ⓘ Adabiyot ..

Allegoriya

Allegoriya –ramzning bir korinishi bolib, voqea-hodisa yoki narsa-buyumning mavhum tushunchasi ornida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy soz ni qollash, yani adabiy asarda oquvchiga noaniq bolgan tushunchani kopchilikka malum bolgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash usuli. Allegoriya – badiiy tasvir, obrazlilik turi; mavhum tushun-cha yoki goyalarni muayyan narsa, voqea va hodisa orqali ifodalash. Mac, "toti" sozining "gapdon", "bulbul" sozining "yaxshi qoshiq aytuvchi" ma’no ifodalari bolsa, "bori", "tulki" sozlaridan "yomonlik", "yovuzlik", "ayyorlik"ni ifo-dalovchi salbiy ma’nolarda ...

Alpomish

"Alpomish" – Ozbek xalq qahramonlik dostoni. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan. "Alpomish"ning qoraqalpoq, qozoq, oltoy versiyalari doston shaklida, tatar va boshqird versiyalari ertak va rivoyat shaklida bizgacha yetib kelgan. Ozbeklar "Alpomish", qoraqalpoqlar "Alpamis", qozoqlar "Alpamis batir", oltoyliklar "Apip-Manash", qozon tatarlari "Alpamsha", boshqirdlar "Alpamisha va Barsin hiluu" deb nomlaganlar.

Detektiv adabiyot

Detektiv adabiyot - jinoyatlarni ochish jarayoni tasvirlangan hikoya, qissa, romanlar. Bu janr asoschisi E. Po. D.a. mumtoz asarlarida jinoyatning ochilishi mantiqiy asosda tasvirlanadi. Janrning keyingi taraqqiyoti D.a.da ijtimoiy-ruhiy motivlarning paydo bolishi, qonun himoyachilarining jinoyatchilar dunyosi bilan bevosita ku-rashi tasvirlangan turli-tuman D.a. paydo bolishi bilan bogliq. Songgi yarim asrda ozbek adabiyotida ham D.a. namunalari yaratilmoqda.

Doston

Doston, poema - liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Ozbek xalq, ogzaki ijodi va ozbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. D.da muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng kolamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa kop boladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang. Xalq ogzaki ijodidagi D.lar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi D.lar nazmda boladi, bunda nasr voqealarni boglovchi vazifasini otaydi. Yozma adabiyotdagi D.larda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon D.larida lirik asos yanada salmoqlir ...

Dramaturg

Dramaturg adabiyotning dramaturgiya janrida asarlar yaratuvchi shaxsdir. Dramaturglar odatda teatr sohasida ishlasa-da, kinematograf uchun ham ssenariylar yozishadi.

Gorogli

"GOROGLI" - xalq ogzaki poetik ijodi yodgorligi. Yaqin va Orta Sharq, Markaziy Osiyo va Jan. Kavkaz xalqlari orasida keng tarqalgan qahramonlik eposi, dostonlar turkumi. Turkumga birlashgan dostonlar turli davrlarda yaratilgan. Ulardan ayrimlarining ildizlari bir yarim-ikki ming yil ilgarigi davrlarga borib taqaladi. Bu dostonlar taxminan 17-asrdan boshlab bir turkumga birlasha boshlagan. "G." turkum iga kiruvchi barcha dostonlar muayyan mustaqillikka ega. Ular ogzaki epik ananada yakka-yakka ijro etiladi hamda eshituvchi va kitobxon ularning har birini alohida asar sifatida qabul qiladi. ...

                                     

ⓘ Adabiyot

  • majmui texnikaviy adabiyot qishloq xo jaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar 2. San atning bir turi badiiy adabiyot deb ham ataladi voqelikni
  • Mumtoz adabiyot - milliy va jahon badiiy madaniyati xazinasini tashkil etgan, ko pchilik tomonidan tan olingan mashhur asarlar silsilasi qarang Klassika
  • Adabiyot muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Toshkent sh. madaniy - ma rifiy va ilmiy muassasa. 1940 yilda Alisher Na - voiy tavalludining
  • Adabiyot muzeyi, Farg ona vi - loyat G afur G ulom nomidagi adabiyot muzeyi madaniy - ma rifiy va ilmiy muassasa Qo qon shahri 1960 yilda asos so - lingan
  • O zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti TAI - o zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixi, hozirgi
  • negizida 1957 - yil Adabiyot va san at nashriyoti nomi bilan tashkil etilgan. 1964 - 1966 - yillarda ushbu nashriyot Toshkent badiiy adabiyot nashriyoti, 1966 - yildan
  • Italyan fan - adabiyot va san at ensiklopediyasi Italyancha: Enciclopedia italiana di scienze, lettere ed arti Italyana - Italiyadagi eng yirik universal
  • Adabiyot muzeyi: Adabiyot muzeyi Toshkent Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Toshkent Adabiyot muzeyi Farg ona Farg ona viloyat G afur
  • Adabiyot sohasida Nobel mukofoti - Alfred Nobel tomonidan joriy etilgan mukofot. Ijodiy ishlarda katta yutuqlarga erishgan shaxslarga beriladi. 1901 Sully
  • Ilmiy - badiiy adabiyot - adabiyotning fan, ilmiy izlanishlar haqida, fandagi g oyalar dramasi va uning ijodkorlari taqdiri haqida hikoya qiluvchi alohida
  • Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslik fanining bir bo limi. Badiiy adabiyot uning jamiyat hayotida tutgan o rni va ahamiyati, yaratilish qonuniyatlari
                                     

