ⓘ Belgiya, Belgiya Qirolligi flamandcha: Koninkrijk Belgie; frans.: Royaume de Belgique - Garbiy Yevropadagi davlat. Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Mamuriy ..

Iyul inqilobi

Iyul inqilobi - Fransiyada Burbonlar monarxiyasiga barham bergan inqilob. I.i. natijasida Iyul monarxiyasi - fransuz qiroli Lui Filipp hukmronlik davri boshlanib, u to Fev. inqilobi gacha davom etdi. Belgiya inqilobi va Polsha qozgoloni ga bevosita turtki boldi. "Mukad-das ittifoq"k qarshi keskin zarba berdi.

Keltlar

Keltlar - mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmida hozirgi Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Germaniyaning jan. qismi, Avstriya, Shim. Italiya, Shim. va Garbiy Ispaniya, Britaniya o.lari, Chexiya, qisman Vengriya va Bolgariya xududida yashagan qad. hind-yevropa qabilalari. Yunonlar ularni galatlar, rimliklar esa gallar deb atashgan. Eng yiriklari: boylar, gelvetlar, belglar, sekvanlar, eduilar va b. Mil. av. 1-asrning ortalariga kelib rimliklar tomonidan boysundirilgan.

Vashington konferensiyasi

Vashington konferensiyasi - AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya va Portugaliya ishtirokidagi konferensiya; Birinchi jahon urushidan keyin Tinch okeani havzasida vujudga kelgan davlatlar kuchlari nisbatini qayd etdi. Bu nisbat AQSH uchun qulay bolgan edi. V. k.ning eng muhim qarorlari: Tort davlat shartnomasi, Besh davlat shartnomasi, Toqqiz davlat shartnomasi. Sovet Rossiyasi konferensiyaga taklif etilmadi. Vashingtonga kelgan Uzok, Sharq respublikasi delegatsiyasi konferensiyaga kiritilmadi.

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati - mintaqaviy integratsiya tashkilotlaridan biri. 1957 y.da Rim shartnomasiga kora tuzilgan, bazida "Umumiy bozor" deb ham atalgan. Dastlab Yevropadagi 6 mamlakat tashkilot azosi bolgan, keyin Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya qoshilgan. YEIH qitada - iqtisodiy taraqqiyot darajasini kotarish yoli bilan yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirishga xizmat qildi. 1993 y. Yevropa Ittifoqiga tarkibiy qism bolib kirdi.

Yevropa yadro tadqiqotlari markazi

Yevropa yadro tadqiqotlari markazi - Yevropadagi 12 mamlakat i. t. muassasasi. Unda elementar zarralar fizikasi sohasida nazariy va eksperimental tadqiqotlar olib boriladi. YuNESKO rahnamoligida 1954-yil tashkil qilingan. Garbiy Yevropadagi shunday tadqiqotlarni muvofiqlashtirib turadi. Yuqori organi - Kengash. 600 MeV quvvatli sinxrotron, 28 GeV li, 400 GeV li va 400 GeV li sinxrofazotronlar, yiguvchi proton halqalari va boshqalari bor.

Asteriks

Asteriks yoki Asteriksning Sarguzashtlari, Fransiya komikslarida uchraydigan seriyallar toplami. Ushbu seriya birinchi marta 29-oktabr 1959-yilda Fransiya-Belgiya komikslaridagi Pilote jurnalida paydo boldi va René Goscinny tomonidan yozilib, Albert Uderzoning 1977-yilda Goscinny olimigacha bolgan voqealar tasvirlangan. Uderzo 2009-yilga qadar huquqlarni sotgan paytda yozib olgan "Hachette" kompaniyasining nashriyoti. Shunimgdek, Uderzo 2013-yilda Jean-Yves Ferri va Didier Conrad lardan iborat yangi jamoa tuzadi.

Vestfal florasi

Vestfal florasi - Angliya, Fransiya, Germaniya, Belgiya va Dones havzasi hududlarida karbon davrida tarqalgan flora. Karbon davrida bu hududlar Yer sharining issiq va nam tropik qismi bolgan. Dastavval V. f., asosan, qad. paleozoy qirqquloqlilari, ponabarglilari va pteridospermlari kabi osimliklardan iborat bolgan. Keyinchalik V.f.ning tarkibi va joylashgan maydoni kengaya borgan. Ozbekistonda Bokantov, Oloy va Turkiston toglarining orta karbon qatlamlaridan V.f.ning qoldiqlari topilgan. Ozbekistondagi V.f.ning tarkibi lepidodendron, stigmariyalarga oxshash osimliklar bilan boyigan. Demak ...

