ⓘ Galaktika - umumiy ozaro tortishish kuchi bilan boglangan hamda Quyoshni ham oz ichiga olgan 200 mlrd.dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. G.da yu ..

                                     

ⓘ Galaktika

Galaktika - umumiy ozaro tortishish kuchi bilan boglangan hamda Quyoshni ham oz ichiga olgan 200 mlrd.dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. G.da yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit - gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy korinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, olchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxminan 30 ming parsek ; 1 pk=206264.8 astronomik birlik =3.2615 yoruglik yili =30.8561015 m; umumiy massasi taxminan 2–1041 kg. Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10"21 kg/m3. G.ning ozbek tilidagi nomi Somon yoli, chunki qadimdan yulduzlar malum bir tekislikka nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan bolib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan tokilib borgan somondan hosil bolgan yolga, yunonlar esa yerga tokilgan sutga oxshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit Somon yoli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi bolib G. Galiley isbotladi. Ingliz astronomi V. Gershel 18-asrda G.ni izchil organa boshladi. Keyinchalik uni jahondagi kop olimlar organishdi va G.ning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. Ozbekistonda G.ga doir masalalar asosan Ozbekiston FA Astronomiya in-tida va Ozbekiston Milliy unti astronomiya kafedrasida organiladi.

G. massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yoli markazi G. ozagida bolib, G. uning atrofida differensial tarzda aylanish xususiyatiga ega. G. aylanish oqi Somon yoli tekisligiga perpendikulyar bolib, uning shim. qugbi Veronika sochlari yulduz turkumi yonalishida, jan. qutbi esa Hay-kaltarosh yulduz turkumida joylashgan. G. ozagidan Quyoshgacha bolgan masofa 32.6 ming yo. y.=30.85610"m ga teng. Quyosh sistemasi Somon yoli markazi atrofida 250 km/sek tezlik bilan hara-kat qilib, 230 mln. yil ichida bir marta tola aylanib chikddi. Quyosh sistemasi G.ning ekvatorial tekisligidan atigi 66.22–1013 km ga teng masofada yotadi. Bu masofa G.miz ortacha qalinligidan taxminan 150 marta kichik.

G.ning optik diapazonda korinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u chozinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri boyicha joylashgan asosiy massa Somon yolini tashkil qiladi. G. tuzilishiga doyr tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. G.mizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gamma-nurlar manbalari topildi. G. tarkibi, massasi va b. parametrlari boyicha u turlicha alohida komponentlar - ozak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematik jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2 marta kichik. Yulduzlarning fizik harakteristikalari nuqtai nazaridan va tarkibi jihatidan esa G. asosan ikkita tashkil etuvchi toplamlarga bolinadi. I tur yulduz toplamiga eng yosh, qaynoq yudduzlar, ota gigantlar, uzun davrli sefeidalar, yangi va ota yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon todalari kiradi. Bu toplam obyektlari faqat Somon yolida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida. joylashib, G.ning boshqa joylarida, xususan, ozak yoki galo kismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism obyektlari ham deyiladi. I tur toplamidagi yudduzlar Somon yoli tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning G. spiral galaktika-lar sinfiga kiradi. II tur yulduz toplamiga qisqa davrli sefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon todalari kiradi. Ular, asosan, G.ning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu toplamdagi yulduzlarning G. simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur toplamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi G.miz kelib chiqishi va evolyutsiyasi bilan bogliq. II tur obyektlari bor yerda I tur toplamidan birorta obyekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur obyektlari tekislik tashkil etuvchi qismida korinmaydi. Ushbu dalil G.miz sferik shakldagi gazeimon ulkan bulutning gravitatsion sikilishi natijasida paydo bolganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini korsatadi.

G. markazi Qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U koproq changdan iborat qalin qatlam bilan oralgan. G. markazining yorqinligi 1042 erg/s. Ozak, asosan, qizil gigantlar, quyi spektralsinflarning mitti yudduzlaridan iborat. G.miz ozagi va Somon yoli qismi bir qarashda tinch, sokin bolib korinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va joshqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab toqnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora oralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi.

Galaktika yulduzlar, yulduz qoldiqlari, yulduzlararo gaz-chang va qora moddadan iborat katta, gravitatsiya bilan boglangan tizimdir. "Galaktika" sozi yunoncha galaksias grekcha: γαλαξίας dan olingan bolib, "sutli", degan manoni bildiradi Somon Yolining tokilgan sutga oxshashidan. Galaktikalar turli xil: yulduzlari soni 10 milliondan 10 7 oshmaydigan mitti galaktikalardan to yuzlab trillion 10 14 yulduzlarga ega bahaybat galaktikalargacha malum.

