ⓘ Islandiya Island, Islandiya Respublikasi Lydveldid Island - Atlantika okeanining shimoliy qismidagi Islandiya oroalda joylashgan davlat. Maydon 103 ming km 2. A ..

Kalsit

Kalsit - ohak), ohakli shpat - karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi SaSO. Trigonal singoniyali. Rombsimon, plastinkasimon, qisqa tortburchak, prizmatik, ustunsimon kristallar. Qattiqligi 3 - 3.5. Zichligi 2.7 g/sm3. Rangsiz yoki oq, kopincha, qongir, kulrang, sariq, pushti, qizil, qora. Rangining har xilligi tarkibidagi mineral qoshimchalariga bogliq. Shishadek yaltiroq. Qizdirilganda parchalana boshlaydi. Kislotalarda karbonat angidrid chiqarib eriydi. K.ni tola, tomir, unsimon, Islandiya shpati turlari malum. Yer postida eng kop tarqalgan minerallardan. K. karbonatit, o ...

Geyzerit

Geyzerit - 1) mineral, oqyoki kulrang oqma opal; 2) issiq buloq lardan chiqadigan suv tarkibidagi kremniyning chokishidan hosil bolgan jins. Kremniy oksidi qoshimchasi boladi. AQSH, Islandiya, Yangi Zelandiya, Rossiya da uchraydi. Toza G. qimmatbaho tosh hisoblanadi.

Skandinaviya

Skandinaviya Shimoliy Yevropa mamlakatlari tomonidan shakllangan geografiyadir. Skandinaviya mamlakatlariga Daniya, Shvetsiya va Norvegiya kabi davlatlar kiradi. Bu davlatlar bilan bir qatorda, Skandinaviyani Finlandiya, Islandiya, Faroe orollari, Åland orollari va Grenlandiya tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarning tillari oxshash, faqat fin tili bundan mustasno. Ushbu tillar shimoliy olmon tillari yoki skandinaviya tillari deb nomlanadi. Skandinaviyaga kiruvchi Norvegiya Yevropaning eng boy mamlakatlaridan biridir. Ushbu mamlakat neft eksport qiluvchi mamlakat, biroq baliqchilik hamda Angli ...

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment - Yevropadagi davlatlar birlashmasi. 1948 y.da AQSH tashabbusi bilan Yevropani tiklash boyicha Amerika iqtisodiy va moliyaviy yordamini oqilona ishlatish va shu yordamni oladigan Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadlarida tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vorisi tarzida tashkil topdi. Bu tashkilotni tuzish togrisida konvensiya 1960 y. 14 dek.da Parijda imzolanib, 1961 y. 1 okt.dan kuchga kirgan. Tashkilotda 21 mamlakat - Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk ...

Geyzerlar

Geyzerlar - vaqt-vaqti bilan qaynoq suv va bug favvora bolib otiladigan buloqlar. G. asosan, sonish arafasidagi yoki yaqinda songan vulkanlar yon atrofida vujudga keladi. Yoriqlardan suv katta bosim va yuqori t-rada shiddat bilan otilib chiqadi. G. suvi nisbatan toza, bir oz minerallashgan. Kimyoviy tarkibi xlorid-natriyli yoki xlorid-gidrokarbonat-natriyli. Silikat angidridi kop boladi. Vulkan kanalining ogzida va yon bagrida geyzerit hosil boladi. G. muntazam va nomuntazam turlarga bolinadi. G. ning otilish sikli va alohida bosqichlari muntazam xilida doimiy, nomuntazamida ozgaruvchan. G ...

Islandiyada COVID-19 pandemiyasi

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogir otkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik bolib, Islandiyada ilk bor 2020-yil 28-fevral kunida tarqaldi.

                                     

ⓘ Islandiya

Islandiya Island, Islandiya Respublikasi Lydveldid Island - Atlantika okeanining shimoliy qismidagi Islandiya oroalda joylashgan davlat. Maydon 103 ming km 2. Aholisi 358 ming kishi 20119. Mamuriy jihatdan 23 okrug sislaga, ular esa jamoalarga bulinadi. Poytaxti - Reykyavik shahri.

