ⓘ Ankabut surasi - Quronning 29-surasi. Makkiy suralardan biri, 69 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 396–404-sahifasida va 20-21-juzida joylashgan. 85-bolib nozil ..

                                     

ⓘ Ankabut surasi

Ankabut surasi - Quronning 29-surasi. Makkiy suralardan biri, 69 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 396–404-sahifasida va 20-21-juzida joylashgan. 85-bolib nozil bolgan. Surada ozlari yasagan but - sanamlarga ozlari siginuvchi mushriklar ozi toqigan toriga ishonib yashovchi orgimchakka oxshatiladi. Shuningdek, unda imon-etiqodli, yaxshi odamlar boshiga sinov uchun koproq musibatlar tushishi, hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli otish yollari, paygambarlar tortgan tashvish va aziyatlar haqidagi qissalar, Quroni karimning mo jizaligi va boshqa ilohiy nasihatlar oz ifodasini topgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. Alif, Lom, Mim.

2. Odamlar: "Imon keltirdik", - deyishlari bilangina, sinalmagan hollarida, qoldiriladilar, deb oyladilarmi?!

3. Biz ulardan oldingi imonli kishilarni sinagan edik-ku! Bas, shu sinov bilan va usiz ham, albatta, Alloh imonda sodiq kishilarni bilur va shuningdek, yolgonchilarni ham aniq bilur!

4. Yoki yovuz ishlarni qiladigan kimsalar Bizdan ozib ketishni qutulishni oylaydilarmi?! Naqadar yomon hukm chiqaradilar?!

5. Kimki Allohga robaro bolishdan umidvor bolsa, bas, Allohning belgilangan fursati, albatta, keluvchidir. U eshituvchi va biluvchidir!

6. Kim jihod qilsa, faqat ozi uchun jihod qilur. Zero, Alloh barcha olamlardan behojatdir! Izoh: Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.

7.Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarning gunohlarini, albatta, ochirurmiz va ularni qilib otgan chiroyli amallari bilan mukofotlarmiz!

8. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Ammo agar ular sen bilmagan narsalarni soxta mabudalarni Menga sherik qilishingga zorlasalar, u holda ularga itoat etmagin! Barchangiz Menga qaytursiz, bas, Men oshanda sizlarga qilib otgan amallaringiz xabarini berurman!

9. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, solih bandalar qatoriga kiriturmiz.

10. Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ozlari: "Allohga imon keltirdik", - deydi-da, song Alloh yolida ozorlansa, odamlarning bu fitna ozorlarini Allohning azobidek bilur. Qasamki, agar Rabbingiz tomonidan galaba kelsa, shubhasiz ular: "Albatta, bizlar sizlar bilan birga edik", - derlar. Axir, Alloh barcha olamlarning dillaridagi narsalarni yaxshi biluvchi emasmi?!

11. Albatta, Alloh imon keltirganlarni ham, munofiqlarni ham yaxshi bilur. 12. Kofir bolganlar imon keltirganlarga: "Sizlar bizlarning yolimizga ergashinglar, gunohlaringizni bizlar kotarurmiz" deydilar. Holbuki, ularning gunohlaridan biror narsani kotara oluvchi emasdirlar. Albatta, ular yolgonchidirlar!

13. Albatta, ular ozlarining yuk gunohlarini ham, u yuklari bilan birga boshqa yuklarni ham kotarurlar va albatta, qiyomat kunida ozlari toqib olgan yolgonlari togrisida soralurlar.

14. Biz Nuhni oz qavmiga paygambar qilib yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil turdi. Bas, ularni zolim kofir bolgan hollarida tofon balosi tutdi.

15. Song Biz Nuhga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni barcha olamlarga ibrat qilib qoydik.

16. Ibrohimni eslang - u oz qavmiga degan edi: "Allohga ibodat qilinglar va Undan qorqinglar! Agar biluvchi bolsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.

17. Sizlar Allohni qoyib faqat butlarga ibodat qilmoqdasizlar va ularni ilohlar deb yolgon toqimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qoyib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizq berishga qodir emaslar. Bas, shunday ekan, sizlar rizqni Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar va Unga shukr qilinglar. Sizlar Ungagina qaytarilursizlar!

18. Agar sizlar Paygambarimni yolgonchiga chiqarsangizlar, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham oz paygambarlarini yolgonchiga chiqargandirlar. Paygambar zimmasida esa faqat Allohning buyruqlarini bandalariga aniq yetkazishlik bordir".

19. Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor yoqdan yaratishini songra qiyomat kunida U osha yaratgan narsasini qaytarishini kormadilarmi?! Albatta, bu Allohga osondir!

20. Ey, Muhammad, ayting: "Yerda sayr qilib Alloh qanday qilib yaratishni boshlaganini koringlar. Songra Alloh qiyomatda ikkinchi marta paydo qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir!

