ⓘ Daryolar ..

Alabama (daryo)

Alabama – Shimoliy Amerikadagi daryo, AQShning janubi-sharqida, aksari qismi Alabama shtatida. Uz. 640 km. Havzasining maydoni 115 ming km². Meksika yoni pasttekisligidan oqib otadi va Meksika qoltigiga delta hosil qilib quyiladi. Yomgirdan suv oladi. Kusa va Tallapusa irmoqlarida suv omborlari qurilgan. Suv sarfi 1790 m³/sek. Etagidan Montgomeri shahrigacha kema qatnaydi. A. etagida Mobil sh. bor.

Amazon daryosi

Amazonka – Janubiy Amerikadagi daryo, sersuvligi va havzasi maydonining kattaligi jihatidan dunyoda birinchi orinda, uzunligi jihatidan Nil daryosidan keyin ikkinchi orinda turadi. A. 7180 ming km² maydondan suv yigadi. Asosiy irmogi – Maranon. Sharqiy Kordilera tog tizmasini kesib otgandan keyin Amazonka payette-kisligiga chiqadi va Ukayali daryosi bilan qoshilib A.ni hosil qiladi. A.ga taxminan 500 irmoq quyiladi, kopchiligi yirik daryo hisoblanadi. Ong tomondan Ukayali, Jurua, Madeyra, Tapajos, Shingu, chapdan – Isa, Yapura, Riu-Negru daryolari qoshilib kengaya boradi, orta oqimida 5 km ...

Amudaryo

Amudaryo – Orta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Ozbekiston, Afgoniston va Turkmaniston hududlaridan otadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi. Amudaryo – Turkiston olkasidagi eng sersuv, yirik daryo. A.ni yunon va rimliklar Oksus yoki Oksos, arablar Jay-xun, yerli xalqlar dastlab Okuz, Balx, Vaxsh, songra Amul deb ataganlar. A. quyi va ...

Amur (daryo)

Amur – Sharqiy Osiyodagi daryo, Shilka va Argun daryolari qoshilishidan hosil boladi. A. Amur limani va Sa-xalin qoltigi orqali Oxota dengiziga quyiladi. Uzunligi 2824 km, Argun irmogi boshidan esa 4440 km. Havzasining maydoni 1855 km². A. yuqori oqimida baland toglar orasidan, orta va quyi oqimida esa pasttekisliklardan otadi. A.ga 10600 katta-kichik soy va 61400 ga yaqin kol qoshiladi. A. asosan yozgi-kuzgi mus-son yomgirlaridan suv oladi. Yozgi mus-son yomgirlari davrida daryo tolib oqadi, ba’zan toshadi. Asosiy irmoqlari: Zeya, Bureya, Amgun chapdan, Songari, Ussuri ongdan. Ortacha suv ...

Arauka

Arauka – Venesueladagi daryo, Orinokoning chap irmogi. Uz. 900 km dan ortiq. Kolumbiyadagi Sharqiy Kordilera toglaridan boshlanadi. Ortacha suv sarfi 950 m³/sek. Yogingarchilik davrida kichik kemalar A.ning quyilish yeridan boshlab 600 km masofada qatnay oladi.

Arkanzas (daryo)

Arkanzas - AQShdagi daryo, Missisipi daryosining ong irmogi. Uzunligi 2410 km, havzasining maydoni 416 ming km 2. Qoyali toglardan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan otadi. Bahorda tolib oqadi, bazan toshadi, qor va yomgir suvlaridan toyinadi. Ortacha suv sarfi 1300 m3/sek. Yirik suv ombori qurilgan. 1000 km masofada kemalar qatnaydi. Arkanzas daryosi yoqasida Uichito, Talsa va Litl-Rok shaharlari joylashgan.

                                     

Kaneydian

Kaneydian, Kaneydian-River - AQShdagi daryo, Arkanzas daryosining ong irmogi. Uz. 1500 km chamasida, havzasining mayd. 124 ming km 2. Sangrede-Kristo tizmasi yon bagirlaridan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan oqadi. Suv sarfi keskin ozgarib turadi. Bahor oylarida daryo toshadi. Ortacha yillik suv sarfi 200 m3/sek. Sugorishda foydalaniladi. K. irmogi - Nort-Kaneydian daryosi boyida Oklaxoma-Siti sh. joylashgan.

                                     

Kerxe

Kerxe - Eron va Iroqdagi daryo. Uz. 870 km, havza-sining mayd. 50 ming km 2. Zagros toglaridan boshlanib, Xuziston tekisligidan oqadi. Bahor va yozgi tolinsuv davrida Dajla daryosigacha yetib boradi. Ortacha suv sarfi 220 m3/sek. Sugorishda foydalaniladi.

                                     

Kokcha

Kokcha - Afgonistonning shim.sharqiy qismidagi daryo, Panj daryosining chap irmogi. Oz. 360 km ga yaqin. Ortachi suv sarfi 180 m³/sek, bahor va yoz oylarida tolib oqadi. Hindukush toglarining shim. yon bagirlaridagi daralardan oqadi. Sugorishda foydalaniladi. K. vodiysida Fayzobod shahri joylashgan.

                                     

Konchidaryo

Konchidaryo - Xitoyning garbiy qismidagi daryo. Sinszyanda, Bagroshkoldan oqib chiqadi. Yuqori qismida Tyanshan toglarining sharqiy tarmoqlarini kesib otib, Qashqar tekisligining shim sharqiy chekkasidan oqadi. Oz. 550 km, havzasining maydoni 184.4 ming km². Suv rejimi yil davomida bir meyorda. Tekislik qismidagi ozani juda murakkab bolib, shoxobchalar bilan tutashgan. Ularda suv oqimining yonalishi ozgarib turadi. K. suvi bazi yillarda Lobnor koliga, bazan esa Tarim daryosiga quyiladi.

                                     

Kopers-krik

Kopers-krik, yuqori oqimida Barku - Avstraliyaning markaziy qismidagi daryo. Oz. 1400 km, havzasining maydoni 285 ming km². Katta Suvayirgich tizmasining garbiy yon bagirlaridan boshlanib, Katta Artezian havzasining chala chol va chollaridan oqadi. Yomgir va grunt suvlaridan toyinadi. Ortacha suv sarfi 70 m³/sek. Mavsumiy kuchli yomgirli davrlarda Eyr oqmas koligacha yetib boradi.

                                     

Marrambini

Marrambini - Avstraliyaning jan sharqiy qismidagi dare, Murrey daryosining ong irmogi. Uz. 2172 km, havzasining maydoni 165 ming km². Avstraliya Alp toglarining shim. tizmalaridan boshlanib, Avstraliyaning jan.sharqiy tekisliklaridan oqadi. Asosiy irmogi - Laklan daryosi. Suv oqimi tartibga solingan. Ortacha suv sarfi 77 m³/sek. Sugorishda foydalaniladi. Yomgirli mavsumda suvi kopayib, UoggaUogga shahrigacha kema qatnaydi, quruq mavsumda bazan suvi qurib qoladi.