ⓘ Abadiy dvigatel – bir marta harakatga solib yuborilgandan keyin cheksiz uzoq vaqt oz-ozidan ish bajara oladi, deb faraz qilingan mashina. Energiyaning saqlanish ..

                                     

ⓘ Abadiy dvigatel

Abadiy dvigatel – bir marta harakatga solib yuborilgandan keyin cheksiz uzoq vaqt oz-ozidan ish bajara oladi, deb faraz qilingan mashina. Energiyaning saqlanish qonuni kashf etilmasdan oldin asrlar davomida odamlar sarflangan energiyadan koproq ish bajarishga imkon beradigan mashinani yaratishga urinib keldilar. Bunday mashinaga hatto "Abadiy dvigatel" deb nom ham berilgan. Abadiy dvigatelning turli-tuman loyihalari taklif qilingan, lekin abadiy dvigatel qurish mumkin ekanligini tabiatning asosiy qonunlari uzil-kesil inkor qiladi. Tashqaridan energiya olmay, oz-ozidan ish bajara oluvchi mashina shartli ravishda birinchi tur abadiy dvigatel deyiladi. Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuniga asosan har qanday ish faqat energiya hisobiga bajariladi. Shuning uchun bunday abadiy dvigatelning bolishi mumkin emas. Taklif qilingan kopchilik abadiy dvigatel loyihalarida ogirlik kuchi tasiriga umid qilinadi. Shunday loyiqalardan biri rasmda korsatilgan. Unda zalvar massa berk yolda harakatlanadi.

Bunda zoldir pastga tushganda uni yukrriga kotarish uchun sarflangan ish miqdoriga teng ish qaytadi. Shuning uchun bunday mexanizm sarflangan dastlabki energiya zaxirasi hisobiga ishlaydi. Bu zaxira tugagach, mexanizm ham toxtaydi. Jismni sovita borib, uning issiqligini tola-tokis ishga aylantiruvchi mashina issiqlik mashinasi shartli ravishda ikkinchi tur abadiy dvigatel deyiladi. Bundam abadiy dvigatel energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuniga zid kelmaydi. Lekin biror manba dagi issiqlikni butunlay ishga aylantiruvchi tabiiy jarayon mavjud emas. Shuning uchun termodinamikaning ikkinchi qonuniga asosan bunday abadiy dvigatel ham bolishi mumkin emas. Abadiy dvigatel larni yasash mumkin emasligi materiya va harakatning haqiqatan abadiy ekanligidan, tabiat hodisalarining muayyan qonunlar asosida rivojlanib turishidan darak beradi.