                                     

ⓘ Belgiya

Belgiya, Belgiya Qirolligi flamandcha: Koninkrijk Belgie; frans.: Royaume de Belgique - Garbiy Yevropadagi davlat. Shimoliy dengiz sohilida joylashgan. Mamuriy jihatdan 3 regionga, regionlar viloyat provinsiyalarga, viloyatlar kommunalarga bolingan. Maydoni 30.528 mingkm². Aholisi 10 mln. 113 ming kishi 1996. Poytaxti - Bryussel shahri

                                     

1. Davlat tuzumi

B. - konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831 yilda qabul qilingan va osha paytdan beri bir necha bor oxirgi marta 1993 yil tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligi - qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 azodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat vazirlar kengashi amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi.

                                     

2. Tabiati

B. xududining kopchilik kismi payettekislikdan iborat bolib, shimoli-garbdan janubi-sharqqa tomon kutarila boradi. Eng baland nuqtasi - Botranj choqkisi 694 m. Sohil yaqinidagi qum uyumlari va dambalar serhosil ekinzorlarni dengnz suvidan himoya qiladi. Foydali qazilmalari: toshkomir, qurilish materiallari, jumladan marmar, kam miqdorda temir va polimetall rudalar, surma. Iqlimi - motadil, dengiz iqlimi. Yanvarda ortacha temperatura 3°, 4°, iyulda 18°, 19°. Yillik yogin miqdori 700 – 1500 mm. Yirik daryolari: Maas. Shelda. Izer; ular bir-biri bilan kanallar orqali tutashtirilgan. Tuprogi shimolida asosai qongir ormon; janubda podzol va qongir. B. maydoniining 18.7% ga yaqini ormon, koproq dub va buk daraxtlari bilan qoplangan. Ardenn toglarida milliy bog bor. Yovvoyi hayvonlardan bugu. tongiz, ormon mushugi, ormon suvsari, tovushqon va boshqa yashaydi. Olmaxon, dala sichqoni kabi kemiruvchilar, qirgovul, kaklik, ormon loyxoragi kabi ovlanadigan qushlar bor.

Aholisi milliy tarkibi jihatidan 2 asosiy guruhga: flamandlar 58% va vallonlar 32.5%ga bolinadi. B.da 1 mln.ga yaqin ajnabiylar - italyanlar, ispanlar, fransuzlar, greklar, gollandlar, marokashliklar, turklar va boshqalarlar ham bor. Aholining 96.5% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili - fransuz, niderland va nemis tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Yirik shaharlari: Bryussel, Antverpen, Lyej, Rent, Sharlerua.

                                     

3. 20 arsdaTarixi

Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan mamlakat nomi shundap kelib chiqqan. Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoshgan. 3-asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 - 9-asrlarda B. Frank davlati tarkibida bolgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, B. 2 qismga bolindi: garbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoshib yuborildi. 13 - 14-asrlarda B. Angliya bilan Fransiya ortasidagi shiddatli kurash maydoni boldi. 14-asr oxiri va 15-asrda B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477 yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555 yildan Ispaniya tarkibida boldi. 1713 yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 - 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790 yil 11 yanvarda B. Qoshma Shtatlari davlati elon qilindi, biroq 1791 yilda Avstriya yana mamlakatni qolga oldi. 1795 yilda Fransiyaga qoshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoshildi. 1830 yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, Olmoniya qoshinlari uni bosib oldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi 1940 - 44. 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boldi. B. - 1945 yildan BMT, 1949 yildan NATO azosi 1967 yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan. Ozbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil martda ornatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul - Qirol Leopold Ining Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi 1831 va 15 noyabr - Qirol sulolasi kupi 1866.



                                     

4. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

Xristian xalq partiyasi, 1969 yilda tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978 yilda tashkil etilgan; "Agalev" - flamand ekologlari partiyasi, 1982 yilda tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964 yilda tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912 yilda tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945 yilda tuzilgan.

                                     

5. Xojaligi

B. dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar guruhiga kiradi. Sanoatida mahsulotning texnikaviy darajasi yuksakligi jahon bozorida uning raqobatbardoshligini taminlaydi. Sanoatda yangi texnologiyalarni joriy etishga, eksportni ragbatlantirishga, kichik va orta korxonalarni qollab-quvvatlashga, xorijiy sarmoyani jalb etishga alohida etibor beriladi. Metallsozlik, mashinasozlik, ayniqsa avtomobilsozlik yiliga 1 mln.dan ortiq avtomobil ishlab chiqariladi, kimyo, elektrotexnika, elektron, binokorlik materiallari, toqimachilik, oziq-ovqat, yogochsozlik, zargarlik olmos qirralash eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridir.