21. U Ozi xohlagan kimsalarni azoblar va Ozi xohlagan kishilarga rahm qilur. Ungagina qaytarilursizlar!

22. Sizlar na Yerda va na osmonda hech kimni ojiz qoldiruvchi emasdirsizlar. Sizlar uchun Allohdan ozga biror dost va yordamchi yoqdir!"

23. Allohning oyatlarini va U bilan muloqotda bolishni inkor qilgan kimsalar, aynan oshalar Mening rahmatimdan noumid mahrum kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.

24. Bas, Ibrohimga qavmining javobi faqat: "Uni oldiringlar yoki yoqib yuboringlar", - deyishlari boldi. Songra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir!

25. Ibrohim aytdi: "Sizlar faqat dunyo hayotidagi ozaro dostlashishingizni kozlab, Allohni qoyib, butlarni tutdingizlar. Songra qiyomat kunida bazilaringiz peshvolaringiz bazilaringizdan ergashuvchilardan tonur, bazilaringiz bazilaringizni lanatlar. Borar joyingiz dozaxdir. U joyda sizlar uchun yordam beruvchilar yoqdir!"

26. Bas, Lut unga imon keltirdi. Ibrohim aytdi: "Albatta, men Rabbim buyurgan tomonga hijrat qiluvchidirman. Albatta, Uning Ozigina qudrat va hikmat egasidir!"

Izoh: Ibrohim a. s.ni olovga tashlaganlarida yonib ketmasdan omon qolganlarini korib, Lut a. s. birinchi bolib, uning barhaq paygambarliklarini tasdiq etib, imon keltirganlar.

28. Lut oz qavmiga: "Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan hech kim uni qilmagan edi.

29. Haqiqatan ham sizlar xotinlaringizni qoyib erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi; majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi-a?!" - deganini eslang. Bas, Lut qavmining javobi faqat: "Agar sen rostgoy kishilardan bolsang, bizlarga Allohning azobini keltir", - deyishlari boldi.

30. Shunda u aytdi: "Ey, Rabbim, bu buzgunchilar qavmi ustidan Ozing meni golib qil!"

31. Qachonki, elchilarimiz farishtalar Ibrohimga farzand korishi haqidagi xushxabarni keltirishgach, aytdilar: "Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uning aholisi zolimdirlar!"

32. Ibrohim: "Axir, u yerda Lut bor-ku?" - dedi. Ular aytdlar: "Bizlar u joyda kim borligini biluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni Lutni va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi halok boluvchilardandir".

33. Qachonki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon holga tushdi va ular tufayli yuragi siqildi. Ular dedilar: "Qorqma va gam chekma! Albatta, bizlar senga va ahlingga najot beruvchilardirmiz. Magar xotining qoluvchi halok boluvchilardandir".

34. Biz fosiq itoatsiz bolganlari uchun bu qishloq ahli ustiga osmondan azob tosh yogdiruvchidirmiz.

35. Biz aql yurgizadigan qavmga ibrat uchun u qishloqdan aniq asorat qoldirgandirmiz.

36. Madyan qavmiga oz birodarlari Shuaybni paygambar qildik. Bas, u aytdi: "Ey, qavmim, Allohga ibodat qilingiz va oxirat kunidan umidvor bolingiz hamda Yer yuzida buzgunchilik qilib yurmangiz!"

37. Ular Shuaybni yolgonchiga chiqarishgach, ularni dahshatli zilzila tutib, turgan joylarida murdaga aylandilar.

38. Od va Samud qabilalarini ham halok qildik. Bu sizlarga ularning maskanlaridan xarobalardan korinib turibdi. Shayton ularga qilayotgan amallarini chiroyli korsatib, ularni haq yoldan tosdi. Holbuki, ular aql-idrokli kishilar edi.

39. Qorun, Firavn va Homonni ham halok qildik. Muso ularga paygambar ekaniga hujjatlarni keltirganida, ular yer yuzida kibrhavo qildilar va lekin ozib ketuvchi bolmadilar.

40. Biz ularning har birini oz gunohi bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yogdirganlar ham, ular orasida dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz yerga yuttirganlar va ular orasida Biz suvga garq qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi bolmadi, lekin ular ozlariga jabr qiluvchi boldilar.

41. Allohdan ozgalarni dost tutgan kimsalarning misoli xuddi in qurib olgan orgimchakka oxshaydi. Inlarning eng nimjoni esa, albatta, orgimchak inidir, agar bilsalar!

42. Albatta, Alloh ularning Uni qoyib, iltijo qilishayotgan narsalarini bilur! U qudrat va hikmat egasidir!

43. Ushbu masallarni Biz odamlar ibrat olishlari uchun ayturmiz. Lekin ularni faqat olimlargina anglagaylar.

44. Alloh osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratgandir. Albatta, bunda mominlar uchun alomat bordir!

45. Ey, Muhammad, Sizga Kitob Quron dan vahiy qilingan narsani tilovat qiling va namozni mukammal ado eting! Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri barcha narsadan ulugdir! Alloh qilayotgan ishlaringizni bilib turur.

