ⓘ Mebel uyqu, yotish, otirish, ishlash kabi odam faoliyatlari hamda buyumlarni tayinli joyda saqlash uchun moljallangan jismlar majmuidir. Mebel yogoch, metall, p ..

                                     

ⓘ Mebel

Mebel uyqu, yotish, otirish, ishlash kabi odam faoliyatlari hamda buyumlarni tayinli joyda saqlash uchun moljallangan jismlar majmuidir. Mebel yogoch, metall, plastmassa va boshqa materiallardan tayyorlanadi.

Mebel lot. mobilis - qozgaladigan, osongina suriladigan, jihoz - xonalar, istirohat boglari, kochalar jihozining asosiy turi. Maishiy uy-rozgorda ishlatiladigan, jamoat bi-nolari va joylari da qollaniladigan xillarga bolinadi. M. insonning mehnati - mashguloti, dam olishini qulaylashtirish uchun xizmat qiladi. Yogochning qattiq turlari, metall va pla-stmassadan ishlanadi, novdalardan toqiladi. Vazifasi, tuzilishi, materialiga qarab juda kop turlarga bolinadi, har bir turining ham bir necha xili boladi. Maishiy uy-rozgor da ishlatiladigan M. yotoqxona, mehmonxona, oshxona va hovli M.lari kabi xillarga bolinadi. Bir xonali uylarga moljallab ishlab chiqariladigan M.lar ham yotokxona, ham mehmonxona M.i vazifasini otaydi. Ikki, bazan undan ortiq turi birlashtirilgan M.lar ham ishlab chikariladi. Tuzilishi va texnologik jihatlariga kora, M. joyidan qozgalmaydigan va qozgaladigan, yigma, devorga ornatiladigan va boshqa xillarga bolinadi. M. xonani, bino ichini badiiy bezash uchun xizmat qiladi, amaliy sanat sohasi ham hisoblanadi M.larni bezashda rassomlik, haykaltaroshlik va naqshdan foydalaniladi.

M. juda qadim davrlarda, inson otroklasha boshlagan paytlardayoq paydo bolgan. Yangi ijtimoiy tuzumlar, madaniyat, fan va texnika taraqqiyoti yangidanyangi M. namunalarini vujudga keltirdi. Qadimdan Misr firavnlariga mansub ayrim M. namunalari bizning davrimizgacha saqlangan. Taxt, sandiklar yogochdan oyma va bortma naqsh va tasvir ishlab, jez, kumush, oltin va fil suyagi qoplab bezatilgan. Yunonistonda M., asosan, yogochdan ishlangan. Qad. Rimda M. tayyorlashda yogoch bilan bir qatorda marmar, jezdan ham foydalanilgan, daraxt novdasidan toqima M. ham tayyorlangan. Stollarning oyogi yirtqich hayvonlarning oyoqlariga oxshatib ishlangan. Bizgacha saqlangan Vizantiya M.i namunalari oltin, fil suyagi, qimmatbaho toshlar qoplab bezatilgan.

Xitoy, Yaponiya, Eron kabi Osiyo mamlakatlarida ham M.ni jozibador bezatishga katta ahamiyat berilgan. Osiyo mamlakatlarida, jumladan, Orta Osiyoda uylarni jihozlashda gilam, shol, kigiz kabilarga katta etibor berilganidan M. unchalik rayem bolmagan. Lekin beshik, belanchak, chorkursi, sandiq, sandiqchalar, xontaxta, tancha sandal, tokchaga ishlangan jovon, taxt kabi jihozlar asta-sekin rayem bolgan. Sharq mamlakatlarida 7 - 8-asrlardan boshlab yogoch va jez M.lardan Madrasa, mayejid, saroylarda keng foydalanilgan, ustiga kitob qoyib oqiladigan lavh, 8 qirrali stollar, kursilar qadama, oyma va boyama na-qshlar bilan bezatilgan. Orta Osiyo saroylarida taxt, kursi taxta karavot lar oltin, kumush, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Ular yongoq, archa, tut terak,va boshqa daraxtlarning yogochidan tayyorlangan. Hozir milliy M.lar Yevropa uslubidagi M.lar bilan uygunlashib ketdi.

Yevropada M. tarakdiyoti badiiy uslublarning kuchli tasiri ostida boldi. 10 - 12-yillarda roman uslubi sodda, lekin vazmin, dagal M.ni vujudga keltirdi. Gotika 12 - 15-asrlar M.ni nafislashtirdi, bezakda yogoch oymakorligidan foydalanildi. Uygonish davrit yogoch inkrustatsiyaashan kop foydalanildi, yangi M. turlari, mas, yozuv shkaflari, yumshoq kursilar kreslolar paydo boldi. Barokko 17 - 18-asrlar M. shakllarini murakkablashtirdi. M.da odatdagi serhasham bezakdan tashqari mozaika ham ishlatildi. 18-asr 2-choragidan ravnaq topgan rokoko uslubi ozidan oldingi klassitsizm oqimining monumental M. shakllarini yengillashtirdi, usti yopib qoyiladigan yozuv stollari, M. garnituralari paydo boldi. Ampir uslubi 19-asr da M.larning oyoklari sfinks, griffon, sher oyogi, ustunlarga oxshatib ishlandi, bezakning simmetrik bolishiga ahamiyat beriddi 19-asr 2-yarmidan M. kam bezakli qilib f-kalarda ishlab chiqarila boshladi, yogochni egib ishlanadigan arzon, hammabop Vena M.lari ommalashdi. 20-asr boshlaridan ratsionalizm uslubi yangi materiallar mas, metall quvurlar dan foydalanish, M.larni yigma va qismlari ajratiladigan qilib tayyorlash usullarini maydonga keltirdi. Idora, oquv yurtlari, bank, xonadonlar uchun maxsus M. xillari paydo boldi. Hozir idoralarda, asosan, italyan uslubidagi M.lar rayem boldi 2003.

Zamonaviy M. foydalanishga qulay, yengil, sodda bolib, qimmatbaho yogoch tejab ishlanadi, qismlarga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Tashishga, kochirishga qulay. M. alo-hida-alohida komplekt qilib mas, stol va stullar tayyorlanadi, M. toplam, garnituralar ishlab chiqariladi. Ozbekistonda Yevropa uslubidagi M.lar milliy uslubdagi M.lar bilan uygunlashib ketgan. Yengil uslubdagi M.lar bilan birga klassik uslubdagi zalvor M.lar yana rayem bola boshladi yana q. Mebel sanoati.

Mebel nafaqat kundalik ishlar uchun ishlatiladi, u dekorativ sanat asari yoki diniy ahamiyatga ega ham bolishi mumkin. Ananaviy mebelda mahalliy madaniyat aks ettirilgan.