ⓘ Bodring – bir yillik, ot osimlik. Vatani - Hindiston, ammo hozir dunyoning kopgina mamlakatlarida yetishtiriladi. Issiqsevar osimlik xisoblansada, vegatasiya da ..

                                     

ⓘ Bodring

Bodring – bir yillik, ot osimlik. Vatani - Hindiston, ammo hozir dunyoning kopgina mamlakatlarida yetishtiriladi. Issiqsevar osimlik xisoblansada, vegatasiya davrining qisqaligi sababli er kurrasining shimoliy olkalarida ham etishtiriladi. Ozbekistonda sabzavot ekini sifatida keng ekiladi, etishtirish maydonlari boyicha pomidor, piyoz, sabzi, oq bosh karam sabzavotlaridan keying orinda turadi. Ozbekistonda taxminan 8000-10000 gektar maydonda etishtiriladi.

                                     

1. Tarixi

Bodring madaniy holda 3 ming yil ilgari yetishtirila boshlangani haqida malumotlar bor. Vatani Hindistonning tropik va subtropik rayonlari hisoblanib, Himolay tog yonbagirlarida haligacha tabiiy holda osadi. Hindistondan Gresiya va Italiyaga tarqalgan, va keyinroq Xitoyga ham kirib borgan. Evropaning boshqa qismlariga rimliklar tomonidan olib kirilgan. Bodring Fransiya hududiga 9-asrda, Angliyaga 14-asrda, Shimoliy Amerika qitasiga 16-asr ortalarida kirib borgan. Rossiyaga bodring Sharqiy Osiyo davlatlaridan 16-asrlarda kirib borgan degan taxmin bor olmon elchisi Gerbershteynning Fors olkasi va Moskovyaga bolgan safari xotiralari, lekin ayrim tarixchilarning fikriga qaraganda bodring Rus olkalarida 9-asrlarda ham malum bolgan.

                                     

2. Botanik tavsifi

Poyasi er bagirlab osivchi, palakli osimlik, gajaklari oddiy. Osimligi 4-5 ta barg xosil qilgach, erga yotib, yoyilib palak otadi yoki gajaklari yordamida atrofdagi narsalarga chirmashib osadi. Poyasi shoxlanuvchan, yomoloq, yumoloq-qirrali yoki qirrali, tuklar bilan qoplangan boladi. Asosiy poya, songra uning barg qoltiqlaridan birinchi tartibli va ikkinchi tartibli yon shoxlar hosil boladi. Bodring osimligi naviga, oziqlanish maydoni va haroratga bogliq xolda sust, ortacha va kuchli shohlanuvchan boladi. Shoxlanish turiga qarab bodring navlari bir poyali, kuchli- yon shoxlari 8 dan kop, ortacha- 5-8 tagacha yon shoxlar va sust- 1-4 tagacha yon shoxlar shoxlanuvchan poyali navlarga bolinadi. Poyaning uzunligi nav va etishtirish shart-sharoitlariga qarab belgilanadi: ochiq maydonda asosiy poya 1-1.5 metr, qulay sharoitlar tugilganda 3 metrgacha, issiqxonalarda 5 metrgacha osadi. Poyasi ingichka diametri 0.5 cm kam va qalin 0.5 cm dan kop bolishi mumkin. Kalta palakli bodring navlari odatda tezpishar, mevasi nisbatan kalta, vegetatsiya davri qisqaligi bilan xarakterlanadi. Naviga qarab bodring osimligi sust, ortacha va kuchli barglangan turlarga bolinadi.

Barglari poyada navbatma-navbat joylashadi. Barg plastinkasi butun, yuzasi tekis yoki ajinli, barg qirrasi ham odatda tekis. Shakli naviga qarab yomoloq panjasimon yoki oval panjasimon bolishi mumkin.

