ⓘ Haj surasi - Quronning 22-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 332–341-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 103-bolib nozil bolg ..

                                     

ⓘ Haj surasi

Haj surasi - Quronning 22-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 332–341-sahifasida va 17-juzida joylashgan. 103-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Sura dillar dahshatga tushib, aqllar adashadigan, ona emizayotgan godagini unutib, homilador ayol homilasini tashlab yuboradigan Qiyomat oldi dahshatlarini tasvirlash bilan boshlanadi va oz hayotlarini Tangri taolo buyurgan dini Islom ahkomlariga amal qilish bilan otkazgan kishilar uchun osha Kunda ham hech qanday xavf-xatar bolmasligi, dinu iymonsiz tirikchilik qilib otgan kimsalar esa U Kunda xoru rasvo bolishlari takidlanadi.

Malumki, agar Makkada nozil qilingan suralarda soz asosan iymon, etiqod haqida ketsa, Madinada nozil qilingan suralarda goliban shariati Islomiyyadagi qonun-qoidalar zikr qilinadi. Inchunun ushbu sura ham bundan mustasno emas. Bu surada Islom dinining besh asosiy ruknidan biri bolmish Haj ibodati va Odam alayhis-salomdan qolgan "Eski Uy - Baytulloh" xususida ancha batafsil bayon qilinadiki, suraning "Haj" deb nomlanishiga ham sabab shudir.