ⓘ Hud surasi - Quronning 11-surasi. Makkiy suralardan biri, 123 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 221–235-sahifasida va 11-12-juzida joylashgan. 52-bolib nozil bo ..

                                     

ⓘ Hud surasi

Hud surasi) - Quronning 11-surasi. Makkiy suralardan biri, 123 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 221–235-sahifasida va 11-12-juzida joylashgan. 52-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mazmuni

Bu surada ham yolgiz Allohga, u zot yuborgan paygambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib otgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida sozlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuayb, Muso va boshqa paygambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod birinchidan, barcha mominlarga ilgari otgan paygambarlar va ularni yolgonchi qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida malumot berish bolsa, ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan - amakisi - Abu Tolib hamda jufti haloli Hadichadan ajralib qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga robaro bolayotgan Muhammad alayhissalomga otmishdoshlarining hayotlari va ularning Haqqa davat qilish yolida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin- tasalli berishdir.

Bu sura Quroni Karimning aybu nuqsonlardan pok va nazmu magziga hech qachon, hech kim tomonidan xalal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini tariflash bilan boshlanib, Alloh taoloning bandalariga paygambarlar yuborishdan kozlagan hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud paygambar nomi bilan atalgandir.