ⓘ Tavba surasi - Quronning 9-surasi. Madaniy suralardan biri, 129 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 187–207-sahifasida va 10-11-juzida joylashgan. 113-bolib nozil ..

                                     

ⓘ Tavba surasi

Tavba surasi - Quronning 9-surasi. Madaniy suralardan biri, 129 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 187–207-sahifasida va 10-11-juzida joylashgan. 113-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy manosi

Ushbu surada paygambar alayhis-salom sahobalar bilan Tabuk jangidan qaytayotganlarida nozil bola boshlagan. Tabuk - Madina bilan Damashq orasidagi haj yoli ustida joylashgan vohadir. Hijriy toqqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar ortasida jang bolgan edi. Bu surada shariati islomiyyaning kopgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad kozda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda bolish lozimligi xususidagi qatiy hukmini bildirish bolsa, ikkinchisi: Paygambar alayhis-salom gazotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni korsatishdir.

Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qurondagi mavjud bir yuz on tort suraning ichida yolgiz mana shu sura avvalida "Bismilloh" aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar Tavba mazmun-mohiyati jihatidan ozidan avvalgi Anfol surasining davomi bolgani uchun ikkisining ortasini ajratish zarurati bolmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: "Bismilloh Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jangu jadallar va Allohning lanatiga giriftor bolgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida soz yuritiladi. Shu boisdan, uning avvalidagi" Bismilloh” aytilmasligi lozim bolgan", deganlar. Bu suraning bir necha nomi bolib, ulardan eng mashhuri "Tavba" dir. Sora nihoyasida Alloh mominlarning tavbalarini qabul etishi elon qilingani uchun ham bu sura "Tavba" nomi bilan atalgandir.