ⓘ Nahl surasi - Quronning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 267–281-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 70-bolib nozil bolg ..

                                     

ⓘ Nahl surasi

Nahl surasi - Quronning 16-surasi. Makkiy suralardan biri, 128 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 267–281-sahifasida va 14-juzida joylashgan. 70-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy manosi

Bu surada qiyomat soati yaqinlashib qolgani haqida xabar berish bilan boshlanadi. Songra Tangri taolo ozining yakka-yolgiz ekani, yerdagi jonli-jonsiz butlar Unga sherik bololmasliklari xususida ogohlantiradi va yeru osmonlar, dengizlar, toglar, vodiy va vohalar, osmondan tushib yerni kokartirayotgan yomgir, yerdan unib chiqib, osmonga intilayotgan nabotot, dengizlarda suzib borayotgan kemalar, kechalarda yolovchi musofirlar uchun mayoq bolgan yulduzlar va xususan bir tomchi suvdan yaralib butun borliqdan aziz va mukarram bolgan inson - bularning barchasi bir dono va bilimdon Yaratguvchi Zot borligiga dalolat qilib turishi togrisida uqtiriladi. Songra Alloh taolo ato etgan behisob nematlarning shukrini ado qilish lozimligi, kufroni nemat qilgan kornamak kimsalarning oqibati halokat ekanligini bayon qiluvchi oyatlar keltiriladi. Sura nihoyasida paygambar alayhis-salom va u kishining ummatlariga Allohning diniga ilmu hikmat va chiroyli pand-nasihat qilish bilan davat etish hamda bu davat yolida chekiladigan jabru jafolarga sabr-toqat qilish amr etiladi. Tangri taoloning ojiz va mojiz maxluqi bolmish asalari xususida, uning ibratli hayot tarzi haqida hikoya qiladigan oyatlar orin olgani uchun u "Nahl" - "Asalari" surasi deb atalgandir.