ⓘ Birlashgan Qirollik. Buyuk Britaniya, Britaniya, yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi - Shimoli-Garbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Brit ..

Birlashgan Qirollik referendumi (2011)

2011-yilgi Birlashgan Qirollik referendumida yangi ovoz berish tadbiq etish masalasi korildi. Birlashgan Qirollik parlamenti quyi palatasiga saylovlar majoritar ovoz berish orqali amalga oshiriladi, referendumda shu tizimni muqobiliga almashtirish taklif etildi. Bu taklifni referendumda qatnashganlarning 67.9% i rad etdi.

Birlashgan Qirollikda COVID-19 pandemiyasi

COVID-19 koronavirus infeksiyasi ogir otkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 tufayli kelib chiqqan yangi yuqumli kasallik bolib, Birlashgan Qirollikda ilk bor 2020-yil 31-yanvar kunida tarqaldi.

Ravalpindi shartnomasi

1919-yilgi Inliz-Afgon yozma kelishuvi, shuningdek tarixda Ravalpindi shartnomasi nomi bilan ham mashhur va Uchinchi Ingliz Afgon Urushi mobaynida sulh tuzishgan. Bu voqea 1919-yili 8-avgustda osha vaqtdagi Britan Hindistonining Ravalpindi shahrida bolgan. Bazi manbalarga qaraganda Birlashgan Qirollik Xaybar davoni orqali Afgoniston bilan urushishni toxtatgan va uning mustaqil davlat bolishiga rozilik bildirgan, agar urushni toxtatmaganda Britan Hindistoni inqirozga yol tutishi mumkin edi.

Uyali aloqa operatori

Uyali aloqa operatori abonentlarning mobil telefonlari uchun uyali aloqa xizmatlarini korsatuvchi har qanday telefon shirkatidir. Uyali aloqa operatorlari ishini biror mamlakatda shu oka hukumatidan tegishli uzunlikdagi radiotolqin spektrini egallashga ruxsat olishdan boshlashadi. Bir diapazon uchun odatda bir necha operator xaridgor bolib chiqadi va diapazon kimoshdi savdosiga qoyilishi mumkin. GSM, 3G, CDMA texnologiyalari uchun tayinli diapazonlar mavjud.

2040

11-may - Partial quyosh tutilishi. Yaponiya atom elektr stantsiyalarini songgi qismini yopib qoyadi. Birlashgan Qirollik va Fransiya shu yilga qadar barcha yangi dizel va benzinli avtomobillarni sotishga yol qoyishni rejalashtirmoqda. 8-sentabr - Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn va Oyning sayyoraviy joylashuvi. Global energiya istemoli 2010-yildan boshlab 56% ga, yani 524 kvadrillion Britaniya termal birliklaridan Btb 820 kvadrillion Btugacha kotariladi. 4-noyabr - qismli quyosh tutilishi.

                                     

ⓘ Birlashgan Qirollik

Buyuk Britaniya, Britaniya, yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi - Shimoli-Garbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar da joylashgan. Garbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz orab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan kopincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244.1 ming km 2. Aholisi 63.23 mln kishi. Poytaxti - London shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil bolgan 4 mamuriy siyosiy qism dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil mamuriy hudud hisoblanadi.

                                     

1. Davlat tuzumi

Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshligi qirol qirolicha. Mamlakatning konstitutsiyasi yoq. 1215-yilgi Ulug Erkinliklar partiyasi, 1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgi Xalq vakilligi togrisidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol qirolicha va parlament u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat vazirlar mahkamasi amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol qirolicha tayinlaydi. Hukumat azolari parlament azolaridan bolishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya ozining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya mamuriy muxtoriyat huquqiga ega bolib, uni qirol qirolicha tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya otmishda Britaniya imperiyasi tarkibida bolgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdostlikka boshchilik qiladi.