                                     

1. Davlat tuzumi

Islandiya - respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1944 yil 17 iyunda qabul qilingan. Davlat boshligi - prezident Gvyuniy Yavuhenson, u aholi tomonidan togri saylov yoli bilan 4-yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi qokimiyatni prezident bilan alting bir palatali parlament birgalikda amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyatni ham prezident amalga oshiradi va hukumatni tayinlaydi.

                                     

2. Tabiati

Islandiya qirgogi janubida tekis, qolgan qirgoklari yirik qoltiq va fiordlar bilan parchalangan. Yer yuzasining kop qismi vulkanlardan xreil bolgan plato. Bal. 800 m li tog massivlari va 200 ta vulkan 30 tasi harakatda bor. Mashhurlari: Gekla, Laki, Askya va Xvannadalsxnukur baland nuqtasi 2119 m.Islandiya hududining 6 %i lava dalalaridan iborat. Sohilda pasttekisliklar bor. Tez-tez zilzila bolib turadi. Shpat, oltingugurt, torf, lignit va b. konlar mavjud. Iqlimi subarktika, dengiz ikli-mi, Golfstrimning tasiri kuchli. Sohilida yanvarning ortacha temperaturaasi - 1, - 3°, iyulniki 9, 1G. Yillik yogin 500–4000 mm. Islandiyaning markaziy qismlarida qishda 5 oygacha qor erimaydi. Islandiya maydonining 11.8 ming km 2 muzlik. Yiriklari: Vatnayyokudl mayd. 8400 km 2, qalinligi 1000 m va boshqa. Daryolari qisqa, serostona, qor va muzliklardan toyinadi, gidroenergiya resurslariga boy. Kol kop. Sohillarda serunum torflichim, ichkarilarda tog arktika tuproqlari uchraydi. Osimligi kam, jami 400 tur kjsak osimlik bor. Islandiya hududining 2/3 qismi mox va lishaynikli toshloq. Lava dalalarida hech narsa osmaydi. Katta maydonlar torfli botqoqlik va otloq. Kichikroq oq qayin ormonlari saklangan. Qutb tulkisi, sichqonsimonlar, shimoliy bugusi, norka, morj, tyulen, baliqchi qushlar, baliqlar, kitlar bor. Milliy boglari va qoriqxonalar bor.

Aholisining 99 % islandlar. Qolgan qismi nemis, norveg va danlar. Rasmiy til - island tili. Dindor aholining 93 % protestant lyuteran. Aholining 91 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Reykyavik, Koupa-vogur, Akureyri.

                                     

3. Tarixi

Islandiya hududiga taxminan 870 yildan odamlar kochib kelib, kimsasiz orolni ozlashtira boshlaganlar. Ularning kopchiligi norveglar bolgan. Skandinaviyaning boshqa mamlakatlari, jumladan, Shvetsiyadan kelganlar ham bor edi. Ular mamlakatni Island - Muzlar mamlakati deb atadilar. 11-asr oxiriga kelib bu yerdagi qishloq xojaligi xonadonlari 4.5 mingga yetdi. Yaylov chorvachiligi, dengiz ovi aholining asosiy mashguloti edi. Dengiz sayyohligi rivojlanib, 10-asrning 80-yillarida islandlar Grenlan-diyani kashf qildilar va taxminan 1000 yilda Shimoliy Amerikaga yetib bordilar. Islandiyaga kochib kelgan kishilar tomonidan tuzilgan Xalq majlisi - alting 930 yilda ozining birinchi yigilishini otkazdi. Orolning tashqi dunyodan ajralganligi, xojalik turmushining oziga xos xususiyatlari tufayli bu yerdagi urugchilik munosabatlari uzoq vaqtgacha saklanib qoldi. 13-asrgacha si-yosiy hokimiyat xalqdan butunlay ajralmagan edi, oddiy erkin kishilar - bondlar asosiy ijtimoiy qatlam bolgan. Islandiya tarixining shu davri adabiyotda "Xalq hokimiyati davri" deb yuri-tiladi. Orta asrlarga kelib yakka qishloq xojaligi xonadoni asosiy xojalik va boshlang-ich jamoat yacheykasiga aylandi. Ammo 1262 - 64 yillarda Islandiyaning asilzodalari ortasidagi ichki nizolardan foydalangan Norvegiya davlati uni oziga boy-sundirib oldi, 1380 yildan esa u Norvegiya ham Daniya bilan uniya ittifoqda bolgan. 1397 yildan Kalmar ittifoqi tarkibida. 1537 yildan yana Daniya qara-mogida.

