ⓘ Oybek. Ushbu maqola yozuvchi haqidadir. Oybek sozining boshqa manolari uchun bu yerga qarang. Oybek - shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Ozb ..

Oybek (metro bekati)

Ushbu maqola metro bekati haqidadir. Oybek sozining boshqa manolari uchun bu yerga qarang. "Oybek" - Toshkent metropoliteni bekatlaridan biri. Ozbekiston yolining "Kosmonavtlar" va "Toshkent" bekatlari orasida joylashgan. Mashhur ozbek adibi Oybek sharafiga nomlangan. "Mingorik bekatiga" otish mumkin. Qurilishida monolit konstruksiyalardan foydalanilgan. Kolonnalari marmar bilan bezatilgan va keramik ornamentlar ishlatilgan.

Oybek Abdushukurov

Oybek Abdushukurov 1985 yil 14 yanvarda Toshkent shahrida tugilgan. Otasi - Irmuxamedov Abdurashid, onasi: Asatova Naima. Oybek Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-sonli orta maktabni, Ozbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik litseyni tamomlagan. 2003-2007 yillarda Ozbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida oqigan.

Toshkent (metro bekati)

"Toshkent" - Toshkent metropoliteni bekati. Toshkent temir yol vokzali sharafiga nomlangan. Metroning Ozbekiston yolida, "Oybek" va "Mashinasozlar" bekatlari orasida joylashgan. Bekat 1984 yil 7-dekabrda ishga tushirilgan. Ikkita yerosti vestibyul, ustunli platforma hamda yerosti otish yollariga ega. Loyiha mualliflari: arxitektor A.Tabibov, muhandis A.Zokirov va boshqalar. Bekat rassomlar Sultonmurodov va O.Habibulin tomonidan bezalgan.

                                     

ⓘ Oybek

Ushbu maqola yozuvchi haqidadir. Oybek sozining boshqa manolari uchun bu yerga qarang.

Oybek - shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. Ozbekiston xalq yozuvchisi, Ozbekiston Fanlar akademiyasi akademigi. Oybek hunarmand-bozchi oilasida tugilgan. Dastlab Oqmasjid mahallasidagi eski maktabda, song Munavvarqori Abdurashidxonov tashkil etgan "Namuna" maktabida boshlangich malumot oladi. Shundan keyin Navoiy nomidagi talim va tarbiya texnikum-internatida tahsil olgach, Toshkent unversitetining ijtimoiy fanlar fakultetida, Leningrad xalq xojaligi institutida oqiydi va ogir xastalikka chalingani sababli yana Toshkentga qaytib, Toshkent unversitetida oqishni tugatadi.

                                     

1. Hayoti

Oybek mehnat faoliyatini talabalik yillaridan boshlab, orta maktab, texnikum va ishchilar fakultetlarida 1925–1927, Xalq xojaligi, Qishloq xojalik va Pedagogika institutlarida til va adabiyot fanlaridan dars beradi, Toshkent unstitutining iqtisod fakultetida esa assistent sifatida xizmat qiladi 1930–1935. Ayni paytda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti 1933 va Fanlar komiteti huzuridagi Til va adabiyot institutida 1934–1937 ilmiy xodim bolib ishlaydi. 1937-yilda Sovet davlati qatagon siyosatining avj olishi Oybekning "millatchi" va "milliy ittiqodchilar" ga xayrixoh kishi sifatida ishdan haydalishi hamda tazyiqqa uchrashiga sababchi boladi. Kambagal oiladan chiqqanligi va internatda tarbiyalanganligi tufayli qatagondan omon qolgan Oybek 1938-yil oxiridagina Ozbekiston oquv-pedagogika nashriyotiga tarjimon-muharrir sifatida ishga qabul qilinadi. 1941–1945-yillar urushining boshlanishi bilan u yana nomatlub shaxs sifatida quvginga uchraydi. Ozbekiston Fanlar akademiyasining tashkil etilishi bilan akademiyaning gumanitar bolimiga 1935–1951, Hamid Olimjon vafotidan keyin esa Yozuvchilar uyushmasi hayatiga rais, "Sharq yulduzi" jurnaliga bosh muharrir 1945–1959 etib tayinlanadi; Til va adabiyot institutining direktori 1950–1952 hamda "Ozbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri 1958–1968 vazifasini bajaradi. 50-yillar avvalida yana qatagon tolqinining boshlanishi bilan Oybek insult xastaligiga uchraydi va uzoq, davom etgan xastalik oqibatida vafot etadi.

