ⓘ Italiya, Italiya Respublikasi – Yevropa janubida, Orta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni o ..

Italiya-Efiopiya urushlari

Italiya-Efiopiya urushlari - Italiyaning Efiopiyaga qarshi urushlari. 1895 - 96-yillardagi urush: Italiya qoshinlarining Adua shahri ostonasida tor-mor keltirilishi va Italiyaning Efiopiya mustaqilligini tan olishi bilan yakunlandi. 1935 - 36-yillardagi urush: 1935-yil oktabrda Italiya qoshinlari Efiopiya hududiga bostirib kirdi. 1936-yil 5-mayda uning poytaxti Addis-Abebani ishgol etdi. Song, 1-iyunda Italiya hukumati Efiopiyani ozining mustamlakasi deb elon qildi.

Italiya A seriyasi 2011/2012

Italiya A seriyasi 2011/2012 - futbol boyicha Italiya chempionatining 80-chi mavsumi. "Milan" chempionlik unvonini himoya qilgan. Otgan mavsum yakunlariga kora B seriyasiga tushib ketgan "Sampdoriya", "Breshia" va "Bari" jamoalarining ornini "Atalanta", "Siyena" va "Novara" jamoalari egallashgan.

Lazio (futbol klubi)

UEFA kubogi finalchisi: 1998 Italiya vitse-chempioni: 1937, 1995, 1999 Italiya chempioni: 1974, 2000 Italiya superkubogi finalchisi: 2004, 2013, 2015 Italiya kubogisohibi: 1958, 1998, 2000, 2004, 2009, 2013 UEFA superkubogisohibi: 1999 UEFA Cup Winners Cup: 1999 Italiya kubogi finalchisi: 1961, 2015, 2017 Italiya superkubogisohibi: 1998, 2000, 2009, 2017

Provence

Provence, janubi-sharqiy Fransiyada joylashgan bir viloyat. Ushbu viloyat Italiya mamlakati bilan qoshni hisoblanadi. Markazi esa Marsel shahri.

Germaniyada COVID-19 pandemiyasi

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogir otkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik bolib, Germaniyada ilk bor 2020-yil 27-yanvar kunida tarqaldi. Yanvar va fevral oyi boshlarida sodir bolgan ishlarning aksariyati u yerdagi avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi shtab-kvartirada yuzaga kelgan. 25 va 26-fevral kunlari Baden-Vürtembergda Italiya kasalligi bilan bogliq bir nechta holat aniqlandi. Karnaval voqeasi bilan bogliq bolgan katta klaster Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatidagi Heinsberg shahrida tashkil etildi va birinchi olim haqida 2020-yil 9-m ...

Verona

Verona - Italiyaning shim.sharqidagi shahar, Venesiya viloyatida. Alp toglari etagida, Adije daryosi boyida. Verona provinsiyasining mamuriy markazi. Aholisi 260 mingdan ziyod kishi. Venesiyadan Milanga va Padana tekisligidan Avstriyaga Brenner dovoni orkali otiladigan muhim transport yullari tuguni. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, poligrafiya, toqimachilik, poyabzal, yogochsozlik, qogoz, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. eronada xalqaro qishloq xojaligi yarmarkalari bulib turadi. Industrial institut, universitet, muzeylar, sanat galereyasi bor. Verona - qad. shahar. Miloddan avvalgi ...

IT

IT yoki It quyidagilarni anglatishi mumkin: .it - Italiya uchun yuqori darajali milliy domen. It canis lupus familiaris - itsimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. IT - ingl. Information technology axborot texnologiyalari. Internet-televideniye.

Italyancha Vikipediya

Italyancha Vikipediya - Vikipediyaning italyan tilidagi bolimi. 2001-yil 11-mayda tashkil etilgan. Hozirda 1 685 555 dan ortiq maqolaga ega. Maqolalari soni boyicha 5-orinda turadi. 2011-yil 4 - 6-oktabr kunlari italyancha Vikipediya Italiya parlamenti korib chiqayotgan senzura qonun loyihasiga etiroz sifatida yopildi. Bu vaqt davomida maqolalar yashirilib, faqat italyancha Vikipediya foydalanuvchilari yozgan manifest korsatildi. Bunday etiroz amallari keyinchalik inglizcha va ruscha Vikipediyalarda ham amalga oshirildi. 2013-yil 22-yanvarida italyancha Vikipediyada millioninchi maqola yoz ...

Kavaler

Kavaler - 1) orta asrlarda diniyritsarlik ordeni azosi, ritsar; Italiya va Ispaniyada dvoryanlar unvoni;2) orden bilan mukofotlangan kishi;3) yigitcha, xushtor.

Dojlar saroyi

Dojlar saroyi - Italiya gotika memorligining ulkan obidasi. San-Marko sobori va kutubxo-nasi hamda boshqa binolar bilan uygunlashgan holda shahar memoriy ansam-blini tashkil etgan. Venetsiya davlati hukumat boshliqlari ning qarorgohi bolgan hashamatli saroy gotika va renessans uslubida qayta qurilgan. "Katta maslahat" zali da P. Veroneze, Tintoretto, J. B. Tyepolo va b. mashhur rassomlarning asarlari, namoyonlarga ishlangan rasmlari saqlangan. D. s. memorligida Italiya va arab-musulmonlarning ananalari uygunlashib ketgan.

                                     

ⓘ Italiya

Italiya, Italiya Respublikasi – Yevropa janubida, Orta dengiz havzasida joylashgan davlat. Apennin yarim orol, Sitsiliya, Sardiniya va boshqa kichik orollarni oz ichiga olgan. Maydon 301.2 ming km 2. Aholisi 60.92 mln. kishi. Mamuriy jixatdan 20 viloyat ra bolinadi. Poytaxti – Rim shahar.

                                     

1. Davlat tuzumi

Italiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 22 dekabrda qabul qilingan va 1948 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – prezident 1999 yil maydan K. A. Champi. U parlament ikkala palatasining qoshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.

                                     

2. Tabiati

Mamlakatning qirgoq chizigi 7.5 ming km Apennin yarim orolning janubida pasti-baland bolsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi tog va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp toglari joylashgan: Garbiy Alp toglari Monblan choqqisi, 4807 m – Italiyaning eng baland nuqtasining yon bagirlari tik. Sharqiy Alp toglari eng baland nuqtasi – Ortles togi, 3899 m asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp toglari janubida joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boylab 1200 km masofada Apennin toglari joylashgan. Bir necha songan va sonmagan vulkanlar Amiata – 1734 m, Vezuviy – 1277 m bor. Italiya orollarining relyefi, asosan, toglik, orollarda Etna 3340 m, Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning orta va janubiy qismlarida tez-tez kuchli zilzila bolib turadi.

Italiyada toshkomir, bitumli slanets, neft, gaz, qorgoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi boyicha dunyoda yetakchi orinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Madanli va issiq tempaturasi 100–200° bulok, kop.

Iqlimi Orta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida motadilroq. Alp toglari shimolidan keladigan so-vuq shamolni tosib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning ortacha temperaturasi tog etaklari va tekisliklarda 20–28°, bazan issiq shamol esganda 40–45° ga kotariladi. Yanvarning ortacha temperaturasi Alp toglari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 – 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogin yiliga 3000 mm joylaridir. Mamlakat ich-karisida yiliga 600–800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogin yogadi. Alp toglarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortik, muzlik bor.

Eng yirik daryosi – Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shimoliy qismida koproq. Daryolari yomgir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik kollari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort kop.

Alp toglarining 1800 m balandlikkacha bolgan qongir-ormon tuproqli yon bagrida keng bargli va igna bargli ormonlar, undan yuqoridagi tog-otloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp otloklari bor. Apennin yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida tuprogi jigarrang 500–600 m balandlikda doim yashil tosh dub va pokak dublari, piniya, halab qaragaylari, butalar usadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qongir tog tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan ormonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli ormonlar, tog tepalarida subalp otloklari bor.

Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, toglarda uchraydi. Alp va Apennin toglarida serna, yovvoyi mushuk, tog va ormon suvsari, sassiqkozan, qongir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi kop. Italiyada noyob osimlik, hayvon va geologik obyektlarni saqlash uchun qoriqxonalar tashkil etilgan. Milliy boglari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. – jami maydon 200 ming ga.

Aholisining 98% dan koprogi italyanlar; qolgan qismi retoromanlar, tirollar, fransuzlar, sloven va xorvatlar, shuningdek, albanlar, katalonlar va b. Rasmiy tili – italyan tili. Asosiy din – katolik dini. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Rim, Milan, Neapol, Turin, Genuya, Palermo.

                                     

3. Tarixi

Italiya hududida paleolit davrida odamlar yashagan. Apuliyaning Kastro shahri yaqinidagi Romanelli goridan, Liguriyaning Grimaldi qishlogi yaqinidagi Barma-Grande goridan, Emiliyaning Savinyano manzilgoqidan topilgan arxeologiya yodgorliklari shundan dalolat beradi. Shimoliy Italiyada jez davrita mansub arxeologiya mada-niyati, orta Italiyada unga turdosh bolgan madaniyatlar nishonalari juda kop. Temir davrshxa Italiya hududida paydo bolgan bir qancha madaniyatlar kopgina arxeologiya yodgorliklarini qoldirgan. Ular orasida villanlar madaniyati yetakchi bolgan. Mil. av. 2–1ming yilliklarda qoz. Italiya hududida ligurlar, et-rusklar yashagan, asta-sekin italiklar shu jumladan, lotinlar kochib kelib joylasha boshlagan. Italiklar gu-ruhiga mansub bolgan sabinlar bilan birga lotinlar Rimga asos solganlar mil. av. 754–53-yillar. Mil. av. 5–3asrlarda Italiya hududi qad. Ashning asosiy qismi bolgan. Mil. 5-asrgacha, yani Italiya Rim davlati tarkibiga kirgan davrgacha bolgan Italiyaning shundan keyingi tarixi va uning qududida quldorlik tu-zumi shakllanganligi haqida Qad. Rim maqolasiga qarang.

Mil. 3-asrda, asosan, Italiya hududidan iborat bolgan Rim imperiyasida quldorlik tuzumi inqirozga uchragan. Quldorlik jamiyati zamirida feodalizm unsurlari vujudga kela boshladi: yirik yer egaligi bilan birga mayda xojalikning mavjudligi, natural xojalik xukmronligi Rim imperiyasi davrida butunlay barham topmagan yer egalarining siyosiy hokimiyati oshib borgan edi. 4–5-asrda Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari va b. varvar qabilalar Rim imperiyasiga sezilarli zarba berdilar. 5-asr boshlarida Italiyaga kirib kelgan vestgotlar 413 yilda Rimni ishgol qildilar. 455 yilda Rim vandallar tomonidan tor-mor qilindi. Mil. 5-asrda german, vestgot, vandal va b. kabilalarning hujumi, qullar hamda kolonlarning qozgolonlari natijasida Garbiy Rim imperiyasi yemirilgach, 476 yil Odoakr boshchiligida qirollik hoki-miyati ornatildi. 488 yilda Teodorix boshchiligida ostgotlar qirolligi bu-nyod etildi. 554 yil Italiyani Vizantiya, bo-sib oldi va Vizantiya imperatori Yustinian I 554 yil Pragmatik sanksiya chiqardi, bu qujjat Rim imperiyasining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini qayta tiklashga qaratilgan edi. 568 yilda Shimoliy Italiyaga langobardlar kelishdi. Langobardlarning istilosi quldorlik tartibiga uzil-kesil zarba berdi. Ular quldorlarning aksari qismini qirib tashladilar va haydab yubordilar. Ulardan musodara qilingan yerlar istilochi zamindorlar ortasida taqsimlandi. Erkin dehqon vaq-tincha asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi. Ammo Rimdagi yirik yer egaligining bir qismi qullar va kolonlar bilan birga baribir saqlanib qolgan edi. Rim xususiy mulkchiligi tasirida langobardlar jamoasining parchalanishi kuchaydi, karam dehqonlar sinfi va zamindorlar sinfining shakllanish jarayoni tezlashdi. Ilk feodal davlati vujudga keldi. Italiyaning bir qismi Vizantiya hukmronligi ostida qola berdi. 751 yilda langobardlar Ravenna ekzarxatini bosib oldi, songra franklar uni langobardlardan tortib olishdi. 556 yilda franklar qiroli Pipin Pakana Ravenna ekzar-xati, Rim dukati va Pentapolisni papaga sovga qilgach, papalarning te-okratik davlati Papa viloyati tarkib togshi. 773–74 yillarda Italiyani franklar qiroli Buyuk Karl bosib oldi. Italiyaning franklarga tobe bolishi unda zamindorlik munosabatlarining rivojlanishini tezlashtirdi. 781 yilda Italiya qirolligi tashkil topdi. Buyuk Karlning ogli Pipin uning qiroli boldi. Franklar istilosidan song Italiyada mulkdorlik munosabatlari tez rivojlana boshladi. 887 yil Buyuk Karl sulolasidan bolgan Karl III agdarilgach, yirik zodagonlar ortasida Italiya taxti uchun kurash avj oldi. 9-asrda Italiyaga janubidan arablar, shimolidan vengerlar hujum qildi. 10-asrning 2-yarmidan 12-asr boshlarigacha Italiyaning kop qismi german imperatori Otton I tasirida boldi. 10–11-asrlarda Italiyaning Milan, Venetsiya, Genuya, Piza va b. shaharlari yepiskop-senorlar iskanjasidan qutulib, mustaqil shaharlarga aylandi. 11 – 12-asrlarda Italiya shaharlarida hunarmandlar va savdogarlar korporatsiyalari–sexlar vujudga keldi. Kommunalar galaba qozongach, hokimiyat senordan konsullar hayati qoliga otdi, shahar zoda-gonlarining, boy savdogarlarning namoyandalari shu hayat tarkibiga kirardi. Hunarmandlar bilan mayda savdogarlar hokimiyatga yolatilmas edi. Xalq yiginining ahamiyati unchalik katta emas edi. Siyosiy va iqtisodiy huquqlarning kommunaga otishi zamindorlarning qudratini puturdan ket-kazdi va Italiya iqtisodiyotining rivojlanishi h.amda atrofdagi mayda shahar va qishloqlar hududida boysundirish yoli bilan shahardavlatlarning tashkil topishi uchun turki boldi, bu shahar-davlatlarda osha davr uchun goyat ilgor bolgan yangi davlat shakli – respublika tuzumi ornatildi. Shaharkommunalar tovar-pul munosabatlari rivojlangan qudratli markazlarga aylandi; salib yurishlari esa bu yerda port shaharlar ravnaq topishiga, ularni Yevropa bilan Sharq ortasidagi asosiy savdo vositachilariga aylantirdi. Shimoliy va Orta Italiyadagi shaharlarning iqtisodiy ustunligi Italiyaning shu qismida 11 –12-asrlarda yirik zamindorlarning yerlarni dehqonlar, ritsarlar, savdogarlar va bazan shaharlarning yuqori tabaqasiga ijaraga berishiga olib keldi. 12–13-asrlarda Italiya shaharlarining qollab-quv-vatlashi bilan qishloq kommunalari vujudga kela boshladi, ular ozini ozi boshqarish huquqi berilishini talab qildilar. Qishloq kommunalari zamindorlar hukmronligidan ozod bolishlari bilanoq qoshni shaharlarga qaram bola bordilar. 12–13-asrda Paviya, Milan va b. shaharlarda hunarmand, savdogar va mayda ritsarlar yirik zodagonlarga qarshi kurashdilar. Shu davrdagi shaharlar aholisi Italiyaga bostirib kirgan german zamindorlariga qarshi qahramonlarcha kurashdi. 1158 yilda imperator chiqargan Ronkal qaroriga bino-an Italiya kommunalari siyosiy mustaqillikdan mahrum boldi. German zamindorlariga qarshi kurash davrida Italiya shaharlarida gvelflar va gibellinlarning siyosiy partiyalari vujudga keldi. 1162 yilda german bosqinchilariga qarshilik korsatishning asosiy markazi bolgan Milan vayron qilindi. 1167 yilda Shimoliy Italiya shaharlari birlashib, "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlariga zarba berish uchun Lombardiya ligasini tuzdilar. German zamindorlariga qarshi kurash italyan xalqining milliy ozligini anglash unsurlari paydo bolishiga komaklashdi. 1183 yil Konstansa sulhiga binoan Italiya shaharlari imperatordan haqiqiy mustaqillikni yana tiklab oldilar.

