ⓘ Arktika – Yerning eng shimoliy nuqtasida joylashgan qutbiy mintaqa. Arktikaga Shimoliy Muz okeani hamda Kanada, Rossiya, Daniya, Norvegiya, AQSh, Shvetsiya, Fin ..

Kanada arktika arxipelagi

Kanada arktika arxipelagi - Shim. Muz okeanidagi yirik orollar guruhi, Shim. Amerikaning eng shim. sohili yaqinida, Kanadaga qarashli. Mayd. 1.3 mln. km 2. Yirik o.lari: Baffin Yeri, Elsmir, Viktoriya. Materik sayozligida joylashgan. Relyefi, asosan, tekislikdan iborat, sharqiy qis-midagi toglarning eng bal. joyi 2926 m. Neft, tabiiy gaz, temir, mis rudasi konlari bor. Iqlimi keskin, arktika iklimi. Yanv.ning ortacha temperaturasi - 23° dan - 35° gacha, iyul-niki 7 - 4°. Mutlaq minimum temperatura - 50°. Yillik yogin jan.sharqida 400–450 mm, shim.da 100 mm. Kop yillik muz-loq yerlar, muzli ...

Iqlim mintaqalari

Iqlim mintaqalari - Yer yuza sila kenglik boylab yoki kenglikka yaqin yonalishda chozilgan, birbirlaridan quyoshning nur energiyasi bilan isitilishiga hamda atmosferadagi havo harakatlariga kora farq qiluvchi zonal mintaqalar. I.m.ning hosil boli-shiga asosiy sabab Yerning kurra shaklida ekanligidir. Yer yuzida ekvatorial, 2 subekvatorial, 2 tropik, 2 subtropik, 2 motadil, subarktika, sub-antarktika, arktika va antarktika I.m. ajratilgan.

Uilyam

William: William Hewlett - AQShlik muhandis, tadbirkor, milliarder. William Golding - ingliz yozuvchisi. William McKinley - AQShning 25-prezidenti 1897 - 1901 William Schallert - Amerikalik aktyor, komediyachi. William Blake - ingliz shoiri va musavviri bolgan. William Henry Bragg - Fizika boyicha Nobel mukofoti laureati William Herschel - olmon-britan astronomi, texnik mutaxassisi va bastakori bolgan. William Lawrence Bragg - Fizika boyicha Nobel mukofoti laureati Shahzoda William William Emmons - amerikalik geolog. William Ramsay - Kimyo boyicha Nobel mukofoti laureati William James - am ...

Gudzon

Gudzon, Xadson Genri - ingliz dengizchisi. Atlantika okeanidan Tinch okeanga utuvchi shim. dengiz yolini topish maqsadida 1607 - 11 y.larda 4 marta Arktika dengizlarida suzgan. Ekspeditsiyani ingliz va golland savdogarlari Xitoy va Hindistonga Ispaniya va Portugaliya mustamlakalaridan xoliroq joydan otuvchi yangi suv yolini topish maqsadida uyushtirgan. G. 1607 y. Tinch okeanga Shim. qutb orqali otishga urinib 80°23’ sh. k.gacha borgan va yolakay Yanmayen o.ni kashf qilgan. 1609 y. Barens dengizi orkali Shim. Amerika qirgoklarigacha suzgan va materik sohilini tadqiq qilgan. Gudzon daryosin ...

Irqlar

Irqlar - Homo Sapiens turi ichidagi sistematik guruhlar. Har bir irq oziga xos irsiy belgilar, masalan, koz, soch va teri rangi, yuz va bosh qutisi shakliga binoan boshqa irqlardan farq qiladi. Hozirda odamlar 3 ta: ekvatorial, yevrosiyo, osiyoamerika yoki 5 ta yirik irqlarga bolinadi. Har bir irq ichida yana kichikroq, yani kenja irq boladi. Masalan, ekvatorial irq negr, negrill, bushmen, avstraliya va b. irklarga; yevropoid irq esa atlantika-boltiq, Hind-Orta dengizi, orta yevropa va boshqalarga; mongoloid irq shim. osiyo, arktika, jan. osiyo va b. ga ajraladi. Irqlar paleolitning songgi ...

                                     

ⓘ Arktika

Arktika – Yerning eng shimoliy nuqtasida joylashgan qutbiy mintaqa. Arktikaga Shimoliy Muz okeani hamda Kanada, Rossiya, Daniya, Norvegiya, AQSh, Shvetsiya, Finlandiya va Islandiya davlatlarining bir qismi kiradi. Odatda Arktikaning janubiy chegarasi Shimoliy Qutb doirasiga deyarli tugri keladi. Umumiy maydoni taxminan. 21.3 mln. km², shundan 14.2 mln. km² suv yuzasiga togri keladi. Arktikaning quruklik qismi Rossiya, Kanada, AQSHning Alyaska shtati, Daniya va Norvegiya hududlarining bir qismini oz ichiga oladi. Tabiiy xususiyatlariga kora, Arktika orollarining koproq qismi Arktika muz zonasiga, materik qismi va janubiy orollar tundra zonasiga kiritiladi. Rossiya Arktikasining Shimol qismini ozlashtirishda shu yerdan otadigan Shimoliy dengiz yoli katta rol oynagan.

