ⓘ Furqon surasi - Quronning 25-surasi. Makkiy suralardan biri, 77 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 359–366-sahifasida va 18-19-juzida joylashgan. 42-bolib nozil ..

                                     

ⓘ Furqon surasi

Furqon surasi - Quronning 25-surasi. Makkiy suralardan biri, 77 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 359–366-sahifasida va 18-19-juzida joylashgan. 42-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Sura ushbu Furqonni - haq bilan botilni ajratib berguvchi Kitobni Muhammad alayhis-salomga Buyuk Tangri nozil qilganini takidlash bilan boshlanadi.

Songra: "Nega paygambar farishta emas, balki oddiy odamlarga oxshab taom yeb, bozorlarda yuradigan insondan bolar ekan", deydigan sarkash mushriklarning davolari qatiy hujjatlar bilan rad etiladi.

Yana bu surada dohiy "dost" larning vasvasalariga uchib, oz iymon-etiqod va dinu- diyonatlaridan voz kechgan kimsalar oxiratda bu qilmishlaridan afsus-nadomat chekib, barmoqlarini tishlab qolishlari haqida ogohlantirib otiladi.

Sura nihoyasida esa Rahmon bandalari - haqiqiy momin-musulmonlarning sifatlari va ularni jannat nematlariga erishishlariga sabab boladigan xulq-atvorlari tasvirlanadi.

Quroni Karimda, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha ilohiy kitoblar Furqon - haq bilan nohaqni ajratib berguvchi Kitob, deb atalaveradi. Bu suraga nom bolgan Furqondan murod esa Qurondir.