ⓘ Avtoritarizm – davlatni idora qilish usu-li. A.da siyosiy hokimiyat hukmdor shax-sning yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi. ..

                                     

ⓘ Avtoritarizm

Avtoritarizm – davlatni idora qilish usu-li. A.da siyosiy hokimiyat hukmdor shax-sning yoki yetakchining siyosiy irodasi va qarorlari asosida amalga oshiriladi.

Avtoritar davlatda gayridemokratik, avtoritar rejim hukmronlik qiladi. Avtoritar rejimdagi davlatlar uchun fuqarolarning huquq va erkinliklari cheklangan yoki butunlay tugatilganligi, muxolifatdagi partiya va boshqa tashkilotlarning taqiqlanganligi, saylab qoyiladigan davlat organlarining roli cheklanganligi va ijro etuvchi hamda farmoyish beruvchi davlat organlarining roli kuchaytirilishi, davlat boshligi va hukumatning qolida hokimiyat vakolatlarining toplanishi, parlament va boshqa davlat hokimiyat organlarining rolini yoqqa chiqarilganligi xosdir. Avtoritar rejimning eng xavfli shakllaridan biri fashizmdir. Fashistik rejim XX asrning 30-40 yillarida garb mamlakatlarida Germaniya, Italiya paydo bolib, u erda mavjud bolgan demokratik huquq va erkinliklarni yoqqa chiqardi va muxolif partiya va tashkilotlarni terroristik usulni qollab yanchib tashladi. Fashizmga ijtimoiy asosni hokimiyatga intiluvchi kuchlar va aldangan ishchi, dehqonlar qatlami yaratdilar.

Fashistik rejimlarni paydo bolishiga jamiyatning ichida ijtimoiy-sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi, hukmron sinfning siyosiy hokimiyatini inqirozi sabab boladi. Inqirozlar natijasida hukmron tabaqa oz hukmronligini laberal-demokratik usullar orqali taminlay olmaydi, shu sababli hokimiyatni qoldan boy berishdan qorqib terroristik usullarni qollashga otadi. Ularga misol qilib, ikkinchi jahon urushi boshlanishi oldidagi Germaniya va Italiyadagi fashistik rejimlarni korsatish mumkin. Bu mamlakatlarda mavjud bolgan fashistik rejimni xususiyatlariga quyidagilarni korsatish mumkin: aholini kam taminlangan qatlamini himoya qilishni rokach qilib boshqaruvni repressiv usullarini qollash; ommaviy axborot vositalari orqali gayrikommunistik va gayrisemit goyalarni targib qilinishi; xalq farovonligi uchun gamxorlik qilish togrisidagi yolgon shiorlarni tarqatish; fashist rahbarlari siyosatiga qarshi bolganlarga davlat miqyosida kurash olib borish; hukmron doiralarning armiya, politsiya va boshqa repressiv kuchlarga tayanishi; Germaniya va Italiya fashistlari yolboshchilarining daxlsizligi, dohiylikka davogarligi va hokazo. YUqorida sanab otilganlardan tashqari, fashistik rejimning yana bir qator oziga xos xususiyatlari mavjud. Ulardan eng muhimi ijro etuvchi hokimiyatning qonun chiqaruvchi hokimiyatdan mutlaq ustunligidir. Ijro etuvchi hokimiyatning mutlaq ustunligi "tub islohotlar" ni otkazish, "millat birligi" uchun kurashish, "haqiqiy" demokratiyani ornatish, qonuniylik va adolatni tantanasi uchun kurashish kabi shiorlarni ortaga tashlash bilan taminlandi. Bunda parlament faoliyat yuritishni toxtatadi va siyosiy jihatdan betaraflashadi. Parlament ozining qonunlarni yaratish vakolatidan mahrum boladi.