ⓘ Naml surasi - Quronning 27-surasi. Makkiy suralardan biri, 93 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 377–385-sahifasida va 19-20-juzida joylashgan. 48-bolib nozil bo ..

                                     

ⓘ Naml surasi

Naml surasi - Quronning 27-surasi. Makkiy suralardan biri, 93 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 377–385-sahifasida va 19-20-juzida joylashgan. 48-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Ushbu surada paygambarlardan Muso, Solih, Lut alayhis-salomlarning qissalari zikr qilinadi va, xususan, Dovud va Sulaymon paygambarlar haqida bir qadar batafsil toxtalib, Sulaymon alayhis-salom Alloh taoloning paygambari bolish bilan birga yana jamiyki insu-jin va parrandayu-darranda olamiga podshoh qilingani togrisida hikoya qilinadi hamda u zot bilan Saba mamlakatining Malikasi Bilqis ortasida bolib otgan voqealar ham tasvirlanadi.

Yana bu surada Qurondagi pand-nasihat, ibrat-eslatmalardan faqat kozi ochiq kishilargina foydalanishlari mumkinligi ayricha takidlab otiladi.

Shuningdek, qiyomat qoyim bolishi oldidan yer yuziga chiqadigan jonivor haqidagi xabar hamda momin va kofirlarning qiyomat kunidagi ahvoli xususidagi ibratli oyatlar ham shu suradan joy olgandir.

Surada Alloh taoloning eng zaif va zahmatkash maxluqlaridan biri bolgan chumoli haqida ham zikr qilingani sababli uni "Naml - Chumoli" surasi deb atalgandir.