19-asr 2-yarmidan island millatining tashkil topishi natijasida mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1874 - 1903 yillari Islandiya bazi muxtor huquklarga ega boldi. Birinchi jahon urushi davrida Islandiyaning Daniyaga qaramligi zaiflashdi. Islandiyaning AQSH va Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy hamda siyosiy munosabatlari kuchaydi. Ozodlik kurashi avj olgach, Daniya Islandiyani Daniya-I. uniyasi bilan cheklangan mustaqil davlat deb tan oldi 1918. Islandiyaning doimiy betarafligi elon qilindi. 1944 yil maydagi referendum natijasida Islandiya xalqi Daniya bilan uniyani bekor qildi va shu yil 17 iyunda Islandiya Respublika deb elon qilindi.

Islandiya - 1946 yildan BMT azosi. Ozbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1997 yil 25 sentabrda ornatgan. Milliy bayrami - 17 iyun - Mustaqillik kuni 1944.



                                     

4. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

Xalq ittifoqi partiyasi, 1968 yil tuzilgan; Mustaqillik partiyasi, 1929 yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1916 yil tuzilgan; "Xalq uygonishi" siyosiy birlashmasi, 1944 yilda asos solingan; Islandiya sotsal-demokratik partiyasi, 1916 yil tashkil topgan; Birlashgan sollar bloki, 1999 yilda tuzilgan. Islandiya kasaba uyushmalari birlashmasi 1916 yil tuzilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi azosi.

                                     

5. Xojaligi

Islandiya - industrial-agrar mamlakat. Baliqchilik, energetika, sement, alyuminiyishlab chiqarish, metallsozlik rivojlangan.

Sanoatida baliq ovlash va uni qayta ishlash yetakchi orinda. Mehnatga layoqatli aholining 12% shu tarmoqda band bolib, yalpi ichki mahsulotning 20% va xorijiy valyuta tushumining salkam 80% ni taminlaydi. Yiliga 1.5 mln. tonnaga yaqin baliq ovlanadi. Baliq ovlash flotida 1 mingdan or-tiq kema bor. Asosiy baliq mahsulotlari: muzlatilgan, quritilgan va tuzlangan baliq, baliq yogi, baliq uni.

Islandiyada sanoat ahamiyatiga ega bolgan foydali qazilma va xom ashyo zaxiralari yoq. Alyuminiy chetdan keltirilgan xom ashyo asosida, ferrosilitsiy, diatomit, azotli ogit ishlab chiqaradigan bir necha korxona bor. Baliq ovlash kemalarini tamirlaydigan va yangilarini ishlab chiqaradigan kemasozlik korxonalari mavjud. Lok-boyoq, charmpoyabzal, toqimachilik sanoati, trikotaj va mebelishlab chiqarish rivojlangan. Yiliga ortacha 4.4 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Turar joy va issiqxonalarni isitish uchun qaynoq buloq suvlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga elektr energiyadan foydalanishda dunyoda oldingi orinlardan birida turadi. Key-ingi yillarda boy tabiiy resurslarga ega bolgan Arktikada hamkorlik qilishga I. katta etibor bera boshladi. U mazkur mintaqada atrof muhitni muhofaza qilishga, uni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlantirishga komaklashuvchi Arktika ken-gashiga azo bolib kirgan.

Qishloq xojaligi uchun yaroqli yerlar butun mamlakat hududining 14% ni tashkil etadi. Iqtisodiy faol aholining 9.5% agrosanoat majmuida band. Kichik fermerlar kop. Yetakchi tarmogi qoychilik va sut chorvachiligidir, qoramol, yilqi ham boqiladi. Yem-xashak, kartoshka, issikxonalarda sab-zavot yetishtiriladi.

