ⓘ Abdullaxon II – ozbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori, davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, marifat ..

Darveshxon

Darveshxon - Toshkent va Turkiston hokimi. Shayboniylar ozbek sulolasi vakili. Mirzo Ulugbek va Suyunchxojaxonlarning avlodi. Baroqxonning tongich ogli. Ukasi Bobo sulton bilan birgalikda Movarounnahrda hukmron bolish uchun Buxoro xonligi hukmdorlari Iskandarxon va Abdullaxon IIlarga qarshi urushlar olib borgan. Xususan, 1557-yil Ilonotti mavzeida Abdullaxon II qarshi jang qilgan. Unda Abdullaxon II Darveshxonga yordamga oshiqqan Bobo sulton qoshinini Darveshxon bilan birlashishiga yol qoymay, ularni alohida-alohida yenggan. Darveshxon bu maglubiyatdan song bir muncha vaqtgacha Abdullaxon ...

Ibodulla sulton

Ibodulla sulton -shayboniy sultonlardan, Abdullaxon II ning inisi. Iskandarxon va Abdullaxon II hukmronligining dastlabki yillarida Samarkand hokimi bolgan. 1583 y. Abdullaxon bilan oralari buzilgan, Abdullaxon Andijonda isyon kotargan Isfandiyor sultonga qarshi qoshin tortganda I. s unga koshilishdan bosh tortgan. Dostum sulton, Isfandiyor sulton va Ozbekxon bilan Abdullaxonga qarshi ittifoq tuzib I. s boshliq qoshin Buxoro atrofini talon-taroj qilgan. 16 avg. da fitnachilar tomonidan oldirilgan.

Silsilat as-salotin

Silsilat as-salotin” nomli asarda Shayboniylar va Ashtarxoniylar hukmronligi davrida Buxoro va Balx xonlari, Safaviylar podshohlari va Hindistondagi Boburiylar ortasida olib borilgan diplomatik yozishmalardan ayrimlarining matnlari keltirilgan. Hindiston podshohi Akbar 1556 - 1605ning 1586-yili Buxoro xoni Abdullaxon II rasm an 1583 - 1598ga oz elchilari Hakim Humom va Sadri Jahon orqali yuborgan maktubi; Safaviylar podshohi shoh Abbos 11587 - 1623ning 1590 - 1591-yili elchi Y odgor sulton eram li orqali Balx xoni Shayboniy Abdulmominxon 1582 - 1598ga yuborgan xati; A kbar podshohning 1591 ...

                                     

ⓘ Abdullaxon II

Abdullaxon II – ozbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori, davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, marifat, madaniyat homiysi.

                                     

1. Abdullaxon II – davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, marifat, madaniyat homiysi

Bobosi Jonibek sulton vafoti 1528/29 Karmana va Miyonkol hokimi bilan Koson yonida 1548, Moguliston xoni Abdurrashidxon va shayboniylardan Dostum sultonlar qoshiniga qarshi Forob yonida 1554 jang qilgan. Yosh Abdulla sulton ozining hukmdor sifatidagi butun gayrat-shijoatini 1551-yil Karmanada namoyish etgan; viloyatga Toshkentdan Navroz Ahmadxon va Samarqanddan Abdullatifxon hujum qilganlar, Iskandar sulton Amudaryo ortiga qochgan. Abdulla sulton otasi vazifasini oz zimmasiga olib bu hujumni muvaffaqiyatli qaytargan. Keyingi yillarda 1552–56 oz mulkini garbga – Buxoro tomonga va janubiy-sharq – Qarshi va Shahrisabz tomonga kengaytirishga intilgan. Bu say-harakat dastlab muvaffaqiyatsiz chiqqan, hatto 1556-yil u ota meros mulkini tashlab Maymanaga qochishga majbur bolgan. U amakisi, Balx hokimi Pirmuhammaddan harbiy yordam olib va piri Joybor xojalaridan Xoja Muhammad Islom komagida Navroz Ahmadxon, keyinchalik uning ogillari Darveshxon va Bobo sultonlarga qarshi uzoq muddat kurash olib borgan. Navroz Ahmadxon vafot etgach 1556, darhol Karmana va Shahrisabzda oz hukmronligini tiklaydi, 1557-yil mayda Buxoroni qolga kiritadi va uni oz poytaxtiga aylantiradi. 1561-yil otasini davlat boshligi – xon deb elon qilib, uning nomidan mamlakatni ozi boshqara boshlaydi. Markaziy xokimiyatga boysunishdan bosh tortgan shayboniy sultonlar bilan kurashib Balx 1574, Samarqand 1578, Toshkent, Sayram, Turkiston 1583 va Fargona 1583ni egallaydi. 1582-yil Dashtga yurish qilib Ulugtogta qadar borgan. 1583-yil otasi Iskandarxon vafot etgach, mamlakatni oz nomidan boshqara boshlaydi. Markaziy hokimiyatga qarshi kotarilgan Maymana va Garchiston 1583, shuningdek Badaxshon 1585dagi galayon, tartibsizliklarni bostirgan. Xorazmga ikki marta yurish 1594, 1596 qilib, u yerda markaziy hokimiyat hukmronligini qayta tiklagan. Abdullaxon II mamlakat hududi yaxlitligini tiklash yolida qoshni xorijiy davlatlar bilan ham kurash olib borgan. Masalan, Turkiya Movarounnahrda oz tasirini kuchaytirish niyatida Abdullaxon II ga qarshi kurashda Bobo sultonga yordam bergan. Bobo sulton turk askarlari yordamida Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi jang qilgan. Abdullaxon II safaviylar bilan Xuroson, Gilon uchun kurashib ularni oz tasarrufiga kiritgan. Sharqiy Turkistonga qilingan yurishda Qashqar va Yorkent viloyatlarini olgan. Boburiylar ham Badaxshon, Shom, Afgoniston va Xuroson uchun Abdullaxon II ga qarshi kurashganlar. Abdullaxon II bunga qarshi Sind 1583, Kashmir 1586ni egallab, davlatning janubiy. chegaralarini mustahkamlagan.