Qishloq xojaligida mehnatga layoqatli aholining atigi 3% shugullanadi har bir dehqon 80 kishini boqadi. Orta va mayda fermer xojaliklari 90 mingta qishloq xojaligining asosini tashkil etadi, bir xojalikning ortacha yer maydoni - 15 ga. Yetakchi tarmoq - chorvachilik, u butun qishloq xojaligi mahsulotining 70% ini beradi. Asosiy qishloq xojaligi ekinlari - bugdoy, arpa, sabzavot. Kopchilik mahsulot turlari boyicha qishloq xojaligi ishlab chiqarishi ichki ehtiyojni 1.5 - 2 barobar ortigi bilan taminlaydi. Yetishtirilgan sabzavotning 80% i chetga chiqariladi; romen salati dunyoning 40 mamlakatiga sotiladi. Chetga chiqariladigan qishloq xojaligi mahsulotlari ichida galla va meva asosiy orinni oladi. Kartoshka, qand lavlagi va boshqa ham yetishtiriladi.

                                     

6. Transporti

B. muhim savdo va aloqa yullari chorrahasida joylashgan. U temir yol 3479 km va avtomobil yollari 14421 km tarmogining zichligi jihatidan dunyoda birinchi orinda turadi. 1.7 ming lokomotiv, 1.8 ming yolovchi tashiydigan va 27.3 ming yuk vagoni. 3.87 mln. yengil va 343 ming yuk avtomobili bor. B. hududidan 1500 km uzunlikdagi ikki daryo - Maas va Lis oqib otadi, ularning yarmisida kemalar qatnaydi. Dengiz savdo flotida 69 kema bor. Asosiy portlari: Antverpen, BryuggeZebryugge, Gent, Ostende. Ichki suv yollarining uz.~ 1515 km. "Sabena" milliy aviakompaniyasi 70 dan koproq xalqaro aviayonalishga xizmat qiladi. Bryussel yaqinidagi "Zaventem" aeroporti tort qigadagi deyarli barcha mamlakatlar poytaxtlari bilan boglangan.

Chetga avtomobil, toqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, metallurgiya sanoati mahsulotlari, dori-darmon, qora va rangli metallar, qimmatbaho toshlar, asosan brilliant chiqariladi. Chetdan asosan mineral mahsulotlar, neft, ruda, paxta tolasi, jun keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari - Olmoniya, Fransiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya. Pul birligi - B. franki.



                                     

7. Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

1988 yildan maorif sohasi B. federatsiyasi subyektlari bolmish Jamoalar ixtiyoriga otkazildi. 18 yoshgacha bolgan bolalar uchun talim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari kopgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oquv yurtlarida oqish pulli. B.da 8 universitet bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha universitet markazlari, institutlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanat muzeylari mavjud.

                                     

8. Matbuoti, radioeshittirishi, telekorsatuvi

B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz.lari: "Belang van Limburg" "Limburg manfaatlari", 1897 yildan, "Gazet van Antverpen" "Antverpen gazetasi", 1891 yildan, "Gazett de Bryussel" "Bryussel gazetasi", 1984 yildan, "Liberte" "Ozodlik", 1991 yildan; jurnallar: "Bon suare" "Xayrli oqshom", 1922 yil. B. telegraf agentligi 1920 yil tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekorsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.

                                     

9. Adabiyoti

B. adabiyoti asosan 2 tilda: fransuz va flamand tillarida rivojlanib kelmoqda. Fransuz tilidagi adabiyot. Dastlabki yozma yodgorliklar 12-asrda paydo bolgan. 14 - 15-asrlarda tarixiy yilnomalar, salib yurishlariga bagishlangan rivoyat va qoshiqlar, qahramonlik dostonlari, roman va novellalar yaratildi. Uygonish davrida gumanist J. Lemer de Belj, pamfletlar muallifi F. de Markine de SentAldegond va boshqalarlar ijodi malum 15 - 16-asrlar. 17 - 18-asrlarda fransuz muhojiri E. Bryoshe de la Krua ijod etdi. B. A. de Valef fransuz klassitsizmi tasirida asarlar yaratdi. 18-asrning ortalarida K. F. de Neli, O. B. Renye kabi adiblar adabiyotga marifatparvarlik goyalarini olib kirdilar.