11-asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyani normannlar bosib olgan edi, bu yerlarda zamindorlik munosabatlari Shimoliy va Urta Italiyadagidan sustroq rivojlandi. 13-asrda ham yarim dehqonlarning katta qatlami bor edi. Sitsiliya qiroli va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatori Fridrix II Shtaufen Sitsiliyani markazlashgan byurokratik monarxiyaga aylantirdi, oz xukmronligini bu-tun Italiyaga yoyishga behuda urindi. 13-asr 60-yillarda Janubiy Italiya oziga Anjuy sulolasini boysundirib oldi. 1282 yildagi xalq qozgoloni tufayli Sitsiliya kirolligi parchalandi. 13-asr oxiri – 14-asr boshlarida Sitsiliyani, 15-asr ortalarida Janubiy Italiyani ham Aragon sulolasi qolga kiritib oldi. Shu tariqa Italiya janubiy ispanlar xukmronligi ostiga otdi.

13-asrda Italiya shaharlarining ilk rivojlanishi tufayli Shimoliy va Orta Italiyadagi ilgor shaqar-davlatlarda dastlabki tovar-pul munosabatlari nishonalari vujudga keldi: bank ishi rivojlandi, dengiz orti savdosi, movut toqish ravnaq topdi. Bank va savdo sarmoyasidan sanoatni rivojlantirish uchun foydalanildi. Hunarmandchilikning kengayishi shahar-davlatlarning oziga qarashli hududlarda dehqonlarning servaj krepostnoy qaramlik dan ozod qilishiga imkon berdi. Deh-qonlarning kopchiligi shaharlarga kochib, ustaxonalardagi yollanma ishchilar safini toldirdi. Shimoliy va Orta Italiya shaharlarida savdogarhunarmandlar bilan zamindorlar ortasida shiddatli kurash natijasida zamindorlar siyosiy huquqlaridan mahrum boldilar.

Shimoliy va Orta Italiya shahar va qishloklarida ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi tufayli 14–16-asrlarda dunyoda birinchi marta ilk tovar-pul munosabatlari paydo bolishi va rivojlani-shiga olib keldi. 14-asr Shimoliy va Orta Italiyaning ayrim yirik shaharlarida yollanma ishchilar necha on minglab ki-shiga yetdi, asosan movut toqimachiligida manufaktura paydo boldi. 14–15-asrlarda xalq qozgolonlari kuchayib borishidan chochigan "semiz" popolanlar shaharlarda respublika idora usulini tiraniya bilan almashtirdilar. 15-asrda Florensiya, Milan, Bolonya, Ferrara, Urbino va b. joylarda tiraniya mu-stahkam qaror topdi. 16-asr 2-yarmida Italiyada reaksiya kuchayishi, mulkdorlik munosabatlarining inqirozi va savdo-sanoat munosabatlarining keng ildiz otishi Italiyada marifatparvarlik oqimini keltirib chiqardi. Savdo-sanoatning rivojlanishi va marifatparvarlik harakati Italiya tarixida yangi davr – chet el hukmronligiga qarshi kurash boshlanishiga sabab boldi. 1789 – 94 yillarda Fransiyada bolib otgan inqilob Italiyadagi inqilobchilar faoliya-tini kuchaytirdi. Fransiyadagi kabi Italiyada ham yakobinchilar harakati paydo boldi. 1796–97 yillardagi Napoleon yurishidan song Italiya Respublikasi 1797 tuzildi. 1799 yil A. V. Suvorov armiyasi fransuz armiyasini Italiyadan surib chikardi. Lekin 1800 yil Napoleon armiyasi Italiyaga yana bostirib kirdi. Pyemont, Liguriya, Toskana, Papa viloyatlari Fransiyaga qoshib olindi, Sizalpin 1802 yildan Italiya Respublikasi Italiya qirolligiga aylantirildi Napoleonning ozi imperator edi. Shunday qilib, butun Italiya Sardiniya va Sitsiliya o.laridan tashkari Fransiya qol ostida birlashtirildi. 1814 yildan Italiyada Fransiya hukmronligiga karshi kurashuvchi tashkilotlar tuzila boshladi. Napoleon imperiyasi yemirilgach, Vena kongressi 1814–15 mamlakatning Avstriyaga karamligi va koplab qirolliklarga bolinganligini rasmiylashtirdi. 19-asr 40-yillaridan Lombardiya, songra Pyemontda sanoat inkilobi boshlandi.

1848–49 yillarda inqilob sodir boldi. Fransiya, Avstriya hamda Italiya zamindorlari til biriktirib, inqilobni bostirdi, oldingi tartiblarni tikladi. 1860 yil may oyida J. Garibaldi uyushtirgan harbiy yurish Italiyani birlashtirishda muhim rol oynadi. Avstriya zulmidan ozod qilingan yerlar Pyemontga birlashtirildi, 1861 yildan Pyemont birlashgan Italiya qirolligi deb yuritildi. 1870 yilga kelib Italiya birlashtirib bolindi va u bosqinchilik yolini tuta boshladi. Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya bilan birga Uchlar ittifoqini tuzdi 1882. Italiya qoshinlari 1889–90 yillarda Somali va Eritreyani bosib oldi, lekin Efiopiyada qaqshatqich zarbagaduch keldi. 1911 – 12 yillardagi Italiya turkiya urushi natijasida Italiya Liviyani bosib oldi. 1916 yil 27 avgustda Italiya Germaniyaga qarshi urush elon qildi. Urush mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Urushning ogir oqibatlari va iqtisodiy tanglik Italiyada galayonlar boshlani-shiga olib keldi. Ayniqsa, Turin ishchilarining qozgoloni juda kuchli boldi. Inqilobiy kuchlarning tarqoqligidan foydalangan aksilinqilobchi unsurlar hokimiyat tepasiga 1922 yil 31 dekabrda B. Mussolinini keltirib qoydi. Mussolini hukumati demokratik kuchlarga qarshi kurash boshladi. 1929–33 yillardagi jahon iqtisodiy bohroni Italiya iqtisodiyotini mushkul ahvolga solib qoydi. Shunga qaramay, Mussolini hukumati mamlakatni harbiylashtiraverdi va yangi urushga hozirlik kora boshladi. 1935 yil 3 oktabrda Italiya urush elon qilmasdan Efiopiyaga hujum boshlab, 1936 yilning may oyida uni va 1939 yilda Albaniyani bosib oldi. Italiya Millatlar Ittifoqidan chiqib, "Antikomintern pakti"ga qoshildi 1937 va gitlerchilar Germaniyasining asosiy ittifokchisiga aylandi. 1940 yil oktabrda Italiya Gretsiyaga, 1941 yil aprelda Yugoslavi-yaga hujum qildi. 1941 yil 22 iyunda Italiya sobiq SSSRga urush elon qildi, sharqiy frontga italyan ekspeditsion korpusi 1942 yildan armiyani yubordi. Lekin 1943 yil Italiya qoshinlari sobiq Sovet armiyasi tomonidan tor-mor qilindi. Sitsiliyaga Angliya-Amerika qo-shinlari bostirib kirdi. Bu vokealar Mussolini siyosatining inqirozga uch-rashiga va hukumatning marshal P. Badolo koliga otishiga sabab boldi 1943 yil 25 iyul. Badolo Angliya-Amerika qomondonligi bilan yarash sozsiz taslim bolish shartnomasiga yashirincha imzo chekdi. Bundan xabardor bolgan Germaniya Italiyaning katta qismini bosib olib, Mussolini boshliq qogir-choqhukumat tuzdi. 1943 yil kuzidan italyan xalqi ozodlik uchun kurash boshladi. Nihoyat, 1944 yil aprelda barcha antifashist partiyalarning vakillaridan iborat yangi hukumat Badolo boshliq tuzildi. Umumxalq qurolli kozgoloni natijasida 1945 yil aprelda mamlakat fashistlardan ozod boldi. 1946 yil 2 iyunda respublika elon qilindi.

