrandachilik aksiyadorlik birlashmasi, avtokorxona, MTP, sutni qayta ishlash, qishloq xojaligi texnikasini tamirlash, paxta tozalash, gisht zavodlari bor. 230 ga yaqin firma, orta biznes, kichik korxona, mikrofirmalar faoliyat korsatadi. "Gallaorol – Iordaniya", "Gallaorol – Turkiya", "Gallaorol – Belogorsk", "Vollastonit" Qoytoshda qoshma korxonalari ishlab turibdi.

Qishloq xojaligida gallachilik, bogdorchilik, tokchilik, chorvachilik shu jumladan, qorakolchilik rivojlangan. Ekin maydonlariga don, sabzavot, kartosh-ka, poliz va ozuqa ekinlari ekiladi. Shirkat, fermer xojaliklari, ormon xojaligi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, urugchilik firmasi va boshqa bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xojaliklarda qoramol, qoy va echki, parran-da, yilqi boqiladi. Tuman hududidagi kanallar uz. 76 km, zovurlar uz. 106.6 km.

90 ga yaqin umumiy talim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kollejlari, tuman markaziy kutubxonasi va uning 33 ta tarmogi 244 ming nusxa asar, 11 madaniyat uyi, 15 klub muassasasi mavjud. "Oltin boshoq" ashula va raqs, "Gashtak" folklor-et-nografik dastalari faoliyat korsatadi. Stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi 520 orin, 4 poliklinika, tugruqxona, 55 feldsher-akusherlik punkti, 10 qishloq-vrachlik am-bulatoriyasi, dorixonalar aholiga xizmat korsatadi. Tuman hududidan Katta Ozbekiston trakti va temir yol otgan. Tuman markazidan Toshkent, Samarqand, Jizzax shahri lari, viloyatning Baxmal, Gagarin, Paxtakor, Dostlik shaharlariga avtobuslar qatnaydi. Tezyu-rar Toshkent – Samarqand elektr poyezdi tuman hududidan otadi.

Gallaorol tumanida Oydinsoy miloddan avvalgi 1-asr, Qongirtepa, Shaxidtepa 1-asr, Almantepa, Jalmantepa, Lapaktepa, Pardakultepa, Nushkent kabi tarixiy arxeologik yodgorliklar bor. "Galla-orol ovozi" tuman gaz. chop etiladi.

Tuman tarkibida 11 qishloq fuqarolar yigini, 2 shahar Marjonbuloq, Gallaorol, 1 shaharcha Qoytosh mavjud. Markazi – Gallaorol shahri. Aholisi asosan ozbeklar; ruslar, tatarlar va boshqa millat vakillari. Aholining ortacha zichligi 1 kvadrat kilometrga 19 kishi. Gallaorol tumanining markaziy va garbiy qismi tekislik, shimoliy va shimoli-garbiy qismi qir, baland adir va toglardan iborat. Shimoldan Nurota tizmalari, sharqdan Molguzar togi bilan oralgan. Gallaorol hududining katta qismini uning markaziy qismidan shimolga 380-400 metrdan 1600-1900 metrgacha kotarilob boruvchi lyoss va sariq tuproqli qatlamdan iborat tekislik pasttekislik tashkil qiladi. Sangzor daryosi xosil qilgan bu tekislik Nurota tog etaklariga borib taqaladi.

Tuman zamini turli hil foydali qazilmalar – qorgoshin, rux, oltin, volfram singari yer osti madanlarga nihoyatda boy. Mahalliy axamiyatga ega bolgan qum, shagal, ganch, granit, ohaktosh va boshqa hil qurilish materiallari ham mavjud. Tumanda shifobaxsh mineral suv manbai bor. Iqlimi keskin kontinental, yozi quriq, qishi sovuq.