ⓘ Til falsafasi tilning kelib chiqishi, mohiyati, kishilik jamiyatiga tasiri va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlaridagi orni, roli, ahamiyatini falsafiy mushoha ..

Ixvon as-SAFO

Ixvon as-SAFO - 10-asrda Yaqin va Orta Sharqda paydo bolgan falsafiy maktab. Ta-niqli namoyandalari: Abu Sulaymon al-Bustiy, Abdul Hasan alzanjoniy, Abu Ahmad almirajoniy, Zayd ibn Rifo. Qolganlari oz nomlarini yashirgan. I. as-S.ning maqsadi xalqortasida falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlarni yoyish edi. Shu maqsadda 51 risola yozilgan bolib, "Sof birodarlar tuhfasi" va "Sof birodarlar nomasi" nomlari bilan mashhur. Bu noma 4 bolimga: mat., tabiiyot, psixologiya, ilohiyot va fikd fanlariga bolinadi. Mazkur risolalar falsafiy va tabiiy-ilmiy bilimlar qomusi vazifasini otagan. Ularning falsafa ...

Vikipediya. Virtual ensiklopediya

Vikipediya. Virtual ensiklopediya – Vikipediya tarixi, hozirgi ahvoli va mavjud muammolariga bagishlangan kitobdir. Mualliflari – Rasim Əliquliyev va Iradə Ələkbərova. Ozarbayjonda 500 adad tirajda chop etilgan.

Volyuntarizm

Volyuntarizm - 1) irodani borliqning eng oliy korinishi, tamoyili deb karovchi falsafiy oqim. V. talimotida insonning irodasi birinchi oringa qoyiladi. Qad. davr falsafasidagi akl-idrok, ratsionalizmdan farqli orta asr falsafasida, mas., A. Avgustin talimotida iroda birinchi oringa chiqddi. A. Shopengauer amaliy idrokni ilgari surgan Kant falsafasiga tayansa ham, lekin undan farqli ravishda irodaning aqlidrokdan ustunligini yoqlab chiqdi va bu bilan Kant falsafasi, klassik falsafadan ozgacha yol tutdi. F. Nitsshe ham Shopengauer tasirida falsafaning markaziga inson irodasini qoyadi. Lekin ...

Vedalar

Vedalar - Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri - 1-ming yillikning boshida yaratilib, V. toplamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism: "Rigveda", "Samaveda", Ayurveda yoki Yajurveda, Atharvaveda yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qad. hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. V. ichida eng qad.si "Rigveda" hisoblanadi. U 10 kitob dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafig ...

                                     

ⓘ Til falsafasi

Til falsafasi tilning kelib chiqishi, mohiyati, kishilik jamiyatiga tasiri va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlaridagi orni, roli, ahamiyatini falsafiy mushohada qilish bilan shugullanuvchi falsafaning bir bolimidir. Mazkur atama borliq va tafakkur ortasidagi ozaro munosabatlar, shuningdek bu munosabatlarni ifodalovchi va izohlovchi nazariy-metodologik bilimlarni organishga yonaltirilgan tadqiqotlar natijalarini ozida aks ettiradi.

Til falsafasi til tarixining ham, tilshunoslikning ham ilmiy-nazariy tahlilini beradi. Shuningdek, til mantigi, psixologiyasi va sotsiologiyasini oziga qamrab oladi. Til, uning vujudga kelishi, rivoji va ahamiyati haqida qadimdan hind va yunon faylasuflari fikr yuritganlar. Naturalistik falsafa tilni tabiiy yol bilan vujudga kelgan qobiliyat sifatida, idealistik falsafa esa - ruhning ijod mahsuli sifatida organgan. Til falsafasi sohasidagi tadqiqotlarning zamonaviy holati ikkita bir-birini toldiruvchi yonalishlar bilan xarakterlanadi: til faktik holatining tashqi va ichki voqeligiga qaytish, shuningdek inson tilining kategorial asoslarini aniqlashtirishga, grammatikaning umumiyligiga urinish. Shunga bogliq holda Herder, Humboldt va Grimm tadqiqotlariga murojaat qilinmoqda.

Zamonaviy gumanitar tafakkurda til falsafasi eng umumiy korinishda "falsafiy qoidalar tilning eng umumiy qonunlarini tushuntirish uchun, tilning asoslari esa oz navbatida muayyan zamonda ilgari surilgan bazi bir falsafiy muammolarni hal qilish uchun qollaniladigan" yondoshuv sifatida tavsiflanadi.

Til haqidagi zamonaviy fanning yangi intralingvistik muammolari til va madaniyat, til va jamiyat, til va din nisbati haqidagi savollardan tashqari til va falsafa ozaro bogliqligi haqidagi masalani ham oz ichiga oladi.