ⓘ Hijr surasi - Quronning 15-surasi. Makkiy suralardan biri, 99 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 262–267-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 54-bolib nozil bolga ..

                                     

ⓘ Hijr surasi

Hijr surasi - Quronning 15-surasi. Makkiy suralardan biri, 99 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 262–267-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 54-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy manosi

Bu suraning mehvari - oqi turli asrlardagi paygambarlarni yolgonchi qilib, ularga qarshi chiqqan osiylarning hammasi halokatga uchraganlari atrofida aylanadi. Shu boisdan sura bunday kimsalarga iymonsizliklarining oqibati xatarli ekanligi haqida tanbeh berish bilan boshlanadi.

Bu surada burjlarga bolingan osmon, hayot kechirish unun moslab yaratilgan zamin, madan-xazinalarni oz bagriga olib ornashgan toglar, yomgirli bulutlarga "homilador" bolgan shamollar zikr qilinib, bularning barchasi Haq taolo tarafidan insonga xizmat qilish uchun yaratilgani uqtiriladi. Songra Yaratganning amri bilan asli zuvalasi "qora loy" dan qorilgan insonga butun mavjudot sajda qilganida faqat Iblisgina bu farmonga boyinsunmay kibr-havo qilganini bayon qilish bilan shaytonning insoniyatga nisbatan bolgan adovati to qiyomatgacha davom etishiga ishora qilinadi. Yana bu surada Allohning paygambarlari - Ibrohim, Lut, Shuayb va Solih alayhis-salomlarning qissalari soylanadi. Bulardan Solih paygambarning qavmlari - Samud qabilasi Hijr Madina va Shom ortasidagi vodiydan ekanligi zikr qilinib, mazkur suraniig "Hijr" deb nomlanishining boisi shudir.