ⓘ Ozbekfilm - eng eski va eng katta badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi ozbek kinostudiyasi. Studiyaga 1925-yil asos solingan. Uning ilk nomi Sharq yulduzi bolgan. ..

                                     

ⓘ Ozbekfilm

"Ozbekfilm" - eng eski va eng katta badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi ozbek kinostudiyasi. Studiyaga 1925-yil asos solingan. Uning ilk nomi "Sharq yulduzi" bolgan. 1936-yil "Ozbekfilm" deb nomlangan. Ikkinchi jahon urushi yillarida studiya "Toshkent Kino Studiyasi" deb nomlangan. 1958-yil nomi yana qaytadan "Ozbekfilm" deb ozgartirilgan. Kino studiya shu kungacha 400 dan ortiq tola metrajli va 100 dan oshiq multiplikatsiya qilingan film chiqargan. "Ozbekfilm" kinostudiyasi ishlab chiqargan mashhur filmlar qatoriga "Maftuningman" va "Mahallada duv-duv gap" filmlarini kiritish mumkin.

Ozbekfilm "Ozbekkino" milliy agentligi tizimidadir. Dastlab 1925-yil 4-iyunda Toshkentda "Sharq yulduzi" nomi bilan kinostudiya tashkil bolgan. Shayxontohurdagi Eshonqul madrasasi binosiga joylashgan. 20-yillarda "Ikkinchi xotin", "Masjid gumbazlari ostida", "Soyabon arava", "Ravot qashqirlari", "Chodira" kabi filmlar ishlangan. 1925-26-yillar mobaynida 20 dan ortiq tola, 30 dan ortiq qisqa metrajli xronikal filmlar yaratilgan.

                                     

1.1. Tarixi 1930-yillar

1932-yil "Sharq yulduzi" "Ozbekfilm" nomini oladi. 1930-yil gacha filmlarni, asosan, ozbek xalqining milliy ananalaridan yiroq rus rejissorlari ishlagan. 30-yillardan Nabi Ganiyev mustaqil filmlar yarata boshlagan: "Yuksalish", "Ramazon", Sulaymon Xojayev "Tong oldidan", Yoldosh Azamov "Qilich" filmlarini ishladilar. Ular bilan yonmayon O. Frelix "Avliyo qizi", N. Klado "Bagdodda "amerika" paxtasi", "Olim qudugi" lar ham faoliyat yuritgan. 1939-yil kinostudiyaga "Toshkent kinostudiyasi" nomi berildi. Ikkinchi jahon urushi yillari Toshkentga evakuatsiya qilingan Ukraina, Belorussiya kinostudiyalari, "Mosfilm", "Lenfilm" larning kelishi munosabati bilan "Birlashgan Toshkent kinostudiyasi" titrda "Toshkent kinostudiyasi" deb yozilgan nomi bilan yuritilgan. "Biz yengamiz" rejissor K. Yormatov, N. Ganiyev, "Dovyurak dostlar" N. Ganiyev, "Filmkonsert" Y. Azamov, "Frontdagi dostlarga" K. Yormatov, "Besh respublika konserti" Z. Sobitov, "Aleksandr Parxomenko", "Ikki jangchi" L. Lukov, "Nasriddin Buxoroda" Ya. Protazanov, "Uning ismi Suxe Bator" A. Zarxi, I. Xeyfits kabi filmlar ishlandi.

                                     

1.2. Tarixi 1940-yillar

Urushdan keyingi yillar ekranga ozbek xalqi madaniyatining yutugi bolgan mumtoz "Tohir va Zuhra" 1945, "Nasriddinning sarguzashtlari" 1946, ikkalasining rejissori N. Ganiyev, "Alisher Navoiy" 1947, K. Yormatov filmlari ekranga chiqsi. 1947-52-yillar SSSR kinematografiyasi vazirligi buyrugiga binoan, birorta ham film ishlanmagan. Tanaffusdan song ishlangan film "Paxtaoy" K. Yormatov boldi.