Galaktikalarda turli miqdorda yulduz tizimlari, klasterlari va yulduzlararo bulut topiladi. Ushbu jismlar orasida siyrak gaz-chang va kosmik nurlar boladi. Qora modda aksariyat galaktikalarning massasining 90 %ini tashkil etishi taxmin qilinadi. Kuzatuvlar shuningdek deyarli barcha galaktikalar markazida ota katta qora tuynuklar borligidan dalolat bermoqda. Somon Yoli markazida kamida bitta shunday jism mavjud.

Galaktikalar tarixan ularning shakliga binoan turkumlarga ajratilgan. Keng tarqalgan shakl elliptik galaktikadir, uning profili ellipsni eslatadi. Spiral galaktikalar esa spiralsimon disk shaklidadir. Noaniq yoki gayrioddiy shakllilar notogri galaktika deyiladi, bunday shaklga ular qoshni galaktikalar tasiri tufayli kelgan.

Kuzatiladigan olamda 170 milliarddan 1.7 × 10 11 ortiq galaktika mavjud. Aksariyat galaktikalar diametri 1 000 - 100 000 parsek va bir-biridan millionlab parsek megaparsek uzoqlida joylashgan. Galaktikalararo fazo juda siyrak gazdan ~1 atom/m 3 iborat. Kopchilik galaktikalar galaktika guruhlariga yigilgan, ular esa oz navbatida superklasterlarga toplangan. Eng katta miqyosda galaktikalar iplarga jamlangan va nihoyatda keng boshliq bilan oralgandir.

                                     

1. Etimologiyasi

Galaktika atamasi yunoncha galaksias γαλαξίας, "sutli" yoki kyklos "yumaloq" galaktikos "sutli" sozlaridan olingan bolib, galaktikamiz - Somon Yolining osmondagi korinishiga ishoradir. Yunon mifologiyasida, Zevs oddiy ayoldan tugilgan ogli Geraklni Gera uyqudaligida uning ilohiy sutini emsin va olmas bolsin uchun koksiga qoyadi. Gera tosatdan uygonib, uni notanish bola emayotganini koradi va bolani uloqtiradi, suti esa osmon boylab Somon Yoli korinishida tokiladi.

Astronomik adabiyotda Somon Yoli haqida gap ketganda, bosh harf bilan Galaktika, boshqa hollarda esa galaktika, deb yoziladi.

William Herschel 1786-yili tumanliklar katalogini tuzayotganida M31 kabi ayrim jismlarni spiral tumanlik, deb nomlagan edi. Keyinchalik bular aslida ulkan yulduzlar toplami ekanligi aniqlangach, orol olamlar, deb atala boshlandi. Biroq olam atamasi ostida butun borliq nazarda tutilishi tufayli bu jismlar galaktika, deb qarala boshlandi.

                                     

2. Kuzatuv tarixi

Galaktika ichida ekanligimiz va olamda boshqa galaktikalar ham borligini tushunib yetish tungi osmondagi Somon Yoli va boshqa tumanliklarga aloqador kashfiyotlar bilan parallel kechgan.

                                     

2.1. Kuzatuv tarixi Somon Yoli

Yunon faylasufi Demokrit EA 450–370 Somon Yoli nomli tungi osmondagi yorqin band alohida yulduzlardan tashkil topishi mumkinligi haqida fikr yuritgan edi.Arastu EA 384–322 esa Somon Yoli "ulkan, kop sonli va bir-biriga yaqin yulduzlarning alangalanishidan" vujudga kelgan, bu alangalanish esa Yer va Oy orasida, atmosferaning yuqori qatlamida sodir bolgan, deb hisoblagan edi.Samoning bu burchagidan narigi burchagigacha injular shodasiday sochilgan sirli va guzal kuprik "Somon yoli" deb ataladi. Qadim zamonlarda ham odamlar unga tikilib, biz kabi zavqlanganlar va uning asli nimaligini bilmasdan turib, unga uzlarycha guzal nomlar berishgan. Masalan, nasroniylik dini paydo bolgan zamonlarda odamlar Somon Yulini farishtalarni osmonga olib chiqadigan yul, deb bilishgan. Yana ular buni osmon gumbazidan tashqarida nima borligini yerliklar kuradigan tuynuklar deb ham uylashgan. Shunisi qiziqki, Somon yulining paydo bulishi haqidagi haqiqat u haqdagi afsonalar kabi guzaldir. Hozirgi bilimlar asosida biz galaktikamiz shaklini soat kabi dumaloq va tekis deb tushunamiz. Agar unga tepadan qarash imkoniyati bulganida edi, uning soatga uxshashligiga rostdan ham ishonch hosil qilgan bulardik. Lekin biz galaktika ichkarisida bulganimiz uchun, tepaga qarab, soat gardgapini ichkaridan kuramiz va bu gardish bizning atrofimizda aylanayotganini kuzatamiz. Aslida, Somon yuli ham millionlab yulduzlardan iborat. Galaktikamizda uch milliardcha yulduz borligi ma’lum. Biz ularning hajmi haqida ham tasavvurga egamiz. Quyosh nuri Yerga 8 daqiqada yetib keladi. Galaktikamiz markazidan Quyoshgacha nur 27 ming yilda yetib boradi. Galaktikamiz uz oki atrofida xuddi gildirakday aylanadi. Uning bir bora tuliq aylanib chiqishi uchun 200 000 yil kerak. Kenja Olimpiador taxminan 495–570 bu qarashni agar Somon Yoli Yerga shunchalik yaqin bolganida u turli vaqtda turlicha korinishi va parallaksi bolishi kerak edi, deb tanqid qilgan. Ushbu goya keyinchalik Islom dunyosiga tasir etgan.