Islandiyada dengiz transporti yetakchi. Avtomobil yollari uz. 10530 km. Temir yol yoq. Asosiy dengiz portlari: Reykyavik, Akureyri. Aviatsiya transporti katta ahamiyatga ega. Chet el sayyohligi rivojlangan: yiliga 190 mingga yaqin sayyoh kelib-ketadi.

Islandiya chetga baliq va baliq mahsulotlari, rangli metallar, qoy goshti va te-risi, jun chiqaradi, chetdan transport vositalari, neft va neft mahsulotlari oladi. Islandiyadaning tashki savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Skandinaviya mamlakatlari. Pul birligi - island kronasi.

                                     

6. Maorifi, ilmiy va madaniy-marifiy muassasalari

Islandiyada 6 yoshdan 16 yoshgacha bolgan bolalar uchun 10 yillik majburiy boshlangich talim, 16 yoshdagi bolalar uchun 3 yillik orta talim joriy etilgan. Oliy talim ti-zimida 5 universitet, jumladan, Reykyavik universiteti, 11 ixtisoslashgan institut bor.

Reykyavikda Milliy kutubxona, xalq kutubxonasi, Islandiya milliy muzeyi, Tabiiyot tarixi muzeyi va Davlat badiiy galereyasi mavjud. Eng yirik ilmiy muassasa Reykyavik universiteti huzuridagi ilmiy tadqiqotlar instituti 1937 dir. Unda baliqchilik xojaligi, qishloq xojaligi fanlari va b. bolimlar bor. Universitet xuzurida bakteriologiya va patologiya institutlari ham mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekorsatuvi. Islandiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Yiriklari: "Altidubladid", "Altidumadu-rini", "Vikan" "Vinnan", "Morgunbladid", "Toudvilinn". Islandiyada davlat radioeshittirish va televideniye xizmati mavjud; radioeshittirish 1930 i., televideniye 1966 yil tashkil etilgan.

Adabiyeti tarixida saga xalq, dostonlari yetakchi janr bolgan. Norvegiya va Daniya hukmronligi davrida Islandiyada madaniyati tushkunlikka uchrasada, diniy qoshiqlar qatorida qahramonlik qoshiqlari ham yaratildi. 18-asrdava 19-asr boshlarida I. adabiyotida jonlanish yuz berdi. B. Torarensen, Y. Xadlgrimsson romantizmning yirik vakillari sifatida maydonga chiqishdi. T. Erlingsson, G. Paulsson kabi shoir va adiblar ijodi realistik ruh bilan sugorilgan. X. K. Laksness island mehnatkashlarining erk uchun kurashini tasvirladi. 20-asr boshlarida dramaturgiya rivojlandi. Hoz. zamon adabiyeti taraqqiyotida mashhur hajvchi shoir S. Steynar, hikoyanavis X. Stefaunsson, lirik romanlar muallifi O. Y. Sigurdsson, dramaturg A. Bogason va b.ning roli katta.

Memorligi va tasviriy sanati 11 - 13-asrlardan rivojlana boshladi. Bu davrda kitob miniatyurasi, yogoch oymakorligi sanati rivoj topdi. Islandlarning turar joylari langxus "uzun uy" deb atalgan. Yonma-yon joylashtirilgan bu uylar yerni chuqur oyib chim va torf bloklardan kurilgan. Imorat-bop yogoch chetdan keltirilgan. 18-asror-talarida Xoular va Reykyavikda toshdan soborlar qurildi. 19-asrda keltirilgan yogoch, tuf, bazalt, temirdan 2 - 3 qavatli uylarni qurish urf boldi. 1920 yillar memorligiga zamonaviy shakllar, konstruksiyalar yaxlit temir-beton, polat sinch joriy etila boshladi. Keyingi yillarda Reykyavik va Akureyri shaharlarida 4 - 5 qavatli uylar, mamuriy, jamoat binolari daniyaliklar tasirida modern uslu-bida barpo etildi. Sigurdur Gudmund-sson, Gudyoun Samuelsson, Sigvaddi Tordarson kabi memorlar yetishib chik di.

