ⓘ Nurobod tumani - Ozbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida joylashgan tuman. Norobod tumanining markazi Nurobod shahri. Jabuni-garbdan Qashqadaryo viloya ..

                                     

ⓘ Nurobod tumani

Nurobod tumani - Ozbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida joylashgan tuman. Norobod tumanining markazi Nurobod shahri. Jabuni-garbdan Qashqadaryo viloyati bilan, shimoldan Kattaqorgon tumani, sharqdan Pastdargom tumani bilan chegaradosh.

Nurobod tumani - Samarqand viloyatitt tuman. 1975 yil 26 noyab.da tashkil etilgan. Shim.dan Kattaqorgon, Narpay, Paxtachi tumanlari, garbdan Navoiy viloyati, sharkdan Samarqand, Pastdargom tumanlari, jan. dan Qashqadaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4.79 ming km². Aholisi 98.7 ming kishi 2003. Tumanda 1 shahar Nurobod, 7 qishloq fuqarolar yigini bor. Markazi - Nurobod shahri

Tabiati. Relyefi, asosan, yassitoglik, tekislik, adir va qirlardan iborat bolib, sharkdan garbga nishab. Qarnob cholining bir qismi tuman hududida joylashgan. Iqlimi konti-nental. Yillik ortacha temperatura 14°, eng yuqori temperatura 43°. Vegetatsiya davri 180 kun. Yillik yogan 275 mm. Yoginning asosiy qismi qishda va bahorda tushadi. Sharqidan Eski Anxrr va Moskva kanallari, tuman markazidan Galabek-Sobirsoy oqib otadi. Qoratepa toglaridan Oqsoy, Anjirli, Omondara soylari oqib tushadi. Asosan, boz va qum tuprokli yerlar. Yantoq, shuvoq, karrak, oqquray, qoziquloq, chitir va boshqa osadi. Bori, tulki, quyon, jayran; qushlardan chumchuq, chugurchiq, zargaldoq, tustovuq, ordak, qarga; sudralib yuruvchilardan kaltakesak, toshbaqa, ilon, echkemar; kemiruvchilardan yumronqoziq, qoshoyoq, korsichqon, kalamush va boshqa uchraydi.

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, rus, tojik, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 20 kishi. Shahar aholisi 8.7 ming kishi, qish-loq aholisi 90.0 ming kishi.

Xojaligi. Tuman xojaliklari asosan, chorvachilik va dehqonchilikka ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xojaliklari gallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, mevachilik, tokchilik, chorvachilik bilan shugullanadi. Tumanda 2 qoshma korxona, 58 kichik korxona, 5 aksiyadorlik jamiyati mavjud 2003.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi gallachilik. Qishloq xojaligida sugoriladigan yerlar 5627 ga, shu jumladan, 2 ming ga yerga galla, 130 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 30 ga yerga kungaboqar, 155 ga yerga beda ekiladi, 3370 ga yer bogdan iborat. Nurobod tumanida 8 shirkat xojaligi, 520 fermer xojaligi mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xojaliklarida 20.7 ming koramol, 280.2 ming qoy va echki, 16.7 ming parranda, 1461 ot bor 2003.

2002/2003 oquv yilida 75 umumiy talim maktabi bolib, 26 ming oquvchi talim oldi. Kasb-hunar kolleji, kasbhunar maktabi, musiqa va sport maktablari faoliyat korsatadi. Kutubxona, 52 klub, 16 madaniyat uyi, stadion va sport maydonlari ishlab turibdi.

10 kasalxona, tugruqxona va boshqa tibbiy muassasalarda 120 vrach, 624 orta tibbiy xodim ishlaydi 2003. Tuman xududida mineral bulokli "Nagorniy" sanatoriysi bor. Xalqaro va Samarqand - Qarshi yonalishidagi poyezdlar tuman hududidan otadi.

Tim qishlogi 10 asrlik tarixga ega bolib u yerda Arablar istilo qilgan paytda barpo etilgan "Arab-Ota" maqbarasi mavjud bolib u X asrda barpo etilgan. Bundan tashqari qishloqda "1000 yillik" archa mavjud bolib u qishloqning 10 asrlik tarixi ozida mujassam etadi. Tim qishlogining yarmi tog bilan oralgan bolib, ayniqsa bahor oyida juda ham chiroyli manzara kasb etadi. Qishloqning ortasidan "Tim soyi" kesib otgan. Bu soyga suvni Piyozli, Miskon va Yaltir toglari taminlab beradi.