Italiya–1945 yildan BMT azo-si. 1992 yil 10 yanvarda Ozbekiston Respublikasi suve-renitetini tan oldi va osha yil 24 martda diplomatiya munosabati ornatdi. Milliy bayrami – 2 iyun – Respublika elon qilingan kun 1946; 1977 yildan 2000 yilgacha iyunning birinchi yakshan-basida nishonlangan.

Trir shahri devorlarining shi-moliy darvozasi qurilish 180 yilda boshlangan, ammo nihryasiga yetmagan.



                                     

4. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

"Olga, Italiya" partiyasi, 1993 yil siyosiy uyushma sifatida tuzilgan, 1996 yil partiyaga aylantirilgan; Italiya liberal partiyasi, 1848 yilda asos solingan, 1944 yilda kayta tiklangan,1994 yil martida ozini ozi tugatgan va osha yil iyulda qayta tashkil etilgan; Italiya Xalq partiyasi, tugatilgan Xristiandemokratik partiya negizida 1994 yil 18 yanvarda rasmiy ravishda tuzilgan; Kommunistok qayta qurish partiyasi, 1991 yil tashkil etilgan; Italiya respublikachilar partiyasi, 1832 yildan faoliyat korsatadi; Italiya sotsial-demokratik partiyasi, Sotsialistok partiya parchalanishi natijasida 1947 yilda tuzilgan, 1966 yilda Sotsialistok partiya bilan qoshilgan, 1969 yildan yana mustakil partiya; Italiya sotsialistlari, Italiya sosialistik partiyasining bolinishi natijasida 1994 yil tuzilgan;Italiya sotsialistok partiyasi, 1892 yilda Italiya mehnatkashlar partiyasi nomi bilan tuzilgan. Italiya umumiy mehnat konfederatsiyasi, 1906 yilda tuzilgan; Italiya mexnatkashlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1948 yilda tashkil etilgan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi azosi. Italiya mehnat ittifoqi, 1950 yilda tuzilgan.

                                     

5. Iqtisodiyoti

Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31.6%, qishloq xojaligi ulushi 2.9%, xizmat korsatish soqasi 65.5% 1997. Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat korsatish sohasida, 6.5 mln. kishi sanoatda, 1.5 mln. kishi qishloq xojaligida band.

Sanoatida ogir sanoat ustun. Jumladan, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, toqimachilik, elektroenergetika, neftni kayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Sanoat mahsulotining anchagina qismi eksport qilinadi. Italiyada xom ashyo va energetika zaxiralari kam, borlari ham notekis joylashgan. Neft va gaz, qorgo-shin, rux asosan, Sardiniya o.da, temir rudalari Aostada va Sardiniya o.da, boksit, kinovar simob ruda-si, pirit Toskana viloyatida, ol-tingugurt, tuz Sitsiliya o.da, qongir komir, binokorlik materiallari va b. qazib olinadi. Issiklik elektr stansiyalari elektr energetikaning asosini tashkil etadi. Atom elektr styalari va geotermal stansiyalar qurilgan. Yiliga ortacha 222 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Metallurgiya sanoati, asosan, chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Qora metal-lurgiyaning eng yirik korxonalari Genuya, Neapol atrofida, shuningdek, Pombino va Tarantoda; rangli metallurgiya korxonalari Venetsiya, Bolsa-no, Mori, Milan shaharlari va Sardiniya o.da joylashgan. Neftni qayta ishlash korxonalari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida, asosan, dengiz sohilidagi joylar da va neft mahsulotlari eng kop ishlatiladigan shaharlar Milan va boshqalarda. Sanoatning yetakchi sohasi bolgan mashinasozlik tarmoklari: avtomobilsozlik Turin, kemasozlik, stanoksozlik, priborsozlik Ivrea, elektrotexnika va elektron Milan atrofi sanoati rivojlangan. Neft kimyosi, plastmassa, madanli ogit, suniy tola, farmatsevtika va rezina mahsulotlari, sintetik kauchuk ishlab chiqarish yuqori darajaga yetgan. Lombardiya va Pyemont – ananaviy toqimachilik markazlari. Oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoklari – un, makaron, pishloq, qand-shakar, kon-serva, zaytun yogi, uzum vinosi yiliga 70 mln. gektolitr ishlab chiqarishdir. Yengil sanoat, xususan, poyabzal ishlab chiqarish rivoj topgan. Hunarmandchilikka ayniqsa katta etibor beriladi.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmoklari – dehqonchilik 58% va chorvachilik 42%. Unumdor yerlarning 34.3% 19.6 mln. gektar haydalib, ekin ekiladi, 11% bog, tokzor va zay-tunzor, 19.2% maysazor va yaylov. Asosiy don ekinlari – bugdoy, makka-joxori, suli, arpa, sholi. Qand lav-lagi, uzum, zaytun, sitrus mevalar va sabzavot ham yetishtiriladi. Vino ishlab chiqarish hajmi jihatidan Italiya dunyoda yetakchi orinlardan birida turadi. Italiya yiliga 6 mln. tonnaga yaqin turli xil hol meva beradi, uning salkam 60% mamlakat shimolidagi ixtisoslashgan fermer xojaliklarida yetishtiriladi. Janubiy viloyatlarda bodom, yongoq, fundukzorlar kop. Uzum hosili yiliga 10 mln. tonna uning 90% kayta ishlanib, vino qilinadi, sitrus mevalar xrsili yiliga 3.3 mln. tonna, pomidor hosili 5.5 mln. tonna. Chorvachiliqsa qoramol 8.8 mln. bosh, chochqa 9.6 mln. bosh va qoy 12.2 mln. bosh boqiladi. Mamlakat shimolida sut va gosht chorvachiligi ustun. Baliqchilik yaxshi rivojlangan.

                                     

6. Transporti

Yolovchilarning 90% dan koprogi, yuklarning 80% dan ortigi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yollari uz. –304 ming km, temir yol uz. – 19.6 ming km. Chetga yuboriladigan va chetdan olinadigan yuklarning aksariyati dengiz transporti orqali tashiladi eksport kjlarining 60–65%, import yuklarining 80-90%. Asosiy dengiz portlari: Genuya, Triyest, Venetsiya, Neapol.

Italiya – xalqaro sayyohlikning eng katta markazlaridan biri yiliga 50 mln.dan koproq sayyoh kelib ketadi.



