ⓘ Shuaro surasi - Quronning 26-surasi. Makkiy suralardan biri, 227 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 367–376-sahifasida va 19-juzida joylashgan. 47-bolib nozil bo ..

                                     

ⓘ Shuaro surasi

Shuaro surasi - Quronning 26-surasi. Makkiy suralardan biri, 227 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 367–376-sahifasida va 19-juzida joylashgan. 47-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

U Quronning Alloh tomonidan nozil qilingan ochiq oyatlardan iborat eslatma ekanini takidlash bilan boshlanib, paygambar alayhis-salomga mushriklarning iymonsizliklaridan qaygurmaslik kerakligini uqtiradi va ular yaqinda - Qiyomat kunida Allohning azobiga duchor bolishlari haqida xabar beradi.

Bu surada ham avval otgan ayrim paygambarlar haqida hikoya qilinib, ularning barchalari bir narsaga - yakkayu yagona Allohga iymon keltirib, U zotning Ozigagina itoat etishga davat qilganlari aytiladi va ularni yolgonchi qilgan kimsalarning topgan oqibat-halokatlari tasvirlanadi.

Sura nihoyasida soz yana Quronga qaytib, uning jinlar keltirgan chopchak yo shoirlar bitgan sher emas, balki Alloh tomonidan Jabroil farishta vositasida ochiq arab tilida nozil qilingan ilohiy Kitob ekanligi takidlanadi.

Bu suradan Tangri taoloning shoirlar haqidagi oyatlari ham orin olgani sababli u "Shuaro" surasi deb atalgandir.