ⓘ Antropomorfizm yoki shaxslashtirish deb odam bolmagan mavjudot, hodisa yoki mavhum narsalarni odamsimon yoki odam xulqiga ega qilib tasvirlashga aytiladi. Masal ..

                                     

ⓘ Antropomorfizm

Antropomorfizm yoki shaxslashtirish deb odam bolmagan mavjudot, hodisa yoki mavhum narsalarni odamsimon yoki odam xulqiga ega qilib tasvirlashga aytiladi. Masalan, antropomorfik asar va qarashlarda shamol, yomgir kabi tabiat hodisalari, xudo yoki vatan kabi mavhum konsepsiyalar odam kabi fikrlab, suhbatlashadi. Atama XVII asrda kiritilgan.

Antropomorfizm antropo. va yun. morphe – shakl, korinish – xudo hamda ilohiy kuchlarni, tabiatda-gi narsa, hodisalarni inson qiyofasida tasavvur qilish. A. qadimgi yunonlar dinida keng tarqalgan edi. Ularning tasavvuri-cha, xudolar insonga xos xususiyatlarga ega bolib, abadiy yashaydi. A. hozirgi zamon dinlarining kopiga xos bolsada, islom va iudaizm yahudiy dini uni tan olmaydi. Islomda xudoni insonga oxshatib tasavvur etish va odam qiyofasida rasmga tushirish man etilgan.

Antropomorfizm ayniqsa ertak va mifologik hikoyalarda kuzatiladi. Kino va multfilmlarda ham shaxslashtirilgan hayvonlar masalan, kiyim kiyib yuradigan bori va quyon yoki hodisalar cholgu ushlagan olim tasvirlanadi.