                                     

2. Sheriyati

Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. "Cholgu tovushi" degan birinchi sheri 1922-yil "Armugon" jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Cholpon, shuningdek, "yosh usmonlilar" sheriyati tasirida bolib, ular ruhidagi sherlaridan iborat "Tuygular" 1926 va "Kongil naylari" 1929 toplamlarini elon qilgan. Oybek dastlabki ijodida davrning otkinchi mavzulariga bagishlangan sarbast sherlar yaratgan, ularning aksariyati "Mashala" 1932 toplamidan orin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygu va kechinmalar tasviriga katta etibor berib, "kongil lirikasi" namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, "Yevgeniy Onegin" sheriy romanini tarjima qilishi 1936 jarayonida orttirgan tajribasi tufayli va Alexander Pushkin asarlaridagi lirizm tasirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning "Chimyon daftari" turkumiga kirgan, ozbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oziga simirgan sherlari nafaqat shoir sheriy ijodining, balki umuman ozbek lirikasining shoh namunalaridan biri boldi. Shoir bu sherlari bilan ozbek sheriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheriyat tilini nafosat yogdulari bilan jilolantirib yubordi.

                                     

3. Dostonlari

Bir tomondan, lirik harorat, ikkinchi tomondan, epik kolam Oybek sheriyatiga xos xususiyatlardir. U lirik sheriyat bilan bir qatorda dostonnavislik sohasida ham izlanishlar olib borib, "Dilbar - davr qizi" 1932, "Och" 1933, "Baxtigul va Sogindiq" 1934, "Qahramon qiz" 1936, "Gulnoz", "Kamonchi", "Navoiy" 1937 singari dostonlarni yozdi. Shoir bu dostonlarida oz davrining qahramoni obrazini yaratish va shu davrning muhim ijtimoiy-manaviy masalalarini kotarish bilan birga tarixiy otmish mavzuiga ham murojaat etdi. Oybekning liro-epik sheriyatdagi dastlabki tajribalari uning katta epik polotnolarni yaratishga qodir sanatkor ekanini namoyish etadi. "Och" va "Navoiy" dostonlari esa yaqin kelajakda yaratajak "Qutlug qon" va "Navoiy" romanlari uchun oziga xos eskiz vazifasini otadi.

Sovet davlatining adabiy-madaniy siyosati natijasida 1937-38-yillarda yozuvchilar va ularning asarlariga vulgar sotsiologizm nuqtai nazaridan yondashish tamoyili kuchaydi. Oybekning "Chimyon daftari" turkumiga kirgan lirik sherlari burjua sheriyati namunalari, deb baholandi. Davlat siyosati darajasiga kotarilgan bu harakat oqibatida, boshqa shoirlar qatori, Oybek ham, "kongil sheriyati" ga tamomila zid olaroq, "fajdanlik sheriyati" deb atalgan sheriyat namunalarini yaratishga majbur boldi. Shunga qaramay, Oybekning ilm-fan va texnikani egallashga davat etuvchi hamda vatanparvarlik va mehnatsevarlik goyalari bilan sugorilgan "Ozbekiston", "Dneprostroy", "Fanga yurish", "Raisa", "Qizlar" singari onlab sher va dostonlari 30-40-yillar ozbek sheriyatida muhim voqea boldi.

Oybek 40-yillar oxiri - 50-yillar boshlarida "Qizlar" 1947 dostonidan tashqari, "Hamza" 1948, Pokiston taassurotlari asosida "Zafar va Zahro" 1950 va "Haqgoylar" 1952 dostonlarini yaratdi. 60-yillarda shaxsga siginish fojialari fosh etilib, sobiq sovet mamlakatida "xrushchyovcha" harorat jilvalari koringanda, Oybek xastaligiga qaramay, yana "sof lirika" ning guzal namunalarini taqdim etadi, Xirosima fojiasiga bagishlangan "Davrim jarohati" 1952, "Guli va Navoiy" 1968 dostonlarini yozish bilan birga Amir Temur va Bobur haqidagi lirik dostonlarni yozishga kirishadi. Shoir uzining bu asarlari bilan 60-yillar ozbek sheriyatida yangi badiiy tafakkurning boshlanishi va qaror topishiga muhim hissa qoshadi.



                                     

4. Nasriy merosi

Oybekning nasriy merosi 5 roman, 4 qissa hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat.

Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi - "Qutlug qon" asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938-yilda, qisqa muddatda yozilgan va 1940-yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toyingan bu asarda ozbek xalqining Birinchi jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, olkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi goyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi tolgan xalqning norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki qozgolon kotarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining Orta Osiyo aholisini mardikorlikka olish togrisidagi farmoni 1916-yil qozgo lonining gurullab yonishi uchun bir turtki boldi. Oybek romanda Yolchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning ozaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qozgolonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini takidlab korsatish maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boyoqlardan koproq foydalandi. 1937-yil tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol edi.