                                     

1. Geologik tuzilishi

Arktika hududida asosan qadimgi kristall qalqonlar va platformalar, quyi paleozoy, yuqori pa-leozoy va mezozoy burmali strukturalari uchraydi. Uchlamchi davrning ortalarigacha Arktikaning kop qismi quruklik va iqlimi iliq hamda sernam bolgan. Songra yer chokib, Shimoliy Muz okeanining asosiy botiklari paydo bolgan. Ayni vaqtda suv osti tizmalari va ostonalar hamda Arktika quruklik qismining ayrim joylari, ayniqsa, Osiyoning Shimol-sharqi, Taymir, Ural, Grenlandiya va Elsmir o. kotarilgan. Bunday harakatlar tortlamchi davrda ham davom etgan va bazi bir rayonlarda Shpitsbergen, Osiyoning Shimol-sharqi va boshqalar joylarda vulkanlar otilib turgan. Tortlamchi davrda iqlim sovib ketgan. Natijada muzliklar paydo bolgan. Bu muzliklar Arktikadan uzoq masofagacha bostirib borgan. Arktikaning kopgina qismlarida, ayniqsa Grenlandiya dengizida va Laptevlar dengizida 6–8 ballgacha yer qimirlash va dengiz zilzilasi bolib turadi.

                                     

2. Relefi

Yevrosiyo materik qismining yer yuzasi asosan Rossiya tekisligining, Garbiy Sibir pasttekisligining Shimol chekka qismlari va boshqalardan iborat. Shu bilan birga, bu yerga bazi toglar ham kirib kelgan, bulardan Osiyoning Shimol-sharqidagi toglar, Taymir yarim orolidagi Birranga va Ural toglarining Shimol qismi Arktikaning yirik toglaridir. Shimoliy Amerikaning materik qismida pastroq asosan 200 – 400 m yassitogliklar katta maydonni egallaydi. Arktikadagi barcha orollar kelib chiqishi boyicha materik orollardir va Grenlandiyadan boshqalari materik sayozligida ornashgan. Orollarning yer yuzasi kopincha toglardan iborat. Eng baland toglar Grenlandiyaning sharqida Gunbyorn togi 3700 m – Arktikaning eng baland choqqisi, Baffin Yerida va Elsmir o.da. Materik sayozligining kengligi Yevrosiyo qirgogi yaqinida 1200 – 1300 km. Materik sayozligidan okeanning markaziy qismiga tomon qator tizmalar va balandliklar joylashgan. Ulardan eng yirigi Kanada Sibir soyligini hamda Grenlandiya Yevropa soyligini ajratib turadigan Lomonosov tizmasidir.

                                     

3. Iqlimi

Arktika iqlimining asosiy xususiyati yil davomida temperaturaning past bolishidir. Yozda ham quyosh pastda bolganidan yerni kam isitadi. Qishda esa havo haddan tashqari soviydi qutb kechasi uzoqdavom etadi. Yilda 1 sm2 ga 50 – 80 kkal issiklik tushadi. Yanvarning ortacha temperaturasi Atlantika boyi sektorining janubda – 3° bolsa, markaziy qismida – 40° ga yetadi, iyulniki 10° dan janubiy chegarada 0° gacha markaziy qismida. Shimoliy qutb yaqinida eng past temperatura – 55°, – 60° va eng yuqori temperatura 6°. Arktikada qish.

Arktikaning markaziy qismida shamol u qadar kuchli bolmaydi, janubiy chekkasida tez-tez kuchli 15 m/sek va undan ortiq shamollar bolib turadi. temperatura past va buglanish kam bolganidan havoda mutlaq namlik kop emas. Markaziy qismida yiliga 75–100 mm, janubiy chekkasida 300 – 400mm yogin yogadi. Arktikada qishda qor boronlari bolib, tuman tushadi. Hammayoqni budut qoplab yotadi. Yozda yogin tez-tez yogibturadi. temperatura past bolganligidan muzloqerlar kop. Bazi bir rayonlarda Alyaska,Sharqiy Sibir qazilma muzlar bor.