46. Ey, mominlar, sizlar Kitob ahli bilan faqat eng chiroyli uslubda munozara qilinglar, illo ularning orasidagi zulm tajovuz qilganlar bundan mustastnodirlar. Shuningdek, aytinglar: "Bizlar ozimizga nozil qilingan Quronga ham, sizlarga nozil qilingan Tavrot va Injilga ham imon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz va sizlarning ilohingiz bir Ilohdir va bizlar Ungagina boyin sunuvchimiz".

47. Ey, Muhammad, shuningdek, Sizga Kitob Quron nozil qildik. Bas, Biz Kitob Tavrot va Injil ato etgan zotlar unga Quronga imon keltirurlar. Ana ular Makka ahli orasida ham unga imon keltiradigan kishilar bordir. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor qilurlar.

48. Siz ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va oz qolingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda buzgunchilar, albatta, shubhaga tushgan bolur edilar. Izoh: Yani, ular: "Muhammad yozuvchi bolgani uchun Quronni ozi yozib chiqayotgandir", - deb shubha qilishlari mumkin edi.

49. Yoq, u Quron ilm berilgan zotlarning dillaridagi aniq oyatlardir! Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilurlar.

50. Ular kofirlar: "Unga Muhammadga ham Parvardigori tomonidan mojizalar tushganida edi", - dedilar. Ayting: "Mo jizalar Allohning huzuridadir. Men esa faqat aniq ogohlantiruvchiman, xolos".

51. Axir ularga tilovat qilinayotgan shu Kitobni Biz Sizga nozil qilganimiz ular uchun yetarli emasmi?! Albatta, bu Kitobda imon keltiradigan qavm uchun rahmat va eslatma bordir!

52. Ayting: "Alloh men bilan sizlarning ortangizda yetarli guvohdir. U osmonlar va Yerdagi bor narsani bilur. Botil narsaga butlarga imon keltirib, Allohga kofir bolganlar - ana oshalar ziyon koruvchilarning ozidirlar!"

53. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Agar belgilangan muddat qiyomat kuni bolmasa edi, albatta, ularga darhol azob kelgan bolur edi. Kelganda ham, albatta, ular sezmagan hollarida tosatdan kelur.

54. Ular Sizdan azobni tezlatishni talab qilurlar. Albatta, jahannam kofirlarni qamrab oluvchidir!

55. U kunda azob ularning ustilaridan ham, oyoqlarining ostidan ham orab olur va Alloh aytur: "Qilgan ishlaringizning jazosini totinglar!"

56. Ey, imon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar!

57. Har bir jon olim achchigini totuvchidir! Songra Bizga qaytarilursizlar.

58. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlarni, albatta, jannatda ostidan anhorlar oqib turadigan koshklarga joylashtirurmiz. Ular u yerda mangu qolurlar. Yaxshi amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir!

59. Ular sabr qilgan va yolgiz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.

60. Oz rizqini kotara topa olmaydigan qanchalab jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizq berur. U eshituvchi va biluvchidir!

61. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni toatiga boyin sundirgan zot kim?" - deb sorasangiz, albatta, ular: "Alloh", - derlar. Bas, shunday ekan, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

62. Alloh bandalaridan ozi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va Ozi xohlagan kishilarning rizqini tang qilur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir!

63. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmondan suv yomgir yogdirib yerni "olganidan" song "tiriltirilgan" zot kim?" - deb sorasangiz, albatta, ular: "Alloh", derlar. Siz ularga: "Allohga hamd!", -deb ayting! Yoq, ularning aksariyati aql yurgizmaydilar!

64. Bu dunyo hayoti faqat ozgina oyin kulgidir! Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina haqiqiy hayot joyidir.

65. Qachonki, ular kemaga minsalar garq bolishdan qorqib, Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar. Bas, qachonki, Alloh ularni quruqlikka chiqarib, najot bergach, banogoh ular Allohga yana shirk keltirurlar.

66. Biz ularga ato etgan nematlarga noshukr bolaversinlar va shu dunyodagi hayotdan "foydalanib" qolsinlar. Hali yaqinda haqiqatni bilib olajaklar!

67. Ular ozlarining atroflaridagi odamlar qirginga uchrab turgan bir paytda, Biz Makkani osoyishta haram qilib qoyganimizni kormadilarmi?! Nahotki, ular botil butlarga imon keltirib, Allohning nemati Islomni inkor etsalar?!

68. Alloh shaniga yolgon toqigan yoki Haq Quron kelgan chogda uni yolgonga yoygan kimsadan kim ham zolimroqdir?! Kofirlar uchun jahannamda joy bor emasmi?!

69. Bizning yolimizda jihod jiddu jahd qilganlarni, albatta, Oz yollarimizga hidoyat qilurmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir!