ⓘ Yosin surasi - Quronning 36-surasining nomi. 83 oyatdan iborat. Makkada nozil bolgan. Arabcha yo va sin harflaridan olingan