ⓘ Toshkent moliya instituti - moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oquv yurti. 1931-yilda Toshkent shahrida Orta Osiyo moliya-iqtisod in ..

                                     

ⓘ Toshkent moliya instituti

Toshkent moliya instituti - moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oquv yurti. 1931-yilda Toshkent shahrida Orta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xojaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xojaligi instituti ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. Institutda 7 ta fakultet va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa bolimlar faoliyat korsatadi. 2003/04 oquv yilida institutda 6833 talaba talim oldi; 354 professoroqituvchi, jumladan, 38 fan doktori va professor, 154 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut moliya, bank ishi, soliq, sugurta, menejment, qimmatli qogozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik talim yonalishlari boyicha bakalavrlar hamda 19 iqtisodiy mutaxassislik boyicha magistrlar tayyorlaydi. Institut faoliyati M. M. Qoriyev, Yu. Ye. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxojayev, A. Olmasov, 3. Yoldoshev, Yo. Abdullayev, kabi olimlar nomlari bilan bogliq. Institut mustaqillik yillarida 13500 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Institutda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh universitetlari bilan oquvilmiy sohalarda hamkorlik qiladi.