ⓘ Moida surasi - Quronning 5-surasi. Madaniy suralardan biri, 120 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 106–127-sahifasida va 6-7-juzida joylashgan. 112-bolib nozil b ..

                                     

ⓘ Moida surasi

Moida surasi - Quronning 5-surasi. Madaniy suralardan biri, 120 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 106–127-sahifasida va 6-7-juzida joylashgan. 112-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy manosi

Quronning eng songgi suralaridan sanaluvchi bu sura Madinada nozil qilingan bolib, bir yuz yigirma oyatdan iboratdir. Unda shariat ahkomlari batafsil bayon etilishi bilan birgalikda, etiqod mavzui va ahli kitob haqida ham soz yuritiladi. Ushbu surada kishilar ortasidagi aqd bitim, kelishuv muomalalari; goshti halol bolgan hayvonlarni soyish masalalari; ov haqidagi hukmlar: haj va umra kabi ibodatlar uchun shart bolgan ihrom bayoni; ahli kitoblardan bolgan ayollarga uylanish joizligi xususidagi xukmlar; tahorat ogrilik, zoravonlik va buzgunchilik jinoyatlarining jazolari; ichkilik va qimor togrisidagi songgi-qatiy xukm va shariati islomiyyaning yana boshqa kopdan-kop hukm va qonunlari haqida mufassal malumot beriladi.

Bundan tashqari bu surada bizlarga pand-nasihat va ibrat boladigan qissalar hikoya qilinadi. Shunday qissalardan biri Bani Isroilning oz paygambarlari Muso alayhis-salom bilan bolgan mojarolari bolib, unda yahudiylar iymonsiz va qorqoqliklari sababli paygambar soziga kirmay, oqibatda qirq yillab cholu sahrolarda sarson-sargardon bolib yurganlari aytiladi.

Yana bir qissada esa Odamning ikki farzandi - Qobil va Hobil ortasida bolib otgan mujodala - Qobil oz birodari Hobilni nohaq oldirgani togrisida xabar berilib, bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik ortasidagi doimiy kurash tasvirlanadi. Bu fojea yer yuzidagi nohaq qon tokilish fojealarining birinchisi edi.

Yana Iyso paygambarga berilgan mojizalardan biri - osmondan moida dasturxon tushgani voqeasi ham borki, suraning "Moida" deb atalishining boisi shudir.