ⓘ Abxaziya, Abxaziya Respublikasi – Gurjiston Respublikasi tarkibida. 1921 yil 4 martda tashkil topgan. Zakavkazening shimoli-garbiy qismida joylashgan. Janubi-ga ..

                                     

ⓘ Abxaziya

Abxaziya, Abxaziya Respublikasi – Gurjiston Respublikasi tarkibida. 1921 yil 4 martda tashkil topgan. Zakavkazening shimoli-garbiy qismida joylashgan. Janubi-garbiy qismi Qora dengizga tutashadi. Maydoni 8.7 ming km². Aholisi 530 mingdan ortiq kishi. 5 tuman, 7 shahar, 4 shaharcha bor. Poytaxti – Suxumi shahri

                                     

1. Tabiati

Abxaziya hududining kopchilik qismi Katta Kavkaz tog tizmasining etaklari va yon bagirlarida joylashgan. Ayrim joylarda toglarning bal. 3–4 ming m ga yetadi. Dovonlar ham bor. Qora dengiz boylab torgina tekislik chozilgan. Jan sharqida Kolxida pasttekisligi joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkomir, qurilish ma-teriallari, barit, simob, polimetall rudalar. Iqlimi – nam subtropik, toglarda – mo’tadil sovuq va sovuq. Sohilda yanvar temperaturasi 4°, 7°, toglarda –2° gacha; iyulda sohilda 22°, 24°, toglarda 16°, 18°. Yogin miqdori pasttekisliklarda 1300–1500 mm, toglarda 2400 mmgacha. Daryolari: Bzib, Kodori, Galidzga, Gumista; kollari: Ritsa, Amtkeli. Pasttekislik va tog etaklari botqoq, allyuvial, podzol, ayrim joylar sariq, qizil tuproqli. Balandlashgan sari chirindi karbonatli, qongir tog-ormon hamda tog-otloq tuproqlar uchraydi. Mamlakat hududining 55 % dan koprogi ormon, yuqoriroqda oq qaragay, undan balandda subalp va alp otloqlari bor. Subtropik osimliklardan xurmo, evkalipt, sarv va boshqa osadi. Abxaziya hududida Ritsa, Gumista, Pitsunda-Myusser qoriqxonalari bor. Aholisi. Asosiy aholisi abxazlar va gurjlar. Ular sohil tumanlari va tog yon bagirlarida yashaydi. Shaharlari: Ochamchira, Gudauta, Gagra dengiz portlari, Gali, Tkvarcheli. Abxazlar ozlarini apsua deb ataydilar. Davlat tili – abxaz tili.

                                     

