ⓘ Muzlatgich maishiy texnika vositasi bolib, oz ichidagi mahsulotlarni tashqi sharoit va haroratdan saqlaydi. Muzlatgich termoizolatsiyalangan javon va mexanik, e ..

                                     

ⓘ Muzlatgich

Muzlatgich maishiy texnika vositasi bolib, oz ichidagi mahsulotlarni tashqi sharoit va haroratdan saqlaydi. Muzlatgich termoizolatsiyalangan javon va mexanik, elektr yoki kimyoviy issiqlik nasosidan iborat. Nasos javondan issiqlikni tashqariga siqib chiqaradi, natijada javon ichi atrof-muhitdan sovuqroq ushlab turiladi. Sovutish oziq-ovqatni uzoq saqlash va unda bakteriyalar kopayishining oldini olish uchun zarur.

Muzlatgich javoni ikki qismga ajratiladi. Yuqoridagi qism muzxona deyiladi, u yerda harorat −10 °C kuchli muzlatgichlarda −30 °C dan 0 °C gacha ushlanadi. Muzxona ostidagi bolimda esa harorat suv muzlash nuqtasidan ozgina yuqori harorat saqlanadi. Aksariyat taom mahsulotlarini saqlash uchun optimal harorat +3 dan +5 °C gachadir.

Muzlatgich nisbatan zamonaviy ixtirodir. Muzlatgich yaratilganiga qadar oziq-ovqat mahsulotlari zax yertolalarda saqlanardi.