ⓘ Kislota asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigidan iborat boladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi a ..

                                     

ⓘ Kislota

Kislota asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigidan iborat boladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH korsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH bolsa, kislota shunchalik kuchlidir.

Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi sirkada, sulfat kislotasi akkumulatorlarda va vino kislotasi mevalarda kiradi. Kislotalar eritma, suyuq, qattiq yoki gaz holatlarda boladi. Kuchli va bazi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq karboran va bor kislotasi kabilarda bu xususiyat mavjud emas.

Kislotalar uchun keng tarqalgan uchta tarif bor: Arrhenius talaffuzi: Arrenius, Bronsted-Lowry talaffuzi: Bronsted-Louri va Lewis talaffuzi: Luis tariflari. Arrhenius tarifi kislota eritmada gidroksoniy ionlari H 3 O + konsentratsiyasini oshiradigan moddadir, deydi. Bronsted-Lowry tarifi qoshimcha qiladi: kislota proton donori bola oladigan moddadir. Kundalik hayotda duch keladigan aksariyat kislotalar suvli eritma yoxud suvda eriydi, shuning uchun ushbu ikki tarif koproq qaraladi. Kislota pHi 7 dan kamligi sababi gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi 10 -7 mol/l dan oshiqligidadir. pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb tariflangani uchun kislota pHi 7 dan kichikdir. Bronsted-Lowry tarifiga kora osonlikcha protonsizlasha oladigan har qanday birikma kislota, deb hisoblanishi mumkin. Misol qilib O-H yoki N-H qismlarini oz ichiga oladigan spirt yoki aminlarni olish mumkin.

Lewis tarifi esa kimyoda kam ishlatiladi. Lewis kislotalari elektron juftlari akseptorlaridir. Lewis kislotalariga metall kationlari hamda bor triftoridi va aluminiy trixloridi kabi elektroni kam molekulalar kiradi. Gidroksoniy ionlari keltirilgan uch tarifga binoan kislotalardir. Qiziqarlisi shundaki, spirt va aminlar ularning kislorod va azot atomlaridagi yolgiz elektronlar tufayli Bronsted-Lowry tarifiga kora kislota, Lewis tarifiga kora esa asos, deb qaraladi.

                                     

Gipobromitlar

Gipobromitlar - bromning kislorodli birikmalari, gipobromit kislota NVgO tuzlari - MeVYU lar. Gipobromit kislota va uning tuzlari beqaror moddalardir. G. kimyoda oksidlovchi sifatida ishlatiladi.