ⓘ Asos, kimyo. Kimyoda asos vodorod ionlari ni qabul qila oladigan, yoki keng aytganda, elektron juftlarini bera oladigan moddadir. Eruvchan asosga, agar u gidrok ..

                                     

ⓘ Asos (kimyo)

Kimyoda asos vodorod ionlari ni qabul qila oladigan, yoki keng aytganda, elektron juftlarini bera oladigan moddadir. Eruvchan asosga, agar u gidroksid ionlariga ega bolsa va ularni qoyib yuborsa, ishqor deyiladi. Bronsted-Lowry nazariyasi asoslarni proton akesptorlari, Lewis nazariyasi esa elektron juftlari donorlari, deydi. Eski Arrhenius nazariyasi asoslarni gidroksid anionlari, deydi, lekin bugunda bu tarif faqat ishqorlarga tegishli. Suvda asoslar kimyoviy muvozanat avtoionlanishini ozgartirib, sof suvdagidan kamroq faollikli vodorod ionili eritmalar beradi, yani pH normal sharoitda 7 dan yuqori boladi. Keng tarqalgan asoslarga misol qilib natriy gidroksid olish mumkin. Metall oksidlari, gidroksidlar va ayniqsa alkoksidlar kuchli, kuchsiz kislotalarning teskari anionlari esa kuchsiz asoslardir.

Asoslar kislotalarga kimyoviy jihatdan qarama-qarshidir deb qarash mumkin. Asos va kislota orasidagi kimyoviy reaksiya neytrallashish, deyiladi. Asos va kislotalar qarshiligi shundaki, kislota suvda gidroksoniy ioni H 3 O + konsentratsiyasini oshiradi, asos esa, aksincha, pasaytiradi. Asos va kislotalar odatda suvli eritma shaklida boladi. Asos suvli eritmasi kislota suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirib, suv va tuzlar hosil qiladi, bunda tuz suvli eritmada uni tashkil etuvchi ionlarga ajraladi. Agarda suvli eritma tegishli tuz bilan toyingan bolsa, reaksiya natijasida eritmada tuz chokmasi hosil boladi. 2.ASOSLARNING OLINISH USULLARI. Asoslar bir nеcha usullar yordamida olinadi. Masalan: 1). Aktiv mеtallarni suvga tasir ettirib: 2Na+2H2O=2NaOH+H2; Ca + 2H2O = CaOH2 +H2

2) Asosli oksidlarga suv tasir ettirib: Na2O + H2O =2NaOH, CaO + H2O = CaOH2

3) Suvda yomon eriydigan asoslar olish uchun ularning tuzlarga ishqor tasir ettiriladi: CuSO4 + 2NaOH = CuOH2 + Na2SO4 FeCl3 + 3NaOH = FeOH3 + 3NaCl MgCl2 + 2NaOH =MgOH2 + 2NaCl Bu usul bilan suvda yaxshi eriydigan asoslar ham olish mumkin. Bunday hosil bo’layotgan tuz suv va ishqorda erimaydi. Masalan: Na2CO3 + CaOH2 = 2NaOH + CaCO3 K2SO4 + BaOH2 = BaSO4 = BaSO4 + 2KOH

                                     
  • ma nosini bildirib, boshqa ma noli qismlarga bo linmaydigan, mustaqil holda leksik ma no bildiradigan eng kichik qism. Asos matematika Asos kimyo   
  • Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos bo dsi
  • Kimyo ximiya - moddalarning tuzilishi va o zgarishini o rganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib
  • Analitik kimyo moddalar tarkibini aniqlash usullari haqidagi fan. U sifat analizi va miqdoriy analizga bo linadi. Analitik kimyoning vujudga kelishi
  • Toshkent kimyo - texnologiya institutining Yangiyer filiali - Toshkent kimyo - texnologiya institutining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan filiali
  • usuli bilan qon normal zardobining oqsil tuzilishini o rganishga asos solgan. Kimyo bo yicha Nobel qo mitasi prezidenti 1960 - 71 Nobel mukofoti laureati
  • kishi 1990 - yillar o rtalari Kimyo Ximprom Azot va boshka ishlab chiqarish birlashmalari mashinasozlik kimyo mashinasozligi, elektrotexnika
  • shahar. Temir yo l stansiyasi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlangan. 1640 - yil asos solingan va Rossiya hukumatining keyinroq O rta Osiyoga
  • paromi orqali Apennin yarim orol sohilidagi shaharlar bilan bog langan. Kimyo oziqovqat, kemasozlik va kema ta mirlash korxonalari mavjud. Universitet