ⓘ Mominun surasi - Quronning 23-surasi. Makkiy suralardan biri, 118 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 342–349-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 74-bolib nozil b ..

                                     

ⓘ Mominun surasi

Mominun surasi - Quronning 23-surasi. Makkiy suralardan biri, 118 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 342–349-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 74-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Sura Alloh Taoloning borligi va birligiga hamda Muhammad alayhis-salom U zotning songgi paygambari ekanligiga iymon keltirgan mominlar Firdavs boglariga merosxor bolish uchun qaysi amallarni qilib, qaysi amallardan tiyilishlari lozim ekanligini bayon qilish bilan boshlanadi. Shu boisdan u "Mominlar" deb atalgandir.

Bu surada ham otmishdagi ayrim paygambarlar va ularga mushriklar tomonidan yetgan ozorlar zikr qilinishi bilan paygambar alayhis-salomga Makka kofirlarining yetkazayotgan aziyatlarida tasalli beriladi, Suraning mehvari oqi asosan bu dunyodagi hayot uchun qayta tirilish haq ekani atrofida aylanadi. Yana bu surada hayotlarini kufr bilan otkazgan kimsalarning "sakarotul-mavt - olim mastligi" chogida tortadigan azoblari, ajallari yetib - orzu-xayollari puchga chiqqan paytida chekadigan afsus- nadomatlari ham bayon qilinadi.

Sura odamlar ikki toifaga: baxtli va badbaxtlarga bolinadigan, har qanday nasl-nasab, qarindosh-urugchilikdan toniladigan, faqat iymon va qilingan yaxshi amalgina foyda beradigan Qiyomat kuni haqida xabar berish bilan nihoya topadi.