ⓘ Qasos surasi - Quronning 28-surasi. Makkiy suralardan biri, 88 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 385–396-sahifasida va 20-juzida joylashgan. 49-bolib nozil bolg ..

                                     

ⓘ Qasos surasi

Qasos surasi - Quronning 28-surasi. Makkiy suralardan biri, 88 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 385–396-sahifasida va 20-juzida joylashgan. 49-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Sura oz mano-mohiyati etibori bilan "Shuaro" va "Naml" suralarining davomidir.

Bu surada insonlar ibrat olishlari uchun ikki zolim kimsaning qilgan kirdikorlari va topgan oqibat-halokatlari haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri qol ostidagi hukmu-saltanat sababli ozidan ketib, hatto ozini xudo deb atashgacha borib yetgan zolim va mustabid podshoh Firavn bolsa, ikkinchisi topgan molu-davlatiga mast bolib, dinu-diyonatni unutgan Qorundir, Quron ulardan birini suv, ikkinchisini esa yer yutgani haqida xabar beradi.

Bu surada Alloh taoloning suyukli paygambarlaridan Muso alayhis-salomning tugilishlaridan tortib, qanday paygambar bolganlari va korgach-kechirgan ibratli sarguzashtlari boshqa suralarga nisbatan mufassal va mukammal soylangani sababli uni "Qasas-Qissa" deb atalgandir. Sura ikki dunyo saodati bolmish iymon-etiqodga davat qilish bilan xotimalanadi.