                                     

2. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi

Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bolgan yerlardan iborat edi. Abdullaxon II hayotining songgi yillarida ogli Abdulmomin qarang Abdulmo`minxon bilan chiqishmay qolgan. Abdulmomin 1582-yil kuzidan Balxni otasi nomidan boshqarayotgan edi. Iskandarxon davrida Abdullaxon II haqiqiy, amaldagi hukmdor bolgani kabi, Abdulmomin ham keksaygan otasiga nisbatan shunday mavqeni egallamoqchi bolgan. Faqat ulamolarning aralashuvi tufayligina ota-bola ortasida ochiq urush harakatlari boshlanmagan va Abdulmomin otasiga boyin egishga majbur bolgan. Ular ortasidagi munosabatlar keskinlashganidan xabar topgan qozoq xonlaridan Tavakkalxon Toshkent viloyati va Toshkent–Samarqand oraligidagi yerlarga bostirib kirib, unga qarshi yuborilgan qoshinni yenggan. Unga qarshi safarga otlangan Abdullaxon II Samarqandga yetganda vafot etgan.

                                     

3. Tashqi siyosati

Abdullaxon II faol tashqi siyosat olib borgan. Bu davrda shayboniylar Eron, Hindiston, Turkiya,Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan keng diplomatik, iqtisodiy, savdo aloqalari olib borganlar. Masalan, Abdullaxon II elchilari 1583-yil Moskvadan oq-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham qaytarilgan. Abdullaxon IIning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa pul islohoti otkazish yolidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. U koplab turli inshootlar qurdirgan. Hozirgacha xalq orasida u yoki bu inshoot qurilishi Amir Temur yoki Abdullaxon II ga nisbat beriladi.

                                     

4. Abdullaxon II davrida madaniy hayot

Abdullaxon II davrida Buxoro yaqinidagi Sumiton Joybor mavzesida Joybor xojalaridan Abu Bakr Sad 970/971 yil vafot etgan mozori atrofiga Madrasa, masjid, xonaqoh va chorbog 1558–66, Buxoroda Madrasa qarang Abdullaxon madrasasi, hammom, Govkashon, Fatxulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, yangi Chorsu 1569–70, tim qarang Abdullaxon timi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga koprik 1582 va boshqa qurildi. Bunday inshootlar va karvonsaroylar Samarqand, Toshkent, Balx va boshqa shaharlarda ham qurilgan masalan, Abdullaxon IIning nufuzli amiri Qulbobo Kokaldosh sharafiga Toshkentda qurilgan Ko`kaldosh madrasasi va boshqalar. Karvon yollarida sardobalar, rabotlar, kanallar, suv omborlari qarang Abdullaxon bandi, kopriklar masalan. Surxondaryoda xalq orasida Iskandar ko`prigi nomi bilan mashhur bolgan Gishtkoprik va boshqalar, chorboglar bunyod etilgan.

                                     

5. Abdullaxon II davrida shaharsozlik, ilm-fan va adabiyot

Abdullaxon II davrida mamlakatda shaharsozlik, adabiyot, ilm-fan taraqqiy etgan. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylangan Hofiz Tanish Buxoriyning Abdullanoma "Sharafnomayi shohiy" 1584–89, Amin Ahmad Roziyning "Haft iqlim" 1583, Mutribiyning dunyo xaritasi ilova qilingan "Tazkiroti shuaro" taxminan. 1593–95 va boshqa ilmiy asarlar yaratildi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil qilingan. Unda mashhur xattotlar Mir Ali Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqa kitob kochirish bilan mashgul bolishgan. Hasanxoja Nisoriyning "Muzakkiri ahbob" asari Abdullaxon II ga bagishlangan. Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, qozi Poyonda Zominiy, mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqa yashab ijod etgan. Abdullaxon IIning ozi ham istedodli shoir bolib, "Xon" taxallusi bilan ozbek va fors tillarida sherlar yozgan. Mamlakatda hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Hunarmandlar turli ipak matolar, uy-rozgor, zargarlik buyumlari, qurol-yaroglar va boshqa tayyorlardilar. Movarounnahr ustalari tayyorlagan buyumlar ichki va tashqi bozorda juda xaridorgir bolgan.

XVI asr tarixchisi, ozbeklarning Qatagon qabilasidan bolgan Muhammad Yar ibn Arab Qatagon "Musaxir al-bilad" "Mamlakatlarni zabt etish" asarini yozgan. Asarda Shayboniylar, jumladan, Abdullohxon II davri haqida hikoya qilinadi.



                                     

6. Harbiy sanat rivojlanishi

Harbiy sanat taraqqiy etgan. Qoshin tarkibini nayza, qilich, manjaniq, naftandoz va shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilgan. 16-asr ikkinchi yarmidan qoshin Turkiya va Rossiyadan keltirilgan pilta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan yana qarang Buxoro xonligi



                                     

Dostum sulton

Dostum sulton, Abdulquddus sulton - Toshkent hokimi. Shayboniylarsgm. Iskandarxon ibn Jonibekxonning ogli. Abdullaxon II ning inisi. Dastlab Karmana, song Toshkent hokimi. Hasanxoja Nisoriy 1560 - 66 y.larda Karmanada D. s huzurida xizmatda bolgan. D. s. sheriyatga havasmand bolib, ozi ham sherlar yozgan. 1598 y. jiyani Abdulmominxon tomonidan farzandlari bilan birgalikda Toshkentda qatl etilgan.