ⓘ Shaharlar ..

Abidjan

Abidjan – Kot-d’Ivuardagi shahar va asosiy port. Abidjan departamentining ma’muriy markazi. Gvineya qoltigi sohilida. Maydoni qariyb 20 km². Aholisi shahar atrofi bilan 2 mln. kishi, asosan afrikaliklar. Abidjan – Afrikadagi zamonaviy shaharlardan. Abidjanga 19-asrning 80-yillarida fransuzlar asos sol-gan. 1934 yildan Fransiyaning Fil Suyagi Qirgogi mustamlakasining ma’muriy markazi. Mamlakatning tashqi savdosi Abidjan orqali olib boriladi. Abidjan Garbiy Afrikaning eng yirik portlaridan biri, xalqaro aeroport bor. Oziq-ovqat, nef-tni qayta ishlash, yengil sanoat korxonalari mavjud. Univer ...

Balanjar

Balanjar - Shimoliy Kavkazdagi orta asr shahri. Shimoliy Dogistondagi Suloq daryosi boyidagi Andreevo qishlogi ornida bolgan deb taxmin etiladi. Rivoyatga kora, Balanjarga afsonaviy Balanjar ibn Yofas asos solgan. Tarixiy manbalar Balanjarni 6-asrdagi voqealar munosabati bilan tilga olganlar. Unga kora, Balanjarni sosoniylar qoshini bosib olgan. Masudiyning yozishicha, Balanjar 8-asr gacha Xazar xoqonliginiit poytaxtlaridan biri bolgan. 7 - 8-asrlarda Xalifalik qoshinlariga qarshi qattiq qarshilik korsatgan.

Barchinligkend

Barchinligkend, Barchkend, Barchin - Sirdaryo boyida joylashgan orta asr qala-shaharlaridan biri ; Jand viloyatiga kirgan. Oltin Orda davrida B.da zarb qilingan mis tangalarda "Barchin" yozuvi uchraydi. 13-asr 2-yarmida B.ga tarixchi Jamol Qarshiy kelib, uni oz asarida Barchkend deb qayd etgan. Bu davrda B.da turkmanlar yashaganlar, shahar atrofida qorgonlar va qum barxanlari yastanib yotgan, shaharda ilm-fan, manaviy hayot taraqqiy etgan. Jamol Qarshiy B.da arab, fors, turkiycha sherlar bitgan mahalliy olimning maruzasini tinglaganini yozadi. 15-adan song B. atamasi manbalarda tilga olinm ...

Changsha

Changsha - Xitoyning markaziy qismidagi shahar. Xunan provinsiyasining mamuriy markazi. Aholisi 6.1 million kishi. Transport yollari chorrahasi. Syanszyan daryosi boyidagi port. Rivojlangan qishloq xojaligi rayonining markazi. Yengil va oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Polat, alyuminiy, stanoklar, elektr va sanoat jihozlari, vagonlar, ogitlar ishlab chikariladi. Yirik sholi bozori. Xoz. shahar ornidagi aholi yashaydigan manzil miloddan avvalgi 5-asrdan malum.

Davao

Davao - Filippindagi shahar. Davao provinsiyasining mamuriy markazi. Mindanao oroldagi Davao buxtasidagi port. Xalqaro aeroport bor. Aholisi 1.1 mln. kishi. Abaka yetishtiriladigan va ularga ishlov beriladigan rayonning muhim markazi hamda Mindanao o.ning asosiy savdo shahri. Yogoch-sozlik, oziq-ovqat sanoati korxona-lari bor. D. orqali chetga abaka, kopra va yogochtaxta chiqariladi.

Genuya

Genuya - Italiya shim.dagi shahar, Liguriya dengizining Genuya qoltigi sohilida. Genuya provinsiyasining mamuriy markazi, Liguriya viloyatidagi eng katta shahar. Aholisi 700 ming kishidan ziyod. Mamuriy jihatdan yoldosh shaharlari bilan birga Katta Genuya deb ataladi. Genuya mil. av. 1-asrda ligurlar turar joyi bolgan, 3-asrda rimliklar bosib olgan. 16-asrdan Ispaniya, songra Avstriya qol ostida. 1805 yilda Franiiyaga qoshib olingan. 1815 yildan Sardiniya qirolligi tarkibida. Genuya mamlakatning yirik porti va muqim sanoat markazlaridan. Italiya shim.dagi sanoat rayonlari tashqi savdo aloq ...

                                     

Bifleem

Vifleem - Falastindagi shahar, Quddusning janubida. Bibliyaga binoan podshox. Dovudning vatani va Iso paygambar tavallud topgan joy.

                                     

Diredava

Diredava, Diredaua - Efiopiyadagi shahar, mamlakatning sharqiy qismida. Aholisi 195 ming kishidan ziyod. Transport yollari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Toqimachilik, sement, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qishloq xojaligi rayonining savdo markazi.

                                     

Qirqqala

Qirqqala - Turkiyadagi shahar, Anadolu yassitogligining markaziy qismida. Aholisi 205.1 ming kishi. Harbiy sanoat markazi: qurolyarog, oq-dorilar ishlab chiqariladi. Polat eritish zavodi, kimyo va mashi-nasozlik korxonalari mavjud.