                                     

2. Tabiati

B. B.ning yer yuzasi asosan pastgekislik. Angliyaning shimoli-garbi toglikdan, markazi va janubi-sharqi tekislik va sertepa pasttekisliklardan, Shotlandiyaning qirgogi egribugri, shim; qismi tor va chuqur Glen-Mor depressiyasi 2 qismga bolib turgan Shimoliy Shotlandiya togligidan iborat. Bu ikkala qismning janubida Grampian toglari mamlakatning eng baland choqqisi - Ben-Nevis 1343 m kotarilib turadi. Grampian toglaridan janubida Shotlandiya pasttekisligi, undan jan.rokda Janubiy Shotlandiya qiri balandligi 842 m gacha joylashgan. Ulardan garbda Kamberlend toglari Skofell togi, 978 m qad kotargan. Jan.ga tomon orol kengaya boradi; bu yerda - Uels yarim orolning garbida Kembriy toglari Snoudon togi, 1085 m bor. Angliyaning garbiy qirgogida keng qoltiqlar, markaziy va janubiy qismlarida pasttekisliklar, qator asimmetrik tepalar balandligi 200– 300 m bor. Shimoliy Irlandiya ayrim kichikkichik qirlardan iborat.

B. B.da foydali qazilmalar kam. Asosan temir rudasi va yuqori sifatli toshkomir, tosh tuz, kaolin, ozroq miqdorda yonuvchi slanes qazib olinadi. Neft va rangli metall konlari mavjud. Shimoliy dengizning B. B. qirtogi yaqinida tabiiy gaz konlari bor.

B. B.da motadil dengiz iqlimi xukmron; u seryogin, ozgaruvchan, tez-tez shamol bolib turadi. Janubi-garbida yanvarning ortacha temperaturasi 7°, sharqda 3.5° gacha. Shimoli-garbida yoz salqin, sernam, janubi-sharqda ancha iliq va quruq. Shimoliyda iyulning ortacha temperaturasi 13°, janubi-sharqda 16.5°. London va uning atrofida temperatura yuz kun davomida 0°dan past, mamlakat sharqida bazan - 18° gachatushadi. Yogin yil davomida deyarli bir meyorda kuz va kishda bir oz koproq tushadi, janubi-sharqida yoz va kuzda koproq yogadi. Shotlandiya, Shimoliy Irlandiya, Angliya bilan Uelsning togli joylarida yogin eng kop 1000–1500 mm, ayrim joylarda 3000 mm gacha yogadi. Janubi-sharqda 600–750 mm dan oshmaydi. Bulutli kunlar kop, Kishda tez-tez tuman Londonda qishda 1 oyda 7 - 10 kun tushadi. Daryolari kop, sersuv, lekin qisqa. Asosiy daryolari - Severn, Temza, Trent, Mersi, Klayd. Daryolar asosan yomgir suvlaridan toyinadi; kuz va qishda tolib oqadi, yaxlamaydi, kopchiligi kema qatnaydigan kanallar bilan birlashtirilgan. Toglarida kollar kop. Ularning aksariyati muzlik va tektonik harakat natijasida paydo bolgan. Eng yirik kollari: LoxNey, LoxLomond, LoxNess. Shotlandiya shim.da togpodzol tuproq, tog tepalarida togtundra tuproq, pasttekisliklarda, shimoli-garbda va shimolida chimli podzol tuproq, sharqiy sohilda va janubida qongir ormon, ayrim yerlarda chimlikarbonatli va unumdor allyuvial tuproqdar tarqalgan. Shimolida tayga va aralash ormonlar, janubida keng bargli ormonlar Usadi. Ormonlar B. B. maydonining 9 % ida qolgan. Otloqlar hamma joyda uchraydi. Toglarning yuqori mintaqalarida tog otloqlari va torfzorlar bor. Ormonlarda hayvonlar juda kam. Ochiq joylarda tulki, quyon, olmaxon, tipratikan, yer qazuvchi har xil sut emizuvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi kaptar, shotland kakligi, ordak, qizilishton, karqur va boshqa bor. Milliy boglar, ormon qoriqxonalari mavjud.

Aholisining 81.5 %i inglizlar. Uelslar yoki valliylar 1.9 %, shotlandlar 9.6 %, irlandlar 2.4 % va boshqa xalqlar bor. Davlat tili va aholining kupchiligi gaplashadigan til - ingliz tili. Irlandlar, uelslar va gellarning bir qismi kelt tillariga kiradigan mahalliy tillarda gaplashadilar. Dindorlarning aksariyati protestantlar; aholisining bir qismi shu jumladan irlandlar katoliklardir. Aholining 90 %i shaharlarda yashaydi 1996. Yirik shaharlari: London, Birmingem, Glazgo, Liverpul, Manchester, Sheffild, Lids.

