ⓘ Ibrohim surasi - Quronning 14-surasi. Makkiy suralardan biri, 52 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 255–261-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 72-bolib nozil bo ..

                                     

ⓘ Ibrohim surasi

Ibrohim surasi) - Quronning 14-surasi. Makkiy suralardan biri, 52 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 255–261-sahifasida va 13-juzida joylashgan. 72-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy manosi

Bu surada ham Makka suralarining aksarisida bolgani kabi etiqod, vahiy, tavhid - Allohning birligiga iymon keltirish, qayta tirilish va xususan qiyomat kunida boladigan hisob-kitob va jazo-mukofot togrilarida batafsil soz yurtiladi.

Sura paygambarlar zimmasiga yuklatilgan vazifa insoniyatni zulmatlardan nurga olib chiqish ekanini bayon etuvchi oyat bilan boshlanadi. Bu bilan birinchidan, hayotda zulmatlar – egri-notogri yollar kop, nur - haqiqat yoli esa tanho bolishi bayon qilinsa, ikkinchidan, osha yagona nurga faqat paygambarlar - Allohning elchilariga nozil bolgan vahiy vositasidagina yetish mumkinligi uqtiriladi. Yana bu suradan Muso paygambarning oz qavmi bilan bolgan muloqotlaridan biri haqidagi oyatlar ham joy olgandir.

Suraning "Ibrohim" deb atilishiga sabab unda paygambarlar otasi Ibrohim alayhis-salomning Makkaga kelishlari va u yerda Tangri taologa qilgan duo-iltijolari xususida mufassal hikoya qilinganidir.