Tasviriy sanat ijodkorlari mustamlakachilik zulmi ostida ham qad. naqqoshlik, oymakorlik ananalarini davom ettirdilar. 19-asrda milliy ozodlik kurashi kuchayishi bilan Islandiyadada rassomlik sanati - portret Sigurdur Gudmundsson va manzara Tourarini Torlauxsson, Ausgrimur Younsson janri rivoj topdi. Rassomlar ijodida Islandiyadaning yov-voyi, bokira tabiati qiyofasi milliy uygonish ramzi sifatida ifodalandi. 20-asrda Kyarval izgirin shimol tabiatini, Gudmundur Torsteynsson xalq ertaklari va afsonalari qahramonlarini, Kristin Younsdouttir, Gunlyoygur Shkeving esa mehnatkash xalq turmushini tasvirladilar. Hay-kaltaroshlardan Eynar Younsson, Aus-mundur Sveynsson va b. island xalqining tarixi, hayoti va folklori mav-zularini haqqoniy gavdalantirdilar. Hoz. zamon rassomchiligida realistik ananalar bilan birga modern oqimi ham yoyilgan. Xalq amaliy sanati turlari oymakorlik, kashtachilik va boshqalar rivojlangan.



                                     

7. Musiqasi

Ananaviy musiqasi, asosan, diniy aytimlari grigorian, keyinchalik protestant xoralp hamda xalq qaxramonlik mavzuidagi rimur, raqsbop vikivaki qoshiqlaridan ibo-rat. Xalq cholgularidan torli-kamonli langshpil va fidla sozlari mavjud. I. professional musiqasi 19-asr oxiridan tez rivojlana boshladi. Unga milliy madhiya muallifi kompozitor S. Svey-nbyornsson asos soldi. U orkestr, fortepiano va skripka uchun asarlar, kantata, balladalar yozdi. 20-asrda Yevropa konservatoriyalarida talim olgan kompozitorlar island folklori asosida milliy musiqa yaratishga harakat qildilar. Kompozitorlardan P. Iso-ulfsson, Y. Leyfs, E. Torodsen, Y. Torarinsson, xonandalardan G. Simonar, S. Islandi, pianinochi A. Beyte-nensson va b. mashhur. Reykyavikda Oliy musiqa maktabi, I. davlat sim-fonik orkestri, musiqa dostlari ja-miyati, Kamer musikasi klubi, Jaz klubi va b. bor. Akureyri, Akranes, Xabnarfordur va b. shaharlarda ham musiqa jamiyatlari mavjud bolgan.

                                     

8. Teatri

Skaldlar sheriyati va qad. xalq dostonlarida teatr sanati unsurlari bolgan. 1720 yildan Skaulxoltdagi lotin maktabi dastlabki teatr tomoshalarini korsata boshladi. Bu teatr 1799 yilda Reykyavikka kochdi va 19-asrning 2-yarmigacha teatr madaniyatining markazi boldi. Dramaturg S. Pyetursson 18-asr 2-yarmi va 19-asr boshlaridagi island teatrining yirik arboblaridan edi. 19-asr 2-yarmidan havaskorlik teatr togaraklari tuzilib, M. Yoxumsson va I. Eynarsson pyesalari sahnalashtirildi. 1897 yilda tashkil topgan Reykyavik teatr jamiyati professional teatr ga asos soldi. I. dramaturglarining pyesalari, shuningdek, V. Shekspir, F. Shiller asarlari sahnalashtirildi. 1950 yil milliy teatr tashkil etildi. J. Verdi operalari, I. Shtraus operettalari va F. Lou baletlari teatr sahnasidan orin oldi. Reykyavik va b. shaharlarda bir necha yarim professional truppalar mavjud. I. Bore, L. Paulsson, X. Byornsson, K. Keld, X. Skulasson kabilar I.ning eng yaxshi rejissyor va aktyorlaridir.

                                     

Islandiya (manolari)

Islandiya: Islandiya - Islandiya Respublikasi poytaxti - Rekyavik shahri. Islandiya Island, Islandiya Respublikasi Lydveldid Island - Atlantika okeanining shim. Islandiya orol - Atlantika okeanining shim.