                                     

3. Tarixi

Hozirgi B. B. hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari - brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, "Angliya" deb atala boshladi. Angliya 1016 - 42 yillarda normannlar daniyaliklar hukmronligida bolgan.

1066 yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan song mamlakatda feodal yer egaligi paydo bolib, dehqonlarni tutqinlikka krepostnoylikka aylantirish avj oldi. 10 - 11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bola boshladi. 12 - 13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 yil paydo bolgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi monarxiya barpo boldi. Angliya bilan Fransiya ortasida bolib otgan Yuz yillik urush 1337 - 1453 oqibatida soliqlarning kopayishi va 1348 - 49 yillardagi vabodan song aholi ahvolining ogirlashishi Uot Tayler 1381 boshchiligidagi dehqonlar qozgoloniga sabab boldi. Qozgolon maglubiyatga uchragan bolsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va orta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati 1485 - 1603 qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning kopayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xojaliklari xonavayron boldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bolib berildi. 16-asr 2-yarmi - 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bodsi, qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya golib chikdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda galaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xojaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga tosiq bolib turgan govlarni yoqotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yol ochdi. 17-asr oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boldi. 18-asr ortalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga otish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi - tori bilan vigi shakllandi. 19-asr ortalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.

17 - 18-asrlarda B. B. Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun bolgan urush 1775 - 83 natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri - 19-asr boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boldi. Fransiyaning maglubiyatidan B. B. burjuaziyasi oz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi 1814 - 15 qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar B. B.ga otdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgarilib, sanoatda tontarish yasashga zamin tayyorlandi.

19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30 - 40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati - chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni kopaytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy 184042, 185660 hamda Afgonistonga qarshi 1838 - 42, 1878 - 80 bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston 1857 - 60, Irlandiya 1848 - 67 va boshqalar, Yamayka o.dagi 1832 milliy ozodlik qozgolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qozgolonini 1851 - 64 bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boldi. 1878 yil Kipr o.ni, 1882 yil Misr, 1898 yil Sharqiy Sudanni, 1899 - 1902 yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.

20-asr boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya ortasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida golib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929 - 33 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938 yil B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qoshilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yol ochdi. 1939 yil 3 sentabrda B. B. Olmoniyaga urush elon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan song B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning ortalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar va konservatorlar 195164, 197074 va 1979 yildan partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT azosi. Ozbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 18 fevralda ornatgan. Milliy bayrami - Qirolicha tugilgan kun iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi.

Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900 yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867 yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988 yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925 yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928 yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988 yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq azolari tomonidan tuzilgan; Sol demokratlar partiyasi, 1920 yil tashkil etilgan.

Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi - Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868 yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897 yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899 yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973 yil tashkil etilgan.

Xojalngi. B. B. - iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1.8 % ni qishloq, ormon va baliq xojaligi, 70.2 % ni xizmat korsatish tarmogi beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan boglangan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qoldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qoldan boy berishga yoki sotishga majbur boddi. Iqtisodiyotning harbiy izga tushirilishi kopdankop behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948 yilda B. B. ulushi 11.9 % edi, 1968 yilda 7.4 % ga tushib qoldi.



                                     

4. Sanoati

B. B. eksportining 90 % ni sanoat taminlaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta ozgarishlar sodir boldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik - sanoatning muhim tarmogi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat ishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo, toqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va boshqa tarmoqlari boyicha yirik ishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining kopchiligi Janubiy va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari - London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild shaharlarida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari - Janubiy Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shimoliy Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya ishxonalari - Midlend, Janubiy Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati ishxonalari Shim.

Garbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati ishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shimoliy dengiz va Bristol qoltigi sohillarida, toqimachilik sanoati ishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shimoliy dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga ortacha 48.2 mln. tonna toshkomir, 121.8 mln. tonna neft, 89.8 mlrd. m³ tabiiy gaz qazib olinadi, 304.5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi asosan issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinadi, 17.5 mln. tonna polat ishlab chiqariladi.