                                     

4. Ichki suvlari

Arktikaning materik qismida daryo kop. Bu daryolar yiliga 8–10 oy muzlaydi. Tundra zonasida, ayniqsa, Shimoliy Amerika va Yevropada kichik kol kop, okean suvining temperaturasi past.Okeanning katta qismida ustki qatlamda 100 – 250 m chuqurlikkacha temperatura yildavomida – G atrofida bolib turadi.Buglanishning kamligi va quyiladigan daryolarning kopligidan dengiz suvi uqadar shor emas 30 ‰. Shimoliy Muz okeaniga Atlantika okeanidan yiliga 145 ming km 3 iliq suv kelib uni ilitadi, okean orqali esa havo ham iliydi. Dengiz muzlari.Arktika suv yuzasining koproq qismi yil davomida suzib yuruvchi muzlar qishda 11 mln. km² va yezda 8 mln. km² bilan qoplangan. Bir yillik muzlarning qalinligi 0.8 – 1.3 m, kop yillik muzlarning qalinligi 3 – 4 m, torrs muzlarniki 10 – 15 m ga yetadi. Aysberglar va muz orollari uchraydi. Muzlar asosan Grenlandiya dengiziga tomon suzib boradi, ularni Arktikadan Sharqiy Grenlandiya oqimi olib ketadi. Bazi bir rayonlarda doimiy aylanma oqimlar ham bor. Ulardan eng yirigi Kanada-Sibir soyligidadir.

                                     

5. Muzliklari

200px|right|thumb|Muzliklari Arktika orollari yer yuzasining ancha qismi qalin muzliklar bilan qoplangan. Ularning umumiy maydoni 2 mln. km² dan ortadi. Shundan 1800 ming km² Grenlandiyada, 56 ming km² Arktikaning Rossiya qismida.

                                     

6. Osimliklari va hayvonot dunyosi

Osimliklarning turlari kam. Grenlandiyada 450 ga yaqin, Novaya Zem-lyada 208, Frans-Iosif Yerida 36 gulli osimlik turi bor. Shimoliy qismida osimlik ayniqsa siyrak. Bu yerlarda zamburuglar koproq osadi. Janubiy tundra zonasida yosin, zamburug, ot va butalardan iborat ikki yarusli yoki uch yarusli osimlik turkumlari osadi. Pakana qayin, tol, bagulnik osadigan butazor tundralari bor. Dengiz suvlarida osimlik va zooplankton juda kop. Arktikada bazi bir yirik sut emizuvchilar: quruqliqda oq ayiq, dengizda morj va tyulenlar yashaydi. Kanadaning Shimolda va Grenlandiyada qochqorbuka uchraydi. Qishda parrandalar deyarli bolmaydi, yezda hamma yoqni qush bosib ketadi "qushlar bozori": gaga, ordak, kayra, chistik va boshqalar Shimoliy Muz okeanining Atlantika okeaniga yaqin qismida baliklar nihoyatda kop toplanadi. Baliq kop ovlanadi. Daryolarning etaklarida omul, golets, sterlyad, nelma uchraydi. Arktikada sudralib yuruvchilar va amfibiyalar mutlaqo yoq. Tadqiq qilinish tarixi.YU-asrda Grenlandiyani normannlar kashf etgan. 12-asrdan ruslar Kolguyev, Vaygach, Novaya Zemlya orollarini kashf etdilar. 1596 – 97 yillarda golland sayyohi V. Barens Novaya Zemlyada qishlagan. 17-asrda rus sanoatchilari va kazaklari Chelyuskin burnini aylanib otib, Osiyo bilan Shimoliy Amerika oraligidagi bogozni kashf etganlar. Arktika asosan 18 – 19-asrlarda xaritaga tushirildi. Ana shu vaqtda eng yirik ilmiy tadqiqotlar rus olimlari – F. P. Litke 1821–24, P. F. Anju 1820–24 va F. P. Vrangel 1820–24 tomonidan olib borilgan. Angliya tadqiqotchisi J. Franklin 1819-22, 1825-27 va 1845 Kanada Arktika arxipelagi va Amerika sekto-rining materik qismida, norveg tadqiqotchisi O. Sverdrup 1898-1902 Kanada Arktika arxipelagida ish olib bordi; shved olimi Arktika E. Nordensheld 1878–79 – "Veg" kemasida va norveg tadqiqotchisi F. Nansen 1893–96 "Fram" kemasida suzdi. 20-asrda eng yirik ekspeditsiyalardan norveg sayyohi R. Amundsenning "Yoa" 1905–06 va "Mod" kemalarida suzishi 1922–24, Amerika sayyohi R. Pirining Shimoliy qutbga yetib borishi 1909 yil 6 aprel hamda Rossiya paroxodi "Georgiy Sedov" ning suzishi 1937–39 Arktikani organishda katta ahamiyatga ega boldi. Rossiya sektorida kopdan-kop doimiy qutb stansiyalarida quruklikda material toplashdan tashqari, 1937 yildan boshlab Arktika suzib yuruvchi ilmiy stansiyalar yordamida muntazam ravishda tadqiq qilingan. 1948 yilda suv osti tizmasi kashf qilindi va bu tizmaga Lomonosov nomi qoyildi. 1958 yilda kopgina mamlakatlar Xalqaro geofizika yili dasturi asosida Arktikada tadqiqot ishlari olib bordilar.