ⓘ Tinchlik, xalqaro tinchlik - xalqlar va davlatlar ortasida zorlik ishlatmasdan tashki siyosat olib borishga, oz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va od ..

                                     

ⓘ Tinchlik

Tinchlik, xalqaro tinchlik - xalqlar va davlatlar ortasida zorlik ishlatmasdan tashki siyosat olib borishga, oz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarsa mustahkamlab qoyilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar urtasida uyushtirilgan qurolli kurash nint yoqligi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning subyektlari Urtasida vujudga keladi gan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yullari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinmoqda: 21-asr boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; mojarolarning ishtirokchilari; mojarolarning xarakteri va mazmuni; bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati ozgarayotganligi. T.ni saklash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatik metodlarning roli malum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarning kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yol bilan hal qilishda gumanitar operatsiyalar sezilarli rol oynamoqda. Ozbekiston mustaqillikka erishgandan buyen jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida T. va barkarorlik zarurligidan kelib chiqib oz tashqi siyosatini amalga oshirmoqsa. Mamlakatimiz dunyoda T.ni saklashning barcha xalqaro huquqiy meyorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi.

Sayfiddin Jorayev.

Tinchlik deb zoravonlik, ziddiyat yoki shu ziddiyatdan qorquv yoq osoyishta holatga aytiladi. Tinchlik individual shaxslar yoki butunboshli mamlakat va xalqlar orasida bolishi mumkin. Xalqaro munosabatlarda tinchlik atamasi ostida urush yoqligi tushuniladi.

Tinchlik davlatlar orasidagi noharbiy tashqi siyosatga asoslanadi, tinchlik zamirida xalqaro bitim, kelishuv va boshqa hujjatlar yotadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni taminlaydi.

Dunyo tinchligini saqlash uchun Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilgan. Nobel mukofoti tinchlik keltirish yolidagi say-harakatlar uchun ham beriladi. Tinchliksevarlik oqimlari mavjud, ulardan keng tarqalgani patsifizm deb ataladi.