19-asr boshlarida B.da F. Lebrussarning "Belgiyaliklar" 1810 poemasi, A. van Gasseltning kator sher va dramachari, A. Sirening "Drok" 1838, "Isoning songgi kuni" 1838 kabi toplamlari keng tarqaldi. Realistik tendensiyalar 19-asr ortalaridan rivojlana boshladi. Sh. de Koster, E. Verharn, J. Rodenbax realizmning tanikli namoyandalaridir. Shu davr dekadentlik oqimi bilan bogliq bolgan M. Metsrlink ijodi tush kupli k ruhi bilan sugorilgan. F. Ellens, K. Byurino, A. Eygespars, D. Shaynert kabi adiblar ilgor goyalarni targib qildilar. Gitlerchilar bosib olgan davrda shoirlardan R. Blik konslagerda halok bolgan, J. Varen, Sh. Muas, D. Shaynert, I. Gassel fashizmga qarshi, vatanparvarlik ruhida sherlar yozdilar. 50 - 60-yillardagi bir kator asarlarda Ikkinchi jahon urushi voqealari tasvirlandi D. Jilles, D. Shaynert romanlari va boshqa asarlar.

Flamand tilidagi adabiyot. Folklor, afsonalar, tarixiy rivoyatlardagina saqlanib qolgan flamand adabiyoti 18-asr boshlarigacha flamand adabiyoti niderland adabiyotining bir qismi edi 19-asrnipg 40-yillarida shoir Ya. F. Villems boshchiligidagi millim demokratik harakat matnjasida qaytadai tiklandi. Bu davrda ijtimoiy mavzuda romam yaratish garakati avj oldi F. van Kerkxoven. R. Siiders, A. Bergman kabilar. K. Beysse "Zoravonning qonuni". 1893; "Pamel oilasi", 1903. S. Stryovels "Aastodagi hayot va ulnm". 1926; "Yaitye Verduur", 1944 flamand dehqonlari hayotini haqqopiy aks ettirdilar. 19-asr oxnri - 20-asr boshlarida dekadentlik oqimi paydo buldi. Uning namoyandalari: X. Teyrlink, F. Timmermans, K. van de Vusteyne, V. Muns kabilar. Ikkinchi jahon urushidan song bir guruh yozuvchilar tinchlik va demokratiya uchun kurashdilar. P. van Aken "Oliklargina qutulib qola oladilar" 1947 asarida fashizmning kirdikorlarini fosh etdi. G. Valsxap "Kongodagi qozgolop" 1953 romanida mustamlakachilik siyosatini, M. Geysen "Dostim qotil" 1958 novellasi va boshqa asarlarida amerikacha hayotni tasvirladilar. Shoir B. Brat, adiblardan L. P. Bon, M Deyze ijodi tinchlik va ijtimoiy haqiqat uchun kurash goyalari bilan sugorilgan.



                                     

10. Memorligi

B. hududida orta asrlar memoriy yodgorliklari saqlangan. 11 - 12-asrlarda roman Lyej va Turndagi cherkovlar, Flandriya graflarining Gentdagi qorgonlari, 13 - 14-asrlarda gotika uslubi Gent, Bryussel va Aitverpendagi soborlar rivojlandi. 15-asr oxiri - 16-asr boshlarida dunyoviy ruxdagi memorlik qaror topdi. Uygonish davrsha B. memorlik sanati markazlaridan biriga aylandi. 18-asr barokko ananalari qisman sakdansa ham V. O. Yansens, P. Y. Verxagen unga Fransiya va Avstriya orqali klassitsizm prinsiplari tasir etdi. 19-asrda B.ning millim memorligi shakllandi. 19-asr oxirida B. memorlikdagi "modern" uslubining vatani bolib qoldi. 20-asr boshlaridagi memorlar hashamdorlikdan voz kechnb, qulay va oqilona yechimlarni izladilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat va jamoat binolari, mamuriy imoratlar, yangi uy-joylar zamoiaviy talablarga moslab qurildi.

                                     

11. Tasviriy sanati

B.da 11 - 12-asrlarda amaliy bezak sanati bronza quymalar, zargarlik, 13 - 14-asrlarda devoriy rassomlik, dastgoh sanati, haykaltaroshlik va miniatyura rivojlandi. 16-asrda dastgoh rassomligi keng yoyildi Ya. van Eyk, P. Breygel. 17 a.da B.da mustaqil rassomlik maktabi vujudga keldi va 18-asrgacha u flamand maktabi deb ataldi. Uning eng atokli namoyandalari: P. P. Rubens, A. van Deyk, Ya. Yordane, F. Sneyders, D. Tenirs va boshqa 19-asrdaportretchiF. J. Navez, manzarachi T. Furmua, grafik va rangtasvirchi F. Rops, J. Yenzor, haykaltarosh K. Menye va boshqa 20-asrda B.da A. Savereys, R. Magrit, K. Psrmeke, F. Mazerel, P. Polyus kabi rassomlar ijod qildilar. Amaliy bezak sanati: yogoch oymakorligi va miskarlik, kashtachilik va shahrik. rivojlangan.