Qishloq xojaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xojaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga bolgan ehtiyojining 75 %ini taminlaydi. Birlashgan Qirollikning asosiy tarmogi - chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7.5 mln. chochqa, 41.5 mln. qoy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin - galla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shimoliy dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.

                                     

5. Transporti

Birlashgan Qirollik laruzunligi 32 ming km. Asosiy temir yol uzeli - London; undan 11 tomonga temir yol ketgan. Birlashgan Qirollik larning zichligi jihatidan Yevropada Belgiyadan keyin 2orinda. Ichki kjlarni tashishda avtomobil transporti 1orinda. 368.8 ming km avtomobil yoli bor 1990-yillar oxirlari. Yolovchilar tashishda havo transportining mavqei katta. Dengiz savdo flotining tonnaji 4.3 mln. tonna dedveyt. Eng yirik dengiz portlari: London, Sautgempton, MilfordXeyven, Xall, Immengem, Liverpul, Manchester va boshqa

Tashqi savdo mamlakat iqtisodiyoti uchun juda katta ahamiyatga ega. Chetga chiqariladigan mahsulotning 90 % ni sanoat tarmogi beradi. B. B. chetga mashina va uskunalar, transport jihozlari, ip va jun gazlamalar, kimyo mahsulotlari, neft mahsulotlari, oziq-ovqat, qoramol, polat, toshkomir chiqaradi. Chetdan temir ruda, rangli va nodir metallar, neft, fosforit, paxta, turli xom ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa keltiriladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari - Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH, Yaponiya. Chet el sayyoxligi rivojlangan 1 yilda 12 mln. kishi kelib ketadi. Pul birligi - funt sterling.

Tibbiy xizmatn. B. B. sogliqni saqlash tizimida 500 mingga yaqin orinli kasalxonalar bor. 75 mingdan ziyod shifokor tibbiy yordam korsatadi 1990-yillar ortalari. Kasalxonalarda pulli orin va palatalar mavjud. Shifokorlar 30 dan ortiq tibbiyot maktablarida tayyorlanadi. B. B.da Brayton, Istborn, BognorRijis, Bornmut, Torki, Bat kabi kurortlar bor.

Maorifi va madaniy-marifin muassasalari. B. B.da boshlangich va toliqsiz orta talim 5 dan 16 yoshgacha majburiy. Boshlangich maktablarda 5 yoshdan 11 yoshgacha oqiladi. Orta maktablar asosan 3 turga: 5 - 7 yillik grammatik maktablar, 5 bazan 7 y.lik texnika maktablari va 4 yillik zamonaviy maktablarga bolinadi. Oquvchilarning 65 % 16 yoshdan keyin talimni kollej, universitet va boshqa oliy oquv yurtlari va markazlarida davom ettiradi. B. B.da 79 universitet, 40 ga yaqin politexnika kolleji bor. Eng kadimgi universitetlari Oksford 1167 va Kembrij 1209 untlaridir.

Eng yirik kutubxonalari: Britaniya muzeyi kutubxonasi, Shotlandiya Milliy kutubxonasi 3 mln. dan ortiq asar, Kembrij va Oksford untlarining kutubxonalari va boshqa Eng yirik muzeylari: Britaniya muzeyi 1753. Milliy galereya 1824, Teyt galereyasi 1897, Shotlandiya Kirollik muzeyi 1854 va boshqa