                                     

7. Tashqi savdosi

Italiya iqtisodiyoti kop jihatdan tashqi savdoga bogliq. Italiya chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va qishloq xojaligi mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan neft, komir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogoch, qogoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi – lira.

                                     

8. Tibbiy xizmati

Italiyada davlat davolash muassasalaridan tashqari xususiy shifokorlik ham keng tarqalgan. Shifokorlar universitetlarning 27 tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. Kurortlar, ayniqsa, madanli suv va loy-balchikdar vositasida davolovchi sanatoriy kop. Eng mashhurlari: Montekatini-Terme, Fyuji, Salsomajore, Kastellammare-di-Stabiya, AbanoTerme, Kapri.

                                     

9. Maorifi, madaniy-marifiy va ilmiy muassasalari

Italiyadagi zamonaviy xalq talimi tizimi 19-asrning 2-yarmidan tarkib topa boshlagan. 1859 yilda 6–9 yoshdagi bolalarning majburiy talimi togrisida qonun Kazati qonu-ni qabul qilingan edi. Italiyada 6–14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik talim joriy etilgan. Davlat maktablari bilan birga, asosan, diniy tashkilotlar taminotidagi xususiy maktablar ham mavjud. Xalq talimi tizimiga quyidagilar kiradi: 3–5 yoshli bolalar uchun majburiy bolmagan maktabgacha tarbiya muassasalari, majburiy maktablar 6– 11 yoshli bolalar uchun 5 yillik boshlangich va 3 yillik quyi orta maktab, majburiy maktab negizida orta umumiy talim va hunar talimi beradigan toliqorta umumiy talim maktablitseylari 5 yil talim beradigan mazkur oquv yurtini bitirganlar universitetga kirish huquqini oladi, orta ped. oquv yurtlari boshlangich maktab muallimlarini tayyorlovchi 4 yillik oqituvchilar institutlari va maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilarini tayyorlovchi 3 yillik ped. maktablari, hunar oquv yurtlari malakali ishchilarni tayyorlovchi 3 yillik hunar institutlari, orta texnika malumotli xodimlarni tayyorlovchi texnika institutlari, orta badiiy va musiqa oquv yurtlari, oliy oquv yurtlari universitet va oliy maktablar. Italiyada 27 ta universitet, 50 dan ortiq davlat va xususiy oliy maktablari hamda xususiy universitetlar bor. Yirik universitetlari: Bolonya universiteti, Rim universiteti, Neapol universiteti, Milan, Bari, Genuya va b. shaharlardagi universitetlar. Italiyada 150 yirik kutubxona, jumladan, Rimda 31, Milanda 19, Neapolda 19, Florensiyada 9, Turinda 6 kutubxona bor. 170 dan ortiq muzey va rasm galereyalari mavjud. Eng mashhurlari: Rimdagi Milliy muzey, Julia muzeyi va villasi, Borgeze muzeyi va galereyasi, antik sanat galereyasi, zamonaviy sanat milliy galereyasi, Florensiyadagi Milliy muzey, arxeologiya muzeyi, rasm galereyasi jumladan, Uffitsi galereyasi, Messina, Neapol, Palermo, Peruja, Venetsiyadagi muzeylar.

Tadqiqotlar milliy kengashi 1923 atom energiyasi masalalaridan tashqari barcha fan sohalarini boshqaradigan va unga rahbarlik qiladigan asosiy davlat tashkilotidir. Unga ilmiy tadqiqot institut va tadqiqot markazlari, laboratoriyalar boysunadi. Kengash Italiyaning xalqaro ilmiy aloqalarini amalga oshiradi. Atom energiyasi Milliy komiteti atom energiyasi sohasidagi tadqiqot ishlarini boshqaradi. Italiyada bir necha akademiya, jumladan, Dei Linnei milliy akademiyasi, Milandagi tabiiy fanlar va adabiyot akademiyasi 1803, Palermo, Turin, Rim va b. shaharlarda Tibbiyot Fanlar akademiyasilari bor. Universitetlar qoshida ilmiy muassasalar ishlaydi. Yadro fizikasi milliy instituti mamlakatda shu sohada olib boriladigan barcha tadqi-qot ishlarini birlashtiradi. 20 dan ziyod institutda qishloq xojaligi fanlari sohasida tad-qiqot olib boriladi. Sogliqni saklash vazirligi biol., kimyo, farmakologiya, gigiyena va b. sohalardagi ishlarni na-zorat qilib turadi. Italiyada ayrim xalqaro tadqiqot markazlari – Neapolda Genetika va biofizika instituti, Triyestda Nazariy fizika markazi, Ud ineda Mexanika markazi, Isprada Yadro tad-qiqotlari markazi mavjud.



                                     

10. Matbuoti, radioeshittirishi va telekorsatuvi

Italiyada bir qancha gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng yiriklari: "Messajero", "Korryere della sera", "Stampa", "Diskussio-ne", "Mondo operayo", "Panorama" haftalik jurnal, 1962 yildan, "Unita", "Repubbli-ka". Italiyada 1924 yildan radioeshittirish, 1954 yildan telekorsatuvlar olib boriladi. Italiya radioeshittirish va telekorsatuvlar xizmati – RAI-TV 1924 yilda tashkil etilgan. Ajensiya Natsionale Stampa Assochata ANSA axborot agentligi 1945 yildan, Ajensiya Jornalistika Italia AJI axborot agentligi 1950 yildan beri ishlaydi.

Adabiyotining ilk namunalari orta asrlarda lotin tilida yaratilgan. Italyan adabiyotida antik yunon va rim adabiyoti ananalari va sharq madaniyatining tasiri kuchli bolgan. 12–13-asrlarda xalq tilida diniy va dunyoviy adabiyot namunalari "Novellino", "Yetti do-nishmand kitobi" va boshqalar yaratildi. 13-asrda tashkil topgan "Yoqimli yangi us-lub" falsafiy sheriyat maktabi namoyandalari chin muhabbatni kuyladilar. Italiya adabiyotining buyuk vakili Dante ijodi shu maktab tasirida shakllan-di va rivoj topdi. Uning ijodi italyan adabiyoti va adabiy tilini rivojlantirishga katta hissa qoshdi. Italiyada gumanistik dunyokarash va yangi adabiyot erta vujudga keldi. F. Petrarka, J. Bokkachcho, L. Ariosto va b. adiblar istibdodni, diniy jaholatni fosh etdilar. U rta asrlarda Italiyada komediya janri rivojlandi. Bu janrda B. Bibbiyena, N. Makiavelli, P. Aretino ajoy-ib asarlar yaratishdi.

16-asr boshlarida milliy adabiy til shakllandi, adabiyotda gumanistik dunyoqarash hukmronlik qildi, yangi adabiy janrlar paydo boldi. Ammo 16-asr 2-yarmida mamlakatda roy bergan umumiy tanazzul tasirida reaksiya kuchaydi. Mikelanjelo Buonarroti, J. Bruno, T. Tasso va b. adiblar gumanizm ananalarini davom ettirdilar. 17-asrda formalistik oqimlar, barokko uslu-bi qaror topdi. 18-asrda "niqoblar ko-mediyasi"ninghimoyachisi K. Gotssi yangi asarlari bilan maydonga chikdi. K. Goldoni milliy realistik komediya janri nazariyasini va onlab ajoyib komediyalarni yaratdi.

18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Italiya adabiyotida inqilobiy klassitsizm oqimi ustunlik qildi. V. Alfyeri jangovar tragediyalar yaratdi. Napoleon yurishlari davrida vatanparvarlik ruhidagi adabiyot yuzaga keldi U. Foskoloning roman, tragediyalari. A. Mandzoni romanlari "Ozodlik tantanasi", "Beshinchi may" va boshqalarda mehnatkash xalq vakillarining mardonavor kura-shi, shoir J. Leopardi asarlari "Italiyaga", "Axloqiy lavhalar" kabi top-lamlarda Italiya xalqining musibatli qayoti tasvirlandi. 19-asr 30-yillaridan adabiyot milliy ozodlik kurashi goyalarining targibotchisi bolib xizmat qildi. Budavrda, ayniqsa, tarixiy roman, romantik drama, sheriyat keng rivoj topdi.