Oybek bu asari bilan Abdulla Qodiriy, Chulpon va Sadriddin Ayniy boshlab bergan tarixiy romannavislik ananasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq harakterini ozida mujassamlantirgan Yolchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. "Qutlug qon" ozbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir.

                                     

5. "Navoiy" romani

Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga kop bor murojaat etgan. Uning 1942-yil Ikkinchi jahon urushining qizgin bir paytida "Navoiy" romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulug shoir, balki 15-asrdagi Xuroson hayotini ham puxta organgan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi - insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. Oybek Navoiy obrazini 15-asr Xurosonida roy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning ozaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan ozbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. "Navoiy" romani keyinchalik ozbek adabiyotida "Ulugbek xazinasi", "Kohna dunyo" Odil Yoqubov, "Yulduzli tunlar", "Avlodlar dovoni" Pirimqul Qodirov singari tarixiy-biografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi.

                                     

6. "Quyosh qoraymas" romani

Oybekning nasriy asarlari orasida ozbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati tasviriga bagishlangan "Quyosh qoraymas" 1943-1959 romani alohida etiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Garbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan bolsada, urush togrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji bolmagani uchun, uni 50-yillarda - xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar dostining obrazini yaratish orqali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qopol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, ozbek jangchilarining "top yemi" bolayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi.

Adib "Oltin vodiydan shabadalar" 1949 romanida urushdan keyingi davr qahramoni obrazini, "Qutlug qon" romanining davomi sifatida yozilgan "Ulug yol" 1967 asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-yillardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi.

Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan bolmasin, adib shu davr hayotini mukammal organgan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon boladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxsni Vatan va xalq manfaatlari yolida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining royobga chiqishi yolida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi.



                                     

7. Dramaturgiya

Oybek ozgina bolsada, oz kuchini dramaturgiyada ham sinab kordi. U urush yillarida Chingizxon istilosiga qarshi kotarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib, vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragbatlantiruvchi "Mahmud Torobiy" operasi librettosini yozdi 1944 va shu mavzu boyicha drama teatrlari uchun "Galvirchi", rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida "Xalq qalqoni" pyesalari ustida ishladi. Oybek bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boldi.

                                     

8. Maqolalari

Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqolalar tashkil etadi. Ozbek xalqi tarixi va ozbek mumtoz adabiyotining ulkan bilimdoni Oybek ozining adabiy-tanqidiy faoliyatida adabiyotimizning eng qadimgi davridan to otgan asrning 60-yillariga qadar kechgan shakllanish va taraqqiyot yoliga bagishlangan koplab maqolalar elon qildi. Bu maqolalarning katta bir qismi Alisher Navoiy yashagan davr, shoir hayoti va ijodini organishga bagishlangan bolib, ular keyinchalik Oybekning "Navoiy gulshani" maqolalar toplamini tashkil etdi. Bu maqolalar navoiyshunoslikning ozbek adabiyotshunosligining muhim bir sohasi sifatida shakllanishi va rivojlanishiga hissa bolib qoshildi. Shu bilan birga Oybek Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar akademiyasi gumanitar bolimining raisi sifatida Navoiyning 500 yillik yubileyini tashkil etish va otkazishga rahbarlik qildi. A. Deych bilan birga rus tilida Navoiyga bagishlangan turkum maqolalar chop etdi bu maqolalar mualliflarning 1968-yilda nashr etilgan "Alisher Navoiy. Literaturno-kriticheskiy ocherk" kitobidan orin olgan.

Yirik adabiyotshunos Oybek "Abdulla Qodiriyning ijodiy yoli" 1935 monografiyasi va boshqa maqolalarida 20-asr ozbek adabiyotining taraqqiyoti muammolarini,Alexander Pushkin, Lev Tolstoy va Maksim Gorkiy singari rus adabiyoti namoyandalarining ozbek yozuvchilariga tasiri masalalarini yuqori ilmiy-nazariy saviyada organdi. Mumtoz va zamonaviy ozbek adabiyoti yutuqlarini qardosh xalqlarga tanishtirishda Oybekning rus tilidagi maqolalari ayriqcha ahamiyatga molik.



