ⓘ Oli Imron surasi - Quronning 3-surasi. Madaniy suralardan biri, 200 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 50–76-sahifasida va 3-4-juzida joylashgan. 89-bolib nozil ..

                                     

ⓘ Oli Imron surasi

Oli Imron surasi - Quronning 3-surasi. Madaniy suralardan biri, 200 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 50–76-sahifasida va 3-4-juzida joylashgan. 89-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Ushbu surada Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida bolib otgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uhud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi, hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi.

"Oli Imron" da dinning asoslaridan bolgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi - aqida va Allohning birligiga aloqador dalilu hujjatlar; ikkinchisi - shariat qonunlari va xususan, Alloh yolidagi kurash - jihodga taalluqli amru farmonlar.

Agar Baqara surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida soz ketgan bolsa, "Oli Imron" da ahli kitoblardan bolgan nasroniylar togrisida soz boradi va ularning Iyso alayhis-salomni xudo deb etiqod qilishlari xato ekanligi ochiq-ravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Quron va Muhammad alayhis-salomning paygambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi aytilib, bunday munkirlarga aniq xujjatlar bilan javob qilinadi.

Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa kopdan-kop ahkomlariga asos bolgan oyatlar ham bor. Bu surada Maryamning otasi bolmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun "Oli imron" - "Imronning xonadoni" deb nomlangan.