Ildiz tizimi sterjensimon, kuchli tarmoqlanadi. U 1 metrgacha osuvchi asosisy ildiz va kop sonli qoshimcha ildizlardan tashkil topgan. Tuproqdan oziq moddalar eritmasini sorish kabi fiziologik funksiyani tukchalar bilan qoplangan kichik soruvchi ildizlar amalga oshiradi. Ildiz tizimining asosiy qismi tuproqning 20-25 cm qatlamida rivojlanadi, ildizning yon tomonga tarqalib osish radiusi 1.5 metrgacha bo’lishi mumkin. Yuqori namlikda asosiy va yon shoxlari tuproqqa tegsa qoshimcha ildizlar hosil bolishi mumkin.

Bodringning kopchilik nav osimliklari bir uyli ikki jinsli, yani erkak va urgochi gullar bitta osimlikning ozida joylashgan boladi. Erkak gullari poyada odatda 5-7 ta bolib, top gul hosil qiladi, bir uyli bodring navlarida koopchilik xollarda erkak gullarning soni urgochi gullarnikiga nisbatan kop boladi. Urgochi gullar poyada 1 ta yoki juft, ayrim xollarda 3 ta bolib joylashadi. Asosan urgochi gullar hosil qiluvchi bodring navlari oldiga changlanish uchun etarli darajada erkak gullar hosil qiluvchi navlar birga ekiladi. Gultojibarglari yorqin sariq rangli, erkak gullarida 5 ta changchi bolib shundan 4 tasi juft xolda bittasi yakka holda boladi. Bodring gullari kop yashamaydi: erkak gullari 1-2 kundan song, urgochi gullar esa gullagandan keyin 3-4 kundan keyin solib qoladi. Faqatgina changlangan urgochi gullaridan meva hosil boladi, changlanmaganlari tokilib ketadi. Bodring chetdan changlanuvchi osimlik hisoblanadi. Partenokarpik navlarida gullari changlanishga muxtoj emas, ammo bunday gullardan meva hosil bolsada, mevalarida urug bolmaydi.

Bodring mevalari soxta rezavor bolib, 3-5 urug kameralari hosil qiladi. Shakli, rangi, olchamlari va vazni navlariga qarab ozgaradi. Bodringning pishmagan barra mevalari istemol qilinadi. Naviga qarab sirti tekis, notekis yoki cho’tir bo’lishi mumkin. Meva uzunligi barraligida 5-70 cm gacha, rangi yashi yoki to’q yashil bolishi mumkin, biologik pishganida esa meva kattalashadi, rangi och sariq, toq sariq yoki jigar rang tusga kiradi. Mevalari biologik pishganida uruglik deb yuritiladi. Bitta mevada 100-400 tagacha urug hosil boladi. Uruglari uzunchoq-ovalsimon, oq tusli och sariq rangli, 1000 tasining vazni 16-35 gramm keladi. Unuvchanligini 6-8 yilgacha saqlaydi. 2-3 yillik uruglari yahshi hosil beradi.

                                     

3. Biologik xususiyatlari

Bodring issiqsevar osimlik. Urugi unib chiqishi uchun minimal harorat 12-13C, harorat past bolganda esa uruglar bortsada, unib chiqa olmaydi, oqibatda tuproq ichida chirib ketishi mumkin. Maqbul sharoitlarda, yani 25-30C uruglar 5-6 kunda unib chiqadi. Bodring osimligi osib rivojlanishi uchun maqbul kunduzgi harorat 25-32C, kechasi esa 16-18C. Kunduzi harorat 12-15C dan pasayganda osishi sustlashadi, chang hosil bolishi qiyinlashadi, barglari kichrayadi. Past haroratli sharoitlarning uzoq davom etishi barglarining sargayishi, ildiz tizimi faoliyatining sustlashishi va ohir-oqibatda osimligining nobud bolishiga olib kelishi mumkin. Tuproq harorati ham bodring osishiga tasir korsatadi. Tuproq harorati 16C dan past bolganida ildizning tuproqdan suv va mineral moddalarni sorishi sustlashadi, ildiz atrofi patogen mikroflorasi Phythium va boshalar rivojlanadi. Yuqori hararotlar (40C