ⓘ Akromiylar - islomdagi diniy-siyosiy guruh. 1997-1999 yillarda Fargona vodiysida paydo bolgan. Guruh asoschisi -Akrom Yoldoshev. Guruh azolari, asosan, hunarman ..

                                     

ⓘ Akromiylar

Akromiylar - islomdagi diniy-siyosiy guruh. 1997-1999 yillarda Fargona vodiysida paydo bolgan. Guruh asoschisi -Akrom Yoldoshev. Guruh azolari, asosan, hunarmandlardan iborat bolgan. Ular rasmiy ishxonalardan boshab, jamoa maqullagan mehnat faoliyati bilan shugullanganlar. Ular mavjud tuzumni tan olmaydilar, davlat, qonun, ota-onaga emas, faqat oqim sardorlariga boysunish lozim deb hisoblaydilar. Akromiylar asoschisi vahhobiylik talimotiga tayanib, 1992 yilda 12 darsdan iborat "Imonga yol" deb nomlangan dastur ishlab chiqqan. Dasturda oxirgi maqsad - islom davlatini barpo etishdan iborat ekani takidlangan. Akromiylar siyosiy hokimiyatga erishishning 5 bosqichini rejalashtirganlar: 1. "Sirli" yoki "maxfiy".

2. Moddiy.

3. Manaviy.

4. "Uzviy maydon".

5. "Tontarish". Dasturda diniy taassubga moyilligi bor shaxs tanlab olinishi, uning moddiy hayoti yaxshilanishi, ekstremizm, terrorchilik ruhidagi adabiyotlar bilan tanishtirilishi, boshliqning topshiriqlarini sozsiz bajarishi va nihoyat mavjud konstitutsiyaviy tuzumni agdarib tashlab, oz hokimiyatlarini ornatishi bayon etilgan. Akromiylar hozirgi kunda musulmonlarga namoz, roza, zakot, haj farz emas, chunki biz kufr davlatida yashamoqdamiz, deb hisoblaydilar. To islom davlati qurilmaguncha, mazkur ibodatlarni bajarish shart emas deb qaraydilar.

Ozbekiston musulmonlari bu oqimni islomga yot oqim deb baholadi. Oqim xalqning keskin qarshiligiga uchradi va faoliyati barham topdi.