2. Tarixi

Abxaz xalqining ajdodlari haqidagi dastlabki malumotlar jez asrining keyingi davridan boshlanadi. Mil. av. 1- minginchi yil ortalarida Abxaziya Kolxida qirolligining bir qismi bolgan. Mil. av. 2-asr oxiri –1-asrning boshlarida Abxaziya Pont qirolligi, mil. av. 65 yildan Rim qaramogida bolgan. 4-asrda Garbiy Gurjistonda vujudga kelgan Laz qirolligi tarkibiga kirgan. 4– 6-asrlarda butun Abxaziyani Vizantiya zabt etgan. 8-asrga kelib abxazlar Vizantiyaga ito-at etmay qoydi. Shu asrning 80-ylarida Garbiy Gurjiston yerlari Abxaziya qirolligiga birlashtirildi. 16-asrdan Abxaziya Turkiyaga qaram bolib qoldi va abxazlar yerlari iqtisodiy-madaniy inqirozga uchradi. 1810 yilda Abxaziya Rossiyaga qoshib olindi. 19-asr boshlarida abxazlar Axchipsou, Aibga, Dal, Sabal, Psxu kabi erkin jamoalar tarzida kun kechirgan. Har biri bir necha ming kishidan iborat bolgan erkin jamoalar qon-qardoshlik guruhlariga bolinar va ular ortasidagi munosabatlar abxazlarning ananaviy huquqiga asoslanar, hamma masalani jamoa oqsoqoli hal qilar edi. Asrlar davomida Abxaziya knyazligining markazlashuv darajasi avvalo hokim knyazning shaxsiy obro-etiboriga bogliq bolgan. Kopincha u va mahalliy zodagonlar erkin jamoalarni nazorat qilmasdi. Abxaziya Rossiyaga qoshib olingach, bir necha on yillar davomida vaziyat notinch boldi. Aholining bir qismi Turkiya tarafdori edi. 1864 yilgi Kavkaz urushidan keyin Abxaziya ning muxto-riyat maqomidan mahrum etilishi vazi-yatni keskinlashtirib yubordi. Ommaviy norozilik 1866 yilda abxazlarning yalpi qozgoloniga aylanib ketdi. Rus jazo otryadlari qozgolonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Mamurlar galayonchi ab-xazlarni Turkiyaga kochira boshladi. 1877-78 yillardagi rus-turk urushida abxazlar Turkiya tarafida faol ishtirok etishi sababli ularni majburan Turkiyaga kochirish ommaviy tus oldi. Natijada abxazlar yashab kelgan hudud ikkiga: shim garbiy bzib va janubi-sharqiy ab-juy qismlarga bolinib qoldi. Abxazlar tark etgan yerlarga Turkiyadan greklar va armanlar, Rossiyadan turli millat ki-shilari, Gurjistondan asosan megrellar kochib kela boshladilar. Shu tariqa hozirgi Abxaziya turli-tuman millatlar yurti bolib qoldi. 1921 yil 16 dekabrda Abxaziya shar-tnoma asosida Gurjiston tarkibiga kirdi. 1990 yil dekabrdan Abxaziya muxtor respublikasi, 1992 yil iyuldan Abxaziya Respublikasi. Abxaziyadagi 1990-yillardagi vaziyatning xususi-yatlari va otkir gurj-abxaz mojarosining sabablari kop jihatdan tarixiy otmishga va 19–20-asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar harakteriga borib taqaladi.Xojaligi. Abxaziya garbiy va sharqiy iqtisodiy hududlarga bolinadi. Xojaligida agrar soha ustun. Choy, tamaki, sitrus mevalari, efir moyli osimliklar ekiladi, makkajoxori yetishtiriladi. Ormonchilik va komir qazib olish tarmoqlari rivojlangan. 90- yillarning boshigacha sanatoriy-ku-rortlar tizimi alohida orin olgan. Dengiz boylarida bogdorchilik va tokchilik, shuningdek chorvachilik asosan qoramolchilik, parrandachilik, pilla-chilik, baliqchilik va asalarichilikka katta ahamiyat beriladi. Sanoatda oziq-ovqat, tamaki mahsulotlari, meva kon-servalari ishlab chiqariladi. Abxaziyada 4 tamaki-fermentatsiya zavodi, bir necha choy fabrikasi, Kodori taxta tilish kombinati bor. Mahalliy xom ashyo asosida efirli moy zavodlari, shuningdek charm poyabzal kombinati va bir necha tikuvchilik korxonalari ishlaydi. Elektr energiyasi asosan Tkvar-cheli elektr stansiyasi va Suxumi GESida hosil qilinadi. Mashinasozlik va kimyo sanoati, qurilish materiallari korxo-nalari bor. Abxaziya hududini Suxumi – Cherkasiya temir yol va avtomobil yollari kesib otadi. Asosiy dengiz porti – Suxumi shahri Muhim iqlimiy kurortlar Suxumi, Gagra, Gudauta, Noviy Afon, Pitsundada joylashgan.Madaniyati. Abxaziya da orta umumiy talim maktablari, orta maxsus oquv yurtlari, oliy oquv yurtlari Suxumi universiteti, Subtropik xojalik instituti, ilmiy tadqiqot insti-tutlari, klub muassasalari, muzeylar, botanika bogi ishlab turibdi. Abxaz tilida gaz. va jurlar nashr etiladi. Ab-xaz, gurj va rus tillarida radio eshit-tirishlar olib boriladi. Retranslyatsiya telekorsatuvi mavjud. Xalq ogzaki ijodida qahramonlar haqidagi ertaklar, rivoyatlar, ovchilik haqidagi hikoyalar, bandi qilib qoyilgan Abrskil haqidagi qadimgi rivoyat, xalq qoshiqlari mashhur. Xalq shoiri D. Gulia abxaz adabiyotining asoschisi hisoblanadi. Chopon va ovchi qoshiqlari, dehqonchilik va urf-odatlar bilan bogliq qoshiq va laparlar abxaz musiqasiga asos bolgan. Abxaziya hududida jez davrining dolmen deb atalgan saganalari, qad. yunon va Rim davridan qolgan inshootlarning vay-ronalari Dioskuriya– Sebastopolis, Anakopiya va boshqalar, Vizantiya davri 6–8-asrlar memoriy yodgorliklari – Noviy Afondagi ustunli bir gumbazli imorat, neolit va jez zamonlaridagi odam va hayvonlarning haykalchalari, naqshli keramika va bronza buyumlar saqlanib qolgan. 14-asrning boshlaridagi mini-atyuralar, 14–16-asrlardagi freskalar mashhur. Hozirgi zamon tasviriy sanatining shakllanishida 1918 yil ochilgan Suxumi badiiy maktabi muhim rol oynagan. Abxaziyaning birinchi professional rassomi A. Shervashidze Chachba bolgan. I. Somaya, N. Tebukashvili, Ch. Kukuladze, V. Mesxi, M. Eshba, B. Gogoberidze kabi sanatkorlar mashhur. Qadimdan amaliy-bezak sanati rivojlangan.

Ushbu tabaqa Rossiya, Nikaragua, Venesuela va Nauru, hamda boshqa bahsli mintaqalar – Janubiy Osetiya va Transnistriya tomonidan tan olingan.

Gurjiston hukumati va dunyoning kop mamlakatlari Abxaziyani Gurjiston hududining bir qismi, deb hisoblashadi. Gurjiston hukumati uni Abxaziya Muxtor Respublikasi, deb nomlaydi. 2008-yil 28-avgustda Gurjiston parlamenti Abxaziyani "Rossiya bosib olgan hudud", deb atash haqida qaror qabul qildi.