Alliteratsiya

Alliteratsiya – sherda, jumlada, bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Tovushlar ohangdorligi, asosan bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bolgan ohangdorlik alliteratsiya deb yuritiladi. Alliteratsiya lot. ad ga, da, littera – harf – qarang Saj. Misol: Qaro qoshing, qalam qoshing, Qayiq qayrilma qoshing, qiz, Qilur qatlimga qasd, qayrab Qilich qotil qaroshing, qiz. Erkin Vohidov

                                     

Anafora

Anafora - sher yoki banddagi misra, gaplarning boshidagi soz yoki soz birikmasining boshqa misralar boshida aynan takrorlanib kelishi. Misol: Endi odam quldek sotilmas, Endi odam otga otilmas, Endi unga qafas bolmas jon, Endi dunyo bolmaydi zindon. Hamid Olimjon "Zaynab va Omon"dagi Sobir gapi

                                     

Antifraz

Antifraz - shaxs yoki narsaga xos xususiyatni kulgi ohangi bilan inkor qilish. Bunda sozlarning asl emas, teskari manosi nazarda tutiladi. Misol: Erkalanib yotadi U vatan tuprogida Yosh bola yotganiday Onaning quchogida Hamid Olimjon Bu birikmalar aslida ijobiy manoni bildiradi, bu yerda salbiy manoda qollangan.

                                     

Antiteza

Antiteza - badiiy asarda voqea yoki tushunchalarni bir-biriga qarshilantirish orqali bir-biriga zid tushunchalarni yaqqol ifodalash va ularga qiyosiy xarakteristika berish. Misol: Menga nomehribon yor ozgalarga mehribon emish, Mening jonim olib, agyorga oromijon emish. Alisher Navoiy

                                     

Apostrofa

Apostrofa - jonlantirishning bir korinishi bolib, jonsiz narsa yoki hodisaga jonli narsa hodisadek murojaat qilish yoxud yoq shaxsga xuddi bordek qarash. Misol: Gozal oy, senga bir gap Demakka hop hayronman Bemahal tolganingdan Toza ham pushaymonman. Hamid Olimjon

                                     

Maqoma

Maqoma - Sharq mumtoz adabiyotida novella tarzidagi janr. M. saj da yozilgan, 1-shaxs tilidan bayon qilingan. M. soz oyinlariga, hikmatli sozlarga boy.

                                     

Matal

Matal - muayyan hayotiy hodisani aniq va togri belgilab beradigan obrazli ifoda, ibora. M.da oxshatish, taqqoslash, kinoya, qochiriq soz kabi badiiy vositalardan foydalaniladi. Majoziy iboraning oz asl manosi bilan kochma manosi ortasida yaqinlik, mantiqiy boglanish bolishi lozim. M. bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida qofiyalanish hamisha ham saqlanmaydi. Mas, "Shamol bolmasa, daraxtning shoxi qimirlamas", "Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit" va boshqa

                                     

Soz oyini

Soz oyini - badiiy adabiyotda ayrim sozlarning shakliy oxshashligi asosida turli manoda qollanilishi. Soz oyini xalq ogzaki ijodi va mumtoz sheriyatda kop uchraydi. Faqat soz oyiniga asoslanib yaratilgan janr tuyuq deb ataladi. Masalan: Qolingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot. Nasihatim yod qilib ol, farzandim, Yolgiz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Baxshi Ergash Jumanbulbul ogli ogzidan yozib olingan "Ravshan" dostonidan parcha.

                                     

Tadid

Tadid - fikriy rivoj, ketma-ketlik, tadrijiylik. U grammatik qurilmalarning bir xil shaklidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin. Misol: Oti Farrux, ozi farxunda axtar, Aning hukminda ul iqlimu kishvar. "Gul va Navroz" Tilingni kodazgil, kozingni kodaz, Boguzni kodazgil, halol, yegil az. Yusuf Xos Hojib

                                     

Zulqofiyatayn

Zulqofiyatayn - bayt misralarida ikki sozni qofiyadosh qilib keltirish sanati. Misol: Boqay desa dogi quvvati yoq, Boqmay desa dogi toqati yoq. Alisher Navoiy "Sabai sayyor"