Italiya milliy mustaqillikka erishgandan song ham adabiyotda milliy ozodlik uchun kurash ananalari davom etdi R. Jovanolining "Spartak" romani va boshqalar. Verizm Italiya naturalizmi oqimining namoyandalari – J. Kaduchchi, J. Verga, M. Serao, G. Deledda, L. Pi-randello va b. oz asarlarida mehnat-kash xalq hayotini haqqoniy aks ettirdilar. 19-asr oxirlarida Italiya adabiyotida tushkunlik ruhidagi neoromantizm, futurizm oqimlari paydo boldi. Birinchi jahon urushidan keyin mamlakatda fa-shistlar diktaturasi ornatilgach, de-mokratik adabiyot va matbuot taqiqlanib, fakat "sof sanat" ruhidagi asarlar nashr etildi. 30-yillar oxiridan Italiya demokratik adabiyoti yana rivojlana boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Qarshilik korsatish harakati milliy madaniyat va adabiyot rivojiga madad berdi.

Urushdan keyingi yillarda Italiya adabiyotida bir qator yosh shoir va adiblar paydo boldi. Neorealizm yetakchi oqimga aylandi. 60–90 yillarda realistik adabiyot yangi bosk ichda rivojlandi. Uning yirik vakillari – V. Pratolini, A. Moravia, I. Kalvino, L. Shashi, M. Venturi, L. Malebra, S. Kvazimodo, E. Montale, D. Fo va b. Italiya adabiyoti rivojiga sal-mokli hissa qoshdilar. K. Goldoni "Ikki boyga bir malay", K. Gotssi "Baxtli gado", R. Jovanoli "Spartak", Sh. Perro "Qizil qalpoqcha", J. Rodari "Salom bolalar", Dante, J. Bokkachcho va b.ning asarlari ozbek tiliga tarjima qilingan.



                                     

11. Memorligi

Etrusklar va Qad. Rim memorlik ansambllari va uy-joy binolari Italiyaning eng kad. memoriy obidalaridir qarang Rim. Ilk orta asrlardan Rimdagi bazilika va markazi gumbazli cherkovlar San-Stefano Rotondo, 5-asr, shuningdek, Ravenna yodgorliklari majmuasi va b. yodgorliklar saklangan. 11 –13-asrlarda roman uslubida barpo qilingan binolar vujudga keldi. Ayrim insho-otlarda Vizantiya memorligining tasiri seziladi. 11 –12-asrlarda Pizadagi sobor maydoni majmuasi kad. memorlik ananalari uslubida barpo etilgan. Shaharlarning tez suratlar bilan rivojlanishi mahobatli diniy-mamuriy binolar bilan bir qatorda shahar devorlari, darvoza, minora, turar joy binolari, ratushalar qurishni ham taqozo etdi. 13–14-asrlarda gotika rivoj top-di. Katta shaharlar vujudga kela boshlagach, qurilishning yangi tamo-yillari paydo boldi jamoat va mada-niyat binolariga alohida ahamiyat bilan qarala boshladi. B. Mikelanjelo, D. Bramante, J. Vinola va b. atokli memorlar Rim va Venetsiyada mahrbatli binolar barpo qildilar. Barokko memorlari 16-asr kop shaharlarda badavlat xonadonlar uchun ulkan ansambllar, shaxsiy qorgonlarni xiyobonli, kolonnadali va favvorali qilib qurdilar. Binolarning hashamiga, saloba-tiga alohida ahamiyat berildi L. Ber-nini, F. Borromini. Rimdagi avliyo Pyotr sobori bilan Navon maydoni 16– 17-asrlar gozal memoriy ansambllardan hisoblanadi. 18-asrdan klassitsizm rivoj topib, bu uslub Milan va Neapol shaharlaridagi ansambl va teatr bi-nolarida iz krldirdi. 20-asrda modernizm Turindagi korgazma zali, neoklassitsizm Rimdagi sport markazi, 60-yillardan esa organik memorlik ta-moyillari shakllandi. Zamonaviy ma-muriy inshoot va binolar qurishda sathning kengligi va qulayligiga, yangicha yechimlarga alohida ahamiyat berildi.

                                     

12. Tasviriy sanati

Italiya hududidagi eng qad. yodgorliklar paleolit va neolit davrlariga mansub Apuliyadagi qoya rasmlari, Liguriya va Emiliyadagi ayollar haykalchalari. Jez davrida mil. av. 2ming yillikning 2-yarmi badiiy sopol buyumlar yasaldi. Mil. av. 8– 2-asrlardan etrusklar yodgorliklari malum. Mil. av. 8–6-asrlardan Italiya Kds. Yunon, mil. av. 5-asrdan mil. 5-asrgacha Kdd. Rim madaniyati va sanatini shakllantirish markazlaridan biriga aylandi. Orta asrlarda diniy afsonalar asosidagi asarlar paydo boldi. Venetsiya va Sitsiliyada Vizantiya sanatiga yaqin mozaika rasmlari yaratildi. 12-asr oxiridan boshlab diniy dastgoh rassomligi va diniy ruxdagi manzarali haykaltaroshlik tarqaldi. 13–14-asrlarda Florensiya, Piza, Siyena va b. shaharlar sanatida realistik tamoyillar rivoj topa boshladi. 15-asrdan Uygonish davri realistik sanati taraqqiy etdi. Rassomlar tabiatga, insonga koproq murojaat qila boshladilar: Rassom va haykaltaroshlar anatomiya va optikani ilmiy asosda organib, ajoyib sanat namunalarini yaratdilar. 15–16asrlarda moyboyoq rassomligi, gravyura, amaliy bezak, teatr dekoratsiyasi sanati yuksak pogonaga kotarildi. 16-asr oxiri va 18-asrda serhasham va dabdabali barokko uslubi qaror topdi. 16-asr oxirlarida paydo bolgan akademizm aka-uka Kar-rachchi va manyerizm haykaltarosh B. Chellini va rassomlar F. Parmijani-no.A. Bronzino sanati hukmronlik qildi. 18-asr Venetsiya rassomligida hayotiy kuzatishlar kuchliligi bilan kozga tashlanadigan mazmundor asarlar yaratildi. 18-asr 2-yarmida klassitsizm A. Ka-nova va romantizm F. Ayes, D. Mo-relli vujudga keldi, keyinchalik maishiy janr va manzara rassomligi rivojlandi. Haykaltarosh V. Vela, rassomlardan J. Fattori, T. Sinorini, S. Lega, J. Segantini va b. mehnatkash xalq hayoti, ozodlik uchun kurash mavzularida ijod qildilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin syurrealizm, abstrakt sanat avj olib ketdi. Lekin didsizlik va formalizmning bu ashaddiy namunalariga qarshi kurashda realistik sanat namoyandalarining ijodi kamol topdi. Haykaltaroshlardan F. Mes-sini, J. Mansu, rassom R. Guttuzo, G. Mukki, K. Levi, K. Meloni va ularning izdoshlari italyan xalqining real his-tuygularini, mehnatini, hayotini ifodalovchi asarlar yaratdilar.



