ⓘ Arof surasi - Quronning 7-surasi. Makkiy suralardan biri, 206 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 151–176-sahifasida va 8-9-juzida joylashgan. 39-bolib nozil bolg ..

                                     

ⓘ Arof surasi

Arof surasi - Quronning 7-surasi. Makkiy suralardan biri, 206 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 151–176-sahifasida va 8-9-juzida joylashgan. 39-bolib nozil bolgan. U paygambarlar haqida batafsil hikoya qilgan birinchi suradir, Unda Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb va Muso paygambarlarning qissalari sozlanadi. Avvalo shayx ul-anbiyo - paygambarlar oqsoqoli Nuh qissasi hikoya qilinib, u zotga oz qavmlari tarafidan bolgan qaysarlik va isyonlar natijasida ularning tofon balosiga giriftor etilganliklari eslatib otiladi. Bu surada paygambarlardan, xususan, Muso alayhis-salomning qissalari batafsil zikr qilinib, u zot bilan zolim Firavn ortasida bolib otgan mojarolarga toxtab otiladi va bani Isroilga berilgan noz-nematlar, Allohning amr-farmonlaridan bosh tortganlaridan keyin esa boshlariga tushgan balo-musibatlar hikoya qilinadi.

Bu surada ham boshqa Makka suralarida bolgani kabi soz islomning asosi - mohiyati bolmish Allohning birligi, tirilish va jazo haq ekani hamda vahiy va paygambarlik haqiqati ustida boradi. Suraning avvalida Muhammad alayhis-salomga tushgan mojiza - Quron haqida sozlanib, u butun insoniyat unun buyuk ilohiy nemat ekanligi, binobarin, dunyo va oxirat saodatiga erishish uchun uning yol-yoriq va pand-nasihatlariga amal qilib borish lozimligi uqtiriladi.

Yana bu surada Alloh bergan ilmni mol-dunyo topish uchun birovlarga ziyon yetkazish yolida suiistemol qilgan olimlar qattiq qoralanib, ular tillari osilib, hansirab turadigan itlarga oxshatiladi. Va nihoyat, bu surada qiyomat kunidagi holat tasvirlanadi. U kuni kishilar uch toifaga bolinadilar: hayotlarini iymon va yaxshi amallar bilan otkazgan kishilar ahli jannat, kofirlik va ozlariga ham, ozgalarga ham yomonlik qilish bilan otgan kimsalar dozax egalari boladilar; qilgan yaxshiliklari bilan yomonliklari barobar kimsalar esa "Arof" egalari boladilar. Arof - jannat bilan dozax ortasini ajratib turadigan devor bolib, uchinchi toifaga mansub odamlar uning ustida Alloh ozlarini jannatgami yoki dozaxgami hukm qilishini kutib turadilar. Bu surada mana shu holatning tasviri oz ifodasini topgani uchun "Arof" deb atalgan.