Mohaniy Muhammadga kora, arab astronomi Ibn al-Haysam 965–1037 Somon Yoli parallaksini birinchilardan bolib kuzatgan va olchagan, shu yol bilan u "Somon Yoli parallaksi yoqligini, demak u Yerdan juda uzoq va atmosferada emasligini aniqlagan." Markaziy Osiyolik astronom Abu Rayhon Beruniy 973–1048 Somon Yolini "tumansimon yulduzlarga oxshash sanoqsiz qismlar toplami," deb tariflagan. Andalusiyalik astronom astronomer Ibn Bajja esa Yupiter va Mars birlashishi kuzatuviga tayanib Somon Yoli bir-biriga deyarli tegib turadigan darajada yaqin yulduzlardan iborat, ulardan kelayotgan yoruglik Yer va Oy orasidagi moddadan qaytib, yaxlit korinadi, deb taxmin qilgan. XIV asrda suriyalik Ibn Qayim al-Jauziya Somon Yolini "qozgalmas yulduzlar kurrasi ichida joylashgan minglab mitti yulduzlar," deb tariflagan.

Somon Yoli koplab yulduzlardan iborat ekanligiga faktik isbot 1610-yili osmonga teleskop orqali qaragan italyan astronomi Galileo Galilei tomonidan keldi. 1750-yili ingliz astronomi Thomas Wright Olam haqida ozgacha nazariya yoki yangi faraz inglizcha: An original theory or new hypothesis of the Universe nomli ishida galaktikani Quyosh tizimiga oxshash, biroq undan ancha katta miqyosdagi gravitatsiya kuchlari bilan boglangan tumonat yulduzlardan iborat aylanuvchi jism, deb togri taxmin qildi. Bunday yulduzlar diski shu disk ichidagi nuqtai nazarimizdan osmonda tasma bolib korinadi. 1755-yilgi traktatida Immanuel Kant Wrightning Somon Yoli tuzilishi haqidagi bu fikrini kengaytirdi.



                                     

3. Havolalar

  • Galaxy classification project, harnessing the power of the internet and the human brain
  • An Atlas of The Universe
  • How many galaxies are in our universe? Arxivlandi 2015-08-21Wayback Machine saytida.
  • Galaxies, SEDS Messier pages
  • The most beautiful galaxies on Astronoo
  • Galaxies - Information and amateur observations
  • The Oldest Galaxy Yet Found
                                     
  • O ta galaktika galaktikalar o ta sistemasi - galaktikalarning ulkan gigant to plami. Bir necha o nlab guruhlarni va bir necha yuz yoki minglab to dalarni
  • Galaktika qo riqchilari yoki Galaktika qo riqchilari: 1 - qism - 2014 - yilda Marvel Studios film kompaniyasi tomonidan ishlangan, shuningdek, Marvel Comicsdan
  • Galaktika astronomiyasi - k. Galaktika O zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000 - yil
  • Galaktika qo riqchilari 2 - qism inglizcha: Guardians of the Galaxy 2017 - yilda Marvel Studios film kompaniyasi tomonidan ishlangan, shuningdek, Marvel
  • Galaktikaning aylanish tekisligida joylashgan. Andromeda tumanligi ham, bizning Galaktika ham S.g Somon yuliijj ayrim qismlari ikkiga ajralgan holda ko rinadi
  • da birgina yorug yulduz bo lib, u Karl yuragi deb ataladi. T.da M51 deb nomlangan mashhur galaktika joylashgan. O zbekiston hududida ko rinmaydi.
  • joylashgan. Uchta 2 - kattalikdagi ravshan yulduzi bor. A.da mashhur spiral galaktika Andromeda tumanligi bo lib, uni oddiy ko z bilan ko rish mumkin. O zME
  • Galaktik tumanliklar - Galaktika tarkibiga kiradigan gaz, chang yoki gaz - chang bulutlari. Shakliga qarab, diffuz, planetar, o ta yangi yulduzlarning portlashi
  • tashqaridagi radioastronomiyani kosmologiyaga qo llagan. R. tadqiqotlarining galaktika radiotuzilishida ahamiyati katta. Nobel mukofoti laureati 1974 E.Xyuish
  • IC 1308 Sagittarius yulduz turkumidagi GxyP galaktika qismi tipli galaktika qismidir. IC 1308 Yangi umumiy katalog asl nashrida ingl. IC 1308 Yangi