                                     

12. Musiqasi

Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa ananalari zaminida shakllangan. Niderland maktabining 15 - 16-asrlardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso kop ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxshi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga tasir korsatishgan. 17-asrga kslib B. musiqasi oz peshqadamligini yoqotdi. 1700 yilda Bryusselda asos solingan "De la Monne" teatrida 18-asr boshlpridan J. B. Lyulli, A. Dstush singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-asr oxiridan B. kompozitorlarining operalari qoyildi. 1830 yilda mustaqil B. davlati barpo bolgach, B. musiqasining milliy xususiyati korindi. Flamand shoxobchasinmng Antverpen maktabi tashkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boshqardi. 19-asrda Sh. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkachikompozitorlar maydonga chikdilar. B.da kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkachilardan A. Gryumo, K. van Nestelar mashhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqashunoslik instituti bor.



                                     

13. Teatri

B. hududida teatr madaniyati orta asrlarda vujudga kelgan. 13 - 15-asrlarda liturgiya, moralite va misteriya diniy mazmundagi va nasihatgoylik dramalari sahnaga qoyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoch teatr qurildi, u> gda xorijiy truppalar tomosha korsatishardi. "De la Monne" teatri operalardan tashqari dramalarni ham sahnalashtirdi. 1782 yilda qurilgan va keyinchalik "Dyu Park" deb atalgan teatr sirk tomoshalarini va 1870 yildan dramatik spektakllarni namoyish qildi. 19-asrning 30-yillaridan B. dramaturgiyasi rivojlana boshladi. Gent, Antverpen va boshqa shaharlarda teatrlar ochildi. 1880 - 1900 yillarda B. teatrlariga Sh. Van Lerberg, M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta tasir korsatdilar. 20-asrning birinchi yarmida B. teatrlarida G. van Zip, Sh. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qoyildi. B.da "Dyu Park", "De Galeri", "Le Rido", "De la Burs", "Qirollik milliy teatri", "Niderlandiya kamer teatri" kabi teatrlar ishlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik sanat maktabi bor.



                                     

14. Kinosi

1908 yilda Harrevelda birinchi kinostudiya tashkil qilimdi. 1919 yil "Belgiya kinokompaniyasi". 1922 i. "Belgiya film" kinostudiyasi vujudga keldi. 20-yillarda chet el rejissyorlari boshchiligida 20 ga yaqin film ishlab chiqarildi. B. kinosining "Baliqchi qushlar gavanda jon beradilar", "Poyezd soat sayin jonaydi" rejissyor A. Kavan, 1962. "Vidolashuv" rejissyor R. Verxavert, 1966, "Izhori dil" 1968, rejissyor E. Dejelen, "Bredagi uchrashuv" 1971, rejissyor A. Dslvo kabi filmlari diqqatga sazovor. B.ning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi bilan ajralib turadi.

                                     

15. Ozbekiston - Belgiya munosabatlari

1993 i. Belgiya poytaxti Bryussel shaharda Ozbekiston elchixonasi ochilgach, ikkala mamlakat urtasidagi rasmiy munosabatlar amaliy asosga otkazildi. 1996-yil iyunda Belgiya delegatsiyasi Ozbekistonda boldi.

                                     

Bryussel shartnomasi (manolari)

Bryussel shartnomasi: Bryussel shartnomasi pakt 1948 - Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari tomonidan 50 yil muddatga tuzilgan pakt. Bryussel shartnomasi - B.

                                     

Ozbekiston Respublikasining viza siyosati

Ozbekistonning viza siyosati - 9 ta davlat fuqarolari Ozbekiston hududiga vizasiz kirishlari mumkin. Yana 11 ta davlat fuqarolari uchun viza olish tartibi yengillashtirilgan. Boshqa mamlakatlar fuqarolari va Ozbekiston fuqarosi bolmagan mamlakatdan, yani oz mamlakatida Ozbekistonnong diplomatik yoki konsullik idorasi bolmagan davlat fuqarolari, Ozbekiston hududiga kirishi uchun "Toshkent xalqaro aeroporti" hududidagi "Ozbekiston Tashqi Ishlar Vazirligi" tomonidan viza olishlari mumkin.

                                     

Futzal boyicha Yaponiya milliy terma jamoasi

Futzal boyicha Yaponiya milliy terma jamoasi - xalqaro futzal musobaqalarida Yaponiya davlati nomidan ishtirok etuvchi milliy jamoa. Yaponiya Futzal Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga tolaqonli azo.