Ilmiy muassasalarn. B.B. fani taraqqiyotida Oksford 1167 va Kembrij 1209 universitetlari katta ahamiyatga ega. 1662 yilda London Qirollik jamiyati tashkil topdi. Bu jamiyat B. B. fanini, ayniqsa tabiat fanlarini taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega boldi. 1675 yil Grinvichda B. B.ning astronomiya sohasidagi asosiy ilmiy muassasasi - Qirollik rasadxonasi ochildi. 1945 yildan boshlab ilmiy tadqiqot markazlari kupaya bordi. 1990-yil ortalarida 50 ga yakln universitet va kollejlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususiy sanoat laboratoriyalari hamma tadqiqot ishlarining yarmidan kopini bajaradi. Kop firmalarda 500 dan ortiq kishi ishlaydi ham tadqiqotlar olib bori l ad i. Kooperativ tadqiqot assotsiatsiyalari urushdan keyingi yillarda ikki baravardan koproq ortdi. Davlat tadqiqot institutlari va markazlari ham mavjud. 1954 yilda yadro fizikasi va energetika muammolarini tadqiq qiluvchi bir nechta davlat institutlari tashkil topdi. Mikrobiologiya, kvant elektronikasi, radioastronomiya va boshqa sohalarga oid tadqiqot olib boradigan ilmiy markazlar tuzildi. B. B.ning yirik ilmiy muassasalari: Tabiat togrisidagi bilimlarni rivojlantirish boyicha London Qirollik jamiyati, Grinvich rasadxonasi, Qirollik sanat akademiyasi, Britaniya akademiyasi, B. B. Klrollik instituti, Angliya va ingliz tili togrisidagi bilimlarni yoyish boyicha Britaniya kengashi hammasi London shahrida, Edinburg qirollik jamiyati.

Matbuoti, radnoeshnttirishi va telekorsatuvi. B.B.da juda kop gaz. va jurnallar nashr etiladi. Eng muhimlari: "Gardian", "Deyli meyl", "Deyli star", "Tayme", "Vumen" va boshqa B. B.da Press Assoshieyshn ichki axborot toplashga va ommalashtirishga ixtisoslashgan yetakchi axborot agentligi, 1868 yilda asos solingan, Reyter xalqaro axborot tarqatishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri, 1851 yilda tashkil etilgan; asoschisi Paul Yulius Reyter nomi bilan ataladi matbuot agentliklari bor.

B. B.da radioeshittirishlar 1922 yildan, telekorsatuvlar 1936 yildan olib boriladi. B. B.da 400 ga yaqin radiostansiya, 180 ga yaqin asosiy va 400 dan ortiq yordamchi telestudiyalar mavjud. Britaniyaning yetakchi radioeshittirish va telekursatuv korporatsiyasi - "British Brodkasting Korporeyshn" - Bibisi 1922 yilda tashkil etilgan.

                                     

6. Adabiyoti

Ingliz adabiyoti 5 - 6-asrlarda vujudga kela boshlagan. 5 - 11-asrlarda anglosaks shevalarida xalq naqllari va qushiqlari yaratildi, ular asosida "Beovulf" qahramonnomasi vujudga keddi. B. B.ni normannlar zabt etgach 11-asr, yuqori tabaqa kishilari orasida fransuz tili rasm bulib qoldi, adabiyot fransuz, lotin va ingliz tillarida rivojlandi. 14-asrning ikkinchi yarmiga kelib, orta ayerlar B. B. adabiyoti yuqori bosqichga kotarildi. Monarxiya davlatining mustahkamlana borishi bilan B. B. adabiyoti milliy harakter kasb etdi. Ritsarlik romani ananalari davom etishi bilan bir qatorda U. Leglendning "Qoshchi Pyotr haqida tush" poemasi, J. Choserning "Kenterberi hikoyalari" da ezilgan dehqonlarning feodal zulmiga qarshi harakatlari, ijtimoiy guruhlar hayoti realistik aks etdi. Uygonish davri B. B. adabiyotida barcha janrlar taraqqiy etdi. Buyuk gumanist, utopist sotsialist T. Morning "Utopiya" romani, F. Sidney sonetlari, E. Spenser sherlari yuzaga keldi. "Yakov IV", "Jorj Grin Vekfild dalasi qorovuli" Robert Grin, "Ulug Temur", "Doktor Faustning fojiali tarixi", "Malta yahudiysi" Kristofer Marlo kabi tarixiy tragediyalar yaratildi. Uygonish davri B. B. adabiyotining yuqori bosqichi V. Shekspir ijodi bilan uzviy bogliqdir. Salaflaridan farqli ravishda Shekspir yangi - burjua davri kishisi harakteridagi ziddiyatlarni, manaviy ozgarishlarni, shaxs bilan muhit orasidagi nomuvofiqlikning asoslarini tasvirladi. Adibning ijtimoiy falsafiy tragediyalari Yevropa adabiyotida keskin burilish yasadi. Uygonish davrining songgi vakili J. Miltonning qator epik dostonlari va "Samson kurashchi" tragediyasida barokko uslubi namoyon boldi.