                                     

1.3. Tarixi 1950-yillar

"Boy ila xizmatchi", "Qutlug qon" L. Fayziyev, "Opasingil Rahmonovalar", "Abu Ali ibn Sino" K. Yormatov, "Gulbahor" Y. Azamov, "Stadionda uchrashamiz" Z. Sobitov singari filmlar 50-yillar yaratildi. 1955-yil "Amirlikning yemirilishi" nomli birinchi rangli badiiy film rejissorlar L. Fayziyev, V. Basov ekranga chiqdi. 1958-yildan Ozbekfilm yana hozirgi nomda. 1959-yilda Chilonzorda qurilgan yangi binoga kochib otgan.

                                     

1.4. Tarixi 1960-yillar

60-yillar kinostudiyada mavzu jihatdan boy, badiiy yonalishi ravon, asosiy qahramoni yoshlar bolgan filmlar ustunlik qildi. "Mahallada duv-duv gap" Shuhrat Abbosov, "Sinchalak" L. Fayziyev, "Laylak keldi, yoz boldi" Ali Hamroyev, "Surayyo" U. Nazarov, "Nafosat", "Sevishganlar" E. Eshmuhamedov, "Sen yetim emassan", "Toshkent - non shahri" Sh. Abbosov, "26 otilmasin", "41-yil olmalari" R. Botirov, "General Rahimov" Z. Sobitov, "Oy borib, omon qayt" H. Fayziyev, "Nodirabegim" K. Yormatov, "Ulugbek yulduzi" L. Fayziyev, "Abu Rayhon Beruniy" Sh. Abbosov, "Otgan kunlar" Y. Azamov va boshqalar shular jumlasidan. Kishilar xarakteri va ozaro munosabatlar, turmush tarzi va mehnatini korsatuvchi filmlar yaratish kinostudiya ijodkorlari oldidagi asosiy vazifaga aylandi va uning natijasi olaroq "Seni kutamiz, yigit" R. Botirov, "Umidimiz qushlari", "Dahoning yoshligi" E. Eshmuhamedov, "Nodirabegim" K. Yormatov, "Shum bola" D. Salimov, "Mevazorlik ayol" A. Hamroyev va boshqalar filmlar ekranga chikdi.



                                     

1.5. Tarixi 1980-yillar

80-yillarning oxiri, "qayta qurish" yillari "Ozbekfilm" da yangi avlod rejissorlari ish boshladi: R. Malikov, A. Fatxullin, S. Nazarmuhamedov, Z. Musoqov, D. Davlatov, I. Ergashev va boshqalar shular jumlasidan.

"Alvido, gor yoshligim" E. Eshmuhamedov, "Klinika" R. Malikov, "Borilar" S. Nazarmuhamedov, "Siz kimsiz?" J. Fayziyev, "Soldat ertagi" Z. Musoqov, shaxsga siginish sharoitidagi qahramonlar hayoti aks etgan "Tosh sanam" I. Ergashev, "Yovvoyi" Q. Kamolova hamda hamkorlikda ishlangan "Muhabbat va nafrat" R. Botirov, J. Ristich, "Alibobo va qirq qaroqchi", "Sevgi afsonasi" L. Fayziyev, U. Mehra kabi filmlar suratga olindi.

                                     

1.6. Tarixi Mustaqillikdan song

Mustaqillikdan song "Ozbekfilm" ning yangi tarixi boshlandi. Film mazmuni, qahramonlari va uslubida milliylik kuchaydi. "Voiz" Yu. Roziqov, "Yolgiz yodgorim" S. Nazarmuhamedov, "Chimildiq" M. Abzalov, "Dilxiroj", "Ortoq Boykenjayev" Yu. Roziqov, "Yodgor" X. Nasimov, "Qor ustidagi lola" E. Toychiyev, A. Shaxobiddinov va boshqalar bunga misoldir. "Alpomish" H. Fayziyev, "Osmondagi bolalar", "Osmondagi bolalar-2" Z. Musoqov, "Dev bilan pakana" J. Qosimov, "Fellini" N. Abbosov, "Qismat" A. Akbarxojayev, A. Ismoilov, "Maqsad" R. Meliyev va boshqalar keyingi yillar mahsulidir.