                                     

13. Musiqasi

Italiya – mashhur ashulachilar, opera, zamonaviy nota yozuvi va fortepiano vatani. Uvertyura, simfoniya, kantata va b. musika janrlari Italiyada yara-tilgan. Barkarola, gondolyera, frotol-la, vilanella kabi qoshiq turlari, galyarda, sitsiliana, tarantella raqslari folklor asosida paydo bolgan. Xalq musiqasining boy manbalari cherkov va Italiya professional musiqasiga zamin bolgan. Uygonish davrida dunyoviy musiqa rivojlandi. 14-asrda Are Nova maktabi, 15–16-asrlarda musika akademiyalari yuzaga keldi. 16–17-asrlarda vokal-cholgu musiqaning oratoriya, kantata singari yangi turlari paydo boldi. Florensiya va Neapolda gomofoniya uslubi taraqqiyoti tasirida opera sanati shakllandi. Ya. Perining "Dafna" 1594 operasi mazkur janrning ilk namunasidir. K. Monteverdi tarixda birinchi bolib ommaviy opera teatrini ochdi 1637. 18-asrda opera va milliy ashula sanati keng rivojlandi, belkanto uslubi paydo boldi. Florensiya, Bolonya, Neapol teatrlarida J. Pergolezi, A. Salyeri, J. Paiziyello va b.ning rang-barang operalari sahnalashtirildi. 18-asrda buff opera shakllandi, yangi opera teatrlari ochildi. A. Vivaldi, D. Skarlatti, J. Tartini kabi sozanda kompozitorlar konsert, sonata janrlariga asos soldi. N. Paganini ozining noyob ijrochilik mahorati va romantik asarlari bilan mashhur. 19-asr opera sanati ijtimoiysiyosiy karashlar tasirida rivojlandi. J. Rossini, V. Bellini, G. Donitsetti, J. Verdi operalarida xalqning ozodlikka intilishi oz ifodasini topdi. 19-asr oxirida R. Le-onkovallo, Sh. Puchchini va b. kompozitorlarning operalarida hayotni haq-qoniy ifodalashga yonalgan verizm uslubi yuzaga kelgan. O. Respigi, A. Kazella va b.ning ijodida musiqiy impressionizm hamda neoklassitsizm uslublari rivoj topgan. Ikkinchi jahon urushidan song Italiya musiqasida tinchlik, ozodlik uchun, fashizmga karshi kurash mavzulari muhim orin oldi. 50-yillardan avangardizm tasiri kuchaydi. L. Dalla-pikkola, L. Berio, L. Nono asarlarida ichki ziddiyat oxanglari yangraydi, yuksak goyaviy ifoda vositalarining murakkabligi, toqimaliligi bilan qoshilib ketadi.

Zamonaviy italyan kompozitorlari orasida R. Vlad, J. F. Gedini, I. Montemetssi, G. Petrassilar alohida ajralib turadi. Mashhur dirijyorlari: A. Toskanini, P. Arjento, V. De Sabata, G. Kantelli, V. Ferrero, K. Sekki, K. Abbado; xonandalari: J. Simonato, R. Skotto, A. Stella, R. Tebaldi, J. Bekki, T. Gobbi, E. Karuzo, M. Del Monako, L. Pavarotti va b. Teatrlaridan "La Skala" Milan, "San-Karlo" Neapol, "Feniche" Venetsiya, Rim operasi va b. jahonga mashhur. 1970-yillardan Italiya estrada sanati namoyandalari jahon miqyosida tanilgan. Yangi musika korporatsiyasi 1923 yildan, Musiqashunoslar jamiyati, 14 ta konservatoriya, kopgina musiqa litseylari, maktablari, ilmiy institutlari jumladan, Verdi merosini organish instituti bor. Venetsiya, Florensiya, Verona kabi shaharlarda har yili musiqa festivallari otkaziladi.

Ozbekiston teatrlarida Italiya kompozitorlari ning operalari muvaffaqiyatli sahnalashtirilgan.

Teatr sanatining kurtaklari xalq marosimlari, karnaval bayramlari va oyinlariga borib taqaladi. Orta asrlarda katolik cherkoviga manzur bolgan liturgik drama, misteriya, lauda janrlari ustun edi. Uygonish davrida dunyoviy pyesalar, komik janr rivojlandi. 16–18-asrlarda professional teatr vujudga keldi, sahnalarni dekoratsiya bilan bezash tartib-qoidalari ishlab chiqildi. Xalq ijodi tasirida "niqoblar komediyasi" rivoj topdi. 18-asrda teatr sanatiga marifatparvarlik goyalari singdirildi. K. Goldonining dramaturgiyadagi isloqotchilik faoliyati katta roloynadi. 18-asr oxirlarida inqilobiy harakatning avj olishi natijasida jahon dramaturglarining eng yaxshi asarlari sahnalashtirildi. E. Rossi, T. Salvini, E. Duze, A. Ristori kabi atoqli artistlar yeti-shib chikdi. 19-asrda va 20-asr boshlarida Italiya adabiyotidagi, ayniqsa dramaturgiyadagi oqim va tamoyillar teatrda oz ifodasini topdi. Fashistlar diktaturasi yillarida Italiya teatri butunlay tush-kunlikka uchradi. Fashizm tor-mor etilgach, demokratik kuchlar tasirida Italiya teatri yana jonlandi. L. Viskonti, E. De Filippe, J. Streler, L. Sku-arsina gumanistik ruxdagi asarlarni sahnalashtirdi. Dastlabki doimiy teatr "stabile"lar vujudga keldi. Rim, Milan, Genuya, Turin teatrlari jahon klassikasi va mahalliy mualliflarning asarlarini korsata boshladi. Kuchma truppalar ham mavjud. V. Gasman, J. Le Lullo, F. Dzefirelli kabi rejissyorlar, A. Proklamer, G. Mauri, P. Stoppa, V. Marikoni va b. aktyorlar mashhur.

                                     

14. Kinosi

1895 yil "Milan vokzaliga kelgan poyezd" nomli birinchi hujjatli film rejissyor I. Pakkoni yaratildi. 1901 i. Florensiya va Rimda dastlabki kinoteatrlar ochildi. Ammo 1904 i. Turinda hujjatli-xronika filmlari studiyasi ochilganidan keyin ha-qiqiy italyan kinematografiyasi vujudga keldi. 1905 yilda F. Alberini bilan D. Santoni Rimda oz kinostudiya-sini tashkil etdi 1906 yildan u "Chi-nes" deb atala boshladi. 1905–06 yillardan Turin va Milandagi kinofirmalar badiiy filmlar ishlab chiqarishga kirishdi. 1905 yilda "Chines" ommaviy sahnalarga boy bolgan birinchi italyan filmi – "Rimning ishgol qilinishi", song-ra Italiyaning birlashtirilishiga bagishlangan turkumli kartinalarni yaratdi. 1909–10 yillarda "Kitilina", "Makbet", "Anita Garibaldi", "Don Karlos", "Otello", "Beatriche Chenchi" va b. filmlar ekranga chiqarildi. Italiya kinosi 1913 yilda yuksak pogonaga kotarildi, uning 497 filmi xorijiy kino bozorini toldirib yubordi. Bu davrda M. Kazerini, E. Benchivenga, D. Le Liguoro, E. Guatssioni, L. Maji, B. Negroni, D. Pastrone kabi rejissyorlar ijod qildilar. Fashistlar xukmronligi davrida 1922–43 Italiya kino sanati natsizmning tashvikrt vositasiga aylandi. Shunga karamay, A. Blazetti va M. Kamerini suratga olgan filmlarda Italiya hayotidagi illatlar fosh qilindi. Ikkinchi jahon urushidan song Italiya kino sanatida haqiqiy voqelikni aks ettiradigan progressiv yonalishdagi filmlar yaratila boshladi. L. Viskonti, J. D. Santis, P. Jermi, Ch. Dzavettini, E. de Filippo va b. Italiya xalqining fashizmga qarshi kurashini, oddiy insonning hayotini kinotasmalarda real aks ettirdilar. Keyingi yillarda "Ita-lyancha nikoh", "Italyancha ajralish", "Har kimniki oziga.", "Sakko va Van-setti", "Ular Sharqqa boradilar", "Kungaboqar" kabi filmlar yaratildi. Italiyadagi 40 dan ortiq kinofirma yiliga 200 dan ziyod film ishlab chiqaradi. Kinoaktyorlar orasida A. Manyani, J. Mazina, S. Loren, J. Lol-labrijida, K. Kardinale, S. Sandrelli, M. Mastroyanni, J. M. Volonte, F. Nero, A. Sordi, U. Tonyassi, M. Vitti, M. Plachido va b. mashhur. 1970–90 yillardagi eng yaxshi filmlardan "Peshayvon" rejissyor E. Skola, "Gul ki-shining fojiasi" rejissyor B. Bertoluchchi, "Ayollar shahri" rejissyor F. Fellini, "Uch oga-ini" rejissyor F. Rozini korsatish mumkin.

                                     

15. Ozbekiston – Italiya munosabatlari

Italiya italyancha: Italia, rasman Italiya Respublikasi, Evropaning janubida Appenin yarim oroli va Orta dengiz havzasida joylashgan eng yirik orollar, Sitsiliya va Sardiniya orollarini oz ichiga oladi. Italiya ozining shimoliy chegaralarini Alp toglari orqali Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, Sloveniya bilan bolishadi. Undan tashqari Italiya hududida San Marino va Vatikan mustaqil davlatlari joylashgan.

Italiya juda uzoq va buyuk tarixga ega. U er Etruriya va Rim kabi koplab Evropa madaniyatlarining beshigi sanaladi, keyinchalik Buyuk Evropa Renesansi ham aynan Italiyada boshlangan. Italiyaning poytaxti Rim shahri Garb tsivilizatsiyasining ochoqlaridan biridir, shu bilan birga u Katolik Cherkovining markazi hisoblanadi.

Bugungi kunda Italiya demokratik respublika bolib, YaIMning hajmi boyicha 7-orinda, aholining turmush darajasi boyicha jahonda 8-orinda turuvchi rivojlangan mamlakatdir. Italiya hozirgi Evropa Ittifoqining ilk tasischi 6 mamlakatidan biridir 1957 yil imzolangan Rim Bitimi, shuningdek u Buyuk Sakkizlik G8 mamlakatlari, Evropa Kengashi, Garbiy Evropa Ittifoqining azosi sanaladi. 2007 yil 1 yanvardan Italiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Havfsizlik Kengashining azosi hisoblanadi.

                                     

16. Geografiyasi

Italiya Evropaning janubida joylashgan etiksimon Appenin yarim oroli, Sitsiliya 9.926 km 2, Sadrina 9.301 km 2, Elba va koplab mayda orollardan tashkil topgan bolib, 301.323 km 2 maydonni egallaydi. Shimoli-sharqdan janubi-garbga 1.145 km uzunlikka ega. Italiyaning shimoliy chegaralari Monte-Servino 4.478 m, Monte-Roza 4.634 m kabi osmnopar choqqili Alp toglari bilan oralgan. Uning eng baland nuqtasi Italiya, Fransiya, Shveytsariya chegarasida joylashgan Mon Blank choqqisi hisoblanib, 4.810 metrni tashkil qiladi. Alp toglari va Appenin yarim oroli orasida Po daryosi bilan keng Lombardiya tekisligi joylashgan.

Italiya ozining vulqonlari bilan ham mashhurdir: Etna – Evropadagi eng katta harakatdagi vulqon. Undan tashqari Vulkano, Stromboli va Vezuvi vulqonlari ham Italiya vulqonlaridir. Italiyada daryolarga juda boy, ulardan Po va Adige eng mihimlaridir. Po daryosi 652 km uzunlikda bolib, shundan 480 km joyida kema qatnovi yolga qoyilgan. Adige daryosining uzunligi 410 kmni tashkil qiladi. Ularning ikkovi ham garb tomonga oqadi va Adriatika dengiziga quyiladi. Italiya daryolari kop bulishiga qaramasdan mayda va sayozdir. Italiyaning shimoliy qismida ham yarim orol qismida ham bir qancha kollar bor. Garda, Magiore, Komo, Trasimeno shular jumlasidandir.

                                     

17. Iqlimi

Italiyaning iqlimi juda ozgaruvchan va boshqa Orta er dengizi malakatlarinikidan farq qiladi. Shimoliy hududlar, Turin, Milan, Bolonyada iqlim nam subtropikdir. Sohilboyi mintaqalarida ichki balandlik va vodiylardan iqlim ozgachadir, ayniqsa qish oylarida yumshoq va iliq havo, yozda esa quruq va ancha issiq ob-havo hukmrondir.

                                     

18. Aholisi

ISTAT Italiya Statistika Qomitasining songi baholashiga kora 2007 yilning fevral oyi holatiga Italiyada aholisi 59.206.382 kishini tashkil qiladi. Italiya aholi soni boyicha Evropada tortinchi Germaniya, Frvntsiya va Buyuk Britaniyadan song, jahonda 22-orinda turadi. Aholi sonining osishi asosan immigrantlar va 79.81 yilni tashkil qiluvchi ortacha hayot uzunligining osishi bilan bogliq. Aholi zichligi boyicha Italiya bir kvadrat kilometrga 196 kishi bilan Evropada beshinchidir. Savodxonlik korsatkichi 98% ni tashkil qiladi, majburiy maktab talimi 6 yoshdan 18 yoshgachadir. Butun aholining taxminan 2/3 qismi shaharlarda yashaydi, lekin ushbu korsatkich boshqa garbiy Evropa mamlakatlaridan ancha kamdir.

                                     

19. Viloyat, Provinsiya va Munitsipalitetlari

Italiya 20 ta viloyatga regione bolingan. Ulardan beshtasi mahalliy qonunchilikka ozgartirish kiritish huquqiga ega bolgan maxsus avtonom viloyat maqomiga ega. Ular oz navbatida 109 provintsiya province va 8.101 munitsipalitetdan comuni tashkil topgan.

                                     

20. Iqtisodiyoti

Xalqaro Valyuta Fondining malumotlariga kora 2006 yil Italiyaning yalpi ichki mahsuloti YaIM hajmi 1.852.585 AQSh dollarni tashkil qilgan va bu korsatkich jahon mamlakatlari orasida 7-orinni egallaydi. Iqtisodiyotni strukturaviy jihatdan sanoat mahsulotlari 29%, xizmatlar 69% va qishloq xojaligi 3% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotining malumotiga kora Italiya 2004 yilda sanoat mahsulotlari eksporti boyicha 6-orinni egallagan. Shimolda kapitalistik iqtisodiyot sanoatga ixtisoslashgan xususiy kompaniyalardan tashkil topgan bolsa, janubiy qismlarda qishloq xojaligi rivojlangan. Italiyada Mafiya mamlakat iqtisodiyotida katta ulushga ega, va bu 127 milliard AQSh dollarini tashkil etadi; uyushgan jinoyatchilik Italiya YaIMning 7% ni tashkil qiladi. Xom ashyoning katta qismi va energiya tashuvchilarining qariyb 75% import qilinadi. Songgi on yillikda Iqtisodiyot va Valyuta Ittifoqi talablariga binoan Italiya qattiq fiskal siyosat olib bordi va kichik inflyatsiya korsatkichiga ega boldi. 1999 yil Evro tadbiq etilishi bilanoq Italiya uni qabul qildi.

                                     

Sanobar (manolari)

Sanobar: Sanobar daraxt Pinus pinea, Italiya qaragayi - qaragaygullilar oilasiga mansub chiroyli doim yashil daraxt. Sanobar - Margiyona viloyati hokimi mil.