18-asr ingliz marifatchilik adabiyoti uchun jamiyat demokratik tabaqalari manfaatlarini yoqlab, ilgor goyalarni targib qilish xosdir. Bu davrda sheriyat, dramaturgiya rivojlandi, roman yetakchi janrga aylandi. J. Svift burjua jamiyati illatlarini achchiq satira ostiga oldi "Gulliverning sayohatlari", D. Defo insonning kuch-qudrati, zor irodasi, tabiatni buysundiruvchi mehnatini madh etdi "Robinzon Kruzo". 19-asr B. B. adabiyotidagi asosiy adabiy yonalishlar romantizm va tanqidiy realizmdir. Reaksion romantiklar feodal tartiblarni qayta tiklashga urinsalar, ilgor romantiklar J. Bayron, P. Shelli burjua voqeligidan norozi holda, kelajakda adolatning tantana qilishiga ishonch bildirdilar. V. Skottning "Puritanlar", "RobRoy", "Ayvengo" kabi romanlarida mehnatkash xalqning otmishi, urfodati, siyosiy kurashlari oz ifodasini topdi. Ch. Dikkens "Oliver Tvist", "Dombi va uning ugli", V. Tekkerey "Snoblar kitobi", "Shuhratparastlar yarmarkasi" jamiyatdagi qabohatlarni fosh etdilar. 19-asrning oxiri B. B. adabiyotida realizm bilan bir qatorda dekadentlik, naturalizm, neoromantizm oqimlari paydo boldi.

19-asrning oxiri, 20-asrning boshidagi realistik yozuvchilar tahqirlangan oddiy kishining qadrqimmatini himoya qildilar. 20-asr tanqidiy realizmning rivojida B. Shou, J. Golsuorsi ijodi muhim bosqich boldi. 20-asrning ikkinchi yarmida dekadentlik va boshqa reaksion oqimdagi yozuvchilar ijodi inqirozga uchradi, ularning ayrimlari mustamlakachilik siyosatidan yuz ogirib, voqelikni togri korsatishga intildilar, taraqqiyparvar adiblar ijodi rivojlandi.

B. B. adabiyotining eng yaxshi namunalari ozbek tiliga tarjima qilingan: V. Shekspirning pyesalari, J. Sviftning "Gulliverning sayohatlari", D. Defoning "Robinzon Kruzo", E. Voynichnint "Sona" romanlari va boshqa



                                     

7. Memorligi

B. B.da misjez davriga mansub ibtidoiy memoriy yodgorliklar Stonxenj - megalit inshooti va orta asrda qurilgan Vinchester, Norij va boshqa ibodatxonalar mavjud. Memorlikning rivojlanishi quyidagi davrlarga bolinadi: roman 11 - 12-asrlar; gotika ; uygonish davri 15 - 16-asrlar, bu davrda shahar va qishloklarda hashamatli turar joy binolari koproq qurildi; klassitsizm ; eklektikamodern 19-asr, binolarning ichiga har xil bezaklar berish, temir, beton va oynadan foydalanish avj oldi. 19-asr oxiri, 20-asr boshlarida shaharlar qurish, maktab, turar joy, maishiymamuriy binolar qurilishi kjsaldi. 20-asr boshlarida abstrakt funksionalizm hukm surdi. Urushdan keyingi yillari butun Yevropa boylab bu oqim inqirozga uchradi va boshqa "formalistik" va "yangi brutalizm" oqimlar bilan almashdi. L. Dreyk, D. Lesden, R. Metyu, L. Martin, G. Uinteringxem, J. Modeli kabi memorlar zamonaviy memorlikning rivojlanishiga hissa qoshdilar.

