ⓘ Anom surasi - Quronning 6-surasi. Makkiy suralardan biri, 165 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 128–150-sahifasida va 7-8-juzida joylashgan. 55-bolib nozil bolg ..

                                     

ⓘ Anom surasi

Anom surasi - Quronning 6-surasi. Makkiy suralardan biri, 165 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 128–150-sahifasida va 7-8-juzida joylashgan. 55-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada soz etiqod va iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu etibori bilan Madinada nozil bolgan Baqara, Ol-i Imron, Niso va Moida suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning oziga xos belgilari - roza, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va boshqalar xususida sozlanmaydi. Balki unda etiqod va iymonga aloqador markaziy masalalar - Allohning zoti va sifatlari, vahiy va paygambarlik mohiyati hamda qayta tirilish va qiyomat kunida boladigan hisob-kitob borasida soz yuritiladi.

"Anom" dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, mabudlikda ham yagona, deb uqtiradi. Yana u paygambarlar otasi - Ibrohim alayhis-salom va uning zurriyotidan bolgan bir qancha paygambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari, yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu dunyoda Allohning xalifasidir, deb takidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning oz qolida ekanligi yana bir bora eslatib otiladi. Boshqa suralar bolinib-bolinib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada dafatan tola nozil bolgan.

Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi xukmlar ham bayon etilgani uchun u "Anom" - "Chorvalar" deb ataladi.