                                     

9. Tarjimalari

Serqirra ijod sohibi Oybek jahon va rus adabiyotining eng yuksak namunalarini ozbek tiliga tarjima qilib, Cholpon va Abdulla Qodiriy asos solgan ozbek tarjima maktabini ozining yuksak darajadagi tarjimalari bilan boyitdi. Ozbek kitobxoni Oybek tarjimasi orqali Rim adabiyoti namunalari, J. B. Molyerning "Tartyuf", Alexander Pushkinning "Yevgeniy Onegin", Mikhail Lermontovning "Maskarad", "Dovud Sosunli" arman eposi, G. Geyne, I. A. Krilov, V. G. Belinskiy, E. Verharn va boshqalarning asarlari bilan tanishdi.

                                     

10. Xotira

Oybek ozining rang-barang ijodi va ulkan jamoat arbobi sifatidagi faoliyati bilan ozbek xalqining madaniy yuksalishiga katta hissa qoshdi. 1980-yilda adib yashagan uyda Oybek uy-muzeyi tashkil etilgan va unga haykal ornatilgan. Toshkentdagi maktab, xiyobon va metro bekatlaridan biri Oybek nomi bilan atalgan, Termiz davlat unversiteti, Toshkent viloyatidagi jamoa xojaligiga Oybek nomi berilgan. Oybek vafotidan keyin "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan2001.

                                     

11. Adabiyot

  • Bat L., Koshchanov M., Aybek. Kritikobiograficheskiy ocherk, M., 1966; Yoqubov H., Adibning mahrrati, T., 1966; Karimov N., Oybek, T., 1985; Karimov N., Oybek gulshanida kilgan gunchalar, T., 1985.
  • Yoqubov H. Adibning mahorati. Toshkent, Ozadabiynashr, 1966.
  • Karimov N. Oybek. Toshkent. G. Gulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti, 1985.
  • Saidnosirova Z. Oybegim mening. T.: Sharq, 1994.
  • Qoshjonov M. Oybek mahorati. Toshkent, Ozadabiynashr, 1965.
                                     
  • Oybek Oybek - O zbekiston xalq yozuvchisi. Oybek metro bekati - Toshkent shahridagi metro bekati. Oybek Qora - Qirg izistonlik jinoyat olamining sobiq
  • Ushbu maqola metro bekati haqidadir. Oybek so zining boshqa ma nolari uchun bu yerga qarang. Oybek o zbekcha: Ойбек - Toshkent metropoliteni bekatlaridan
  • Oybek Qora - jinoyat olamining rahbarlaridan biri. U Qirg izistonning Jalolobod viloyatida oddiy hizmatchilar oilasida tavallud topgan. U 2010 yilning 9 - iyul
  • Oybek Kasimov ruscha: Ойбек Касимов 1980 - yil 26 - avgustda Toshkentda tug ilgan - bugungi kunda O zbekiston Milliy Olimpiya qo mitasi Bosh Kotibi lavozimida
  • Oybek qirg izcha: Айбек - Qirg iziston Respublikasining O sh viloyati Novqat tumaniga qarashli qishloq. To xtamat Zulpuyev ovul okrugi tarkibiga kiradi
  • Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov 1966 - yilda tug ilgan - o zbek davlat arbobi, 2010 - yil yanvardan 2016 - yil dekabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2010 - yilda
  • Oybek Abdushukurov Abdurashidovich - o zbek prodyuseri. Oybek Abdushukurov 1985 yil 14 yanvarda Toshkent shahrida tug ilgan. Otasi - Irmuxamedov Abdurashid
  • O zbekiston yo lining Oybek bekatiga o tiladi. 2 vestibyul va 1 platformadan iborat. Kumushrang marmar bilan bezatilgan. Oybek bekatiga o tiladigan 140
  • Hakimzoda Niyoziy yoki doimo dolzarb Hamid Olimjon bo lishi mumkin. William Shakespeare Aleksandr Pushkin Alisher Navoiy Oybek Yozuvchi Dramaturg
  • temir yo l vokzali sharafiga nomlangan. Metroning O zbekiston yo lida, Oybek va Mashinasozlar bekatlari orasida joylashgan. Bekat 1984 yil 7 - dekabrda
  • nomidagi Til va adabiyot instituti nashri. 2 oyda 1 marta chiqadi. 1958 yil Oybek asos solgan. Dastlab 1958 - 62 yillarda 3 oyda 1 marta O zbek tili va adabiyoti


                                     

Mingorik (metro bekati)

Mingorik - Toshkent metropoliteni Yunusobod yoli bekatlaridan biri. Ushbu bekatdan Ozbekiston yolining Oybek bekatiga otiladi. 2 vestibyul va 1 platformadan iborat. Kumushrang marmar bilan bezatilgan. Oybek bekatiga otiladigan 140 metrli yolagi bor.