                                     

8. Tasviriy sanati

7 - 12-asrlarda yaratilgan Vinchester maktabiga mansub anglonormann miniatyuralari, tosh oymakorligi, keltlarning naqshli miniatyuralari saqlanib qolgan. 12-asrga mansub ibodatxonalarda haykalchalar ornatilgan, devorlariga naqsh va gullar solingan. 16-asr rassomligida portret salmoqli orin tutdi. X. Xolbeyn, N. Xilliard, A. Oliver kabi rassomlar bu sohada barakali ijod qilishdi. P. Leli, G. Neller, A. Van Deyk kabi rassomlar noziknihol aristokratlar portreta tipini, S. Kuper, J. Rayli kabi miniatyurachi rassomlar realistik portret sanatini yaratdilar.

18-asr birinchi yarmida paydo bolgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U osha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-asr ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri T. Geynsboro, J. Krom paydo boldi.

19-asr birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat ishxonalari bilan tola shaharlar, komkok maysazor dalalar, ormonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng orin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, otgan zamonni qomsab orta asr qol mehnati badiiy hunarmandlik ishxonalari, kitob bezaklariga qaytishni targib qildilar. 19-asr ortalaridagi realistik sanat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boldi.

19-asr oxiri, 20-asr boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boldi. Bu sanat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va boshqa rassomlar ijodida oz ifodasini topdi. 20-asrning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagishlagan.



                                     

9. Musiqasi

B. B. musiqasi qad. kelt qabilalari musiqa madaniyati zaminida tashkil topdi. Bardlar deb atalgan xalq qoshikchilari ijodida ballada doston qoshigi asosiy orin egalladi. Xristianlik tarqalishi bilan birga professional musiqa ijodiyoti cherkov aytimlari, organ ijrochiligi rivoj topdi. B. B. polifonik musiqasining ilk namunalari 11 - 12-asrlarda paydo boldi. Bular J. Dansteybl 15-asr ijodida rivojlandi. Uygonish davrida dunyoviy musiqa janrlari tashkil topdi. 16-asrda U. Byord, T. Uilks, J. Uilbi, J. Bull, O. Gibbone B. B.ning mashxur kompozitorlari bolishdi. 17-asrning oxirida G. Pyorsellnit "Didona va Eney" birinchi milliy operasi maydonga keldi. 18-asrda B. B.da G. Gendel, I. K. Bax, Y. Gaydn, M. Klementi yashab ijod etdilar. Musiqa muassasalari "KoventGarden" va Qirollik musiqa jamiyati, musiqa nashriyotlari barpo etildi.

19-asr oxirida ingliz kompozitorlik maktabiga asos solindi. Operalar yaratila boshladi. Ingliz musiqasi jahon musiqa madaniyatida kozga korinarli oringa chiqdi. Kompozitorlardan Eduard Elgar, R. VoanUilyams, Benjamin Britten bunda katta rol oynadilar. Londondagi Qirollik musiqa akademiyasi B. B.ning asosiy musiqa oquv yurtidir; Albertxoll, RoyyalFestivalxoll, shuningdek, 1967 yilda ochilgan Yelizaveta nomidagi konsert zallari ingliz konsert hayotining yirik markazidir. Estrada tomoshalari Londondagi Palladiumda qoyiladi. Mashhur "Bitlz" ansambli rokmusiqa rivojiga katta hissa qoshdi. Bibisi simfonik orkestri, London simfonik orkestri, "Yangi filarmoniya" simfonik orkestri olamga mashhur. Dirijyorlar J. Barbirolli, A. S. Boult, G. Vud, pianinochilar J. Mur, M. Limpani, J. Ogdon, J. Lill, skripkachilar A. Kampoli, G. Temyanka va boshqa 20-asrning atoqdi musiqachilaridir.

                                     

10. Teatri

B. B. teatri kurtaklari inson turmushi va mehnati bilan bogliq oyinlar va urfodatlardan boshlanadi. Orta asrlarda hukm surgan diniy drama keyinchalik dunyoviy mazmun kasb eta boshladi. 16-asrdan Kuchma professional teatrlar yuzaga kelib, Uygonish davrining insonparvarlik goyalarini ifodaladi. 16-asr oxiri - 17-asr boshi B. B. teatrining "oltin davri" boldi. Bu davrda 3 xil teatr bolgan: havaskor hunarmandlar teatri, "maktab" havaskorlari teatri, professional teatr. 18-asrga kelib, teatr marifatparvarlik goyalarini targib qildi, shu davrda Londonda ikki teatr "DruriLeyn", "KoventGarden" asosiy orinni egalladi. 19-asr dramaturgiyasi romantizmdan realistik qarashlarni qaror toptirishga otdi. Londonda "Old Vik" teatri 1818, StratfordonEyvon shahrida Shekspir yodgorlik teatri 1879, 1961 yildan Kirollik Shekspir teatri, "Mustaqil teatr" 1891 vujudga keldi. Ijrochilikda tabiiylik, sahnaviy ansambl uchun, Shekspir ijodini tiklash uchun kurash boshlandi. B. B. teatrida sahnaviy realizm "Kort" teatri 20-asr boshi faoliyatida qaror topdi. Unda B. Shou va G. Ibsenning realistik pyesalari qoyildi. 20-asrning 30 - 40-yillarida teatrlar repertuari B. Pristli asarlari bilan boyidi. J. Osbornning "Nafratlansang, orqaga qayrilib qara" pyesasi 1956 "jahldor yigitlar" dramaturgiyasini boshlab berdi. 1963 yil Londonda Milliy teatr ochildi. Artistlar P. Skofild, L. Olivye, V. Li, P. O.’Tul, D. A. Xilgut, R. Richardson, rejissyorlar P. Bruk, P. Xoll, J. Litlvud B. B. teatrining atoqpi namoyandalari hisoblanadi. B. B.dagi teatr oquv yurtlari: Qirollik drama sanati akademiyasi 1904 yildan, Bristol universitetining teatr fakulteti.

B. B.da teatr raqsi orta asr oxirlarida vujudga keldi. Londonda tashkil etilgan Qirollik musiqa akademiyasi 1720 balet taraqqiyotida katta rol oynadi. B. B.da "Qirollik baleti", "Balle Ramber", "Londone festival balle", "Uestern tiyetr balle" kabi balet truppalari bor.

B. B. sirki 18-asrda laydo bolib, F. Astley 1742 - 1814 ijodida yuqori pogonaga kotarildi. U ot oynatuvchilar maktabiga asos soldi, sirkning keyingi taraqqiyotida A. Dyukro, J. Sanjer, B. Milslar katta rol oynadi. B. B.da yezda kochma sirklar ishlaydi.

Kinosn. B. B.da kino ishlab chiqarish 1896 yildan boshlandi. 1929 yil birinchi tovushli film "Tovlamachilik" yaratildi. Shu yili hujjatli film l ar maktabi vujudga keldi. A. Kordaning 1932 yilda tashkil etgan "London filme" firmasi B. B. va chet el kino arboblari ishtirokida birmuncha yuqori saviyali filmlar yaratdi. Ikkinchi jahon urushi davrida yaratilgan filmlarda ilgor tamoyillar kuchaydi. Urushdan song ingliz klassiklari asarlarini ekranlashtirish avj oldi. Hujjatli filmlar ishlab chiqarishda "Ozod kino" guruhi samarali ish qildi 195659. 6070-yillarga oid "Oziga xos ishq" rejissyor J. Shlezinger, "Yolgonchi Billi", "Sportchilar hayoti" rejissyor L. Anderson, "Qanday saodatli kun edi" 1972, "Bayram asnosida" 1975 kabi filmlarda xalq hayotini haqqoniy aks ettirish, murakkab, ziddiyatli harakterlar yaratishga intilish sezildi. V. Li, A. Ginness, D. Bogard, R. Harris, A. Finni, P. Finch, R. Tashingem B. B. kinosining mashhur artistlaridir.

                                     

Greenwich qirollik tumani

Greenwich qirollik tumani, Birlashgan Qirollikning poytaxti bolgan Londonning janubi-sharqiy qismida joylashgan bir tuman. Ushbu tuman oz nomini tarixiy shahar Greenwichdan olgan. Ushbu tumanning aholi soni 286.186 2018 bolib, 1-Aprel 1965-yilda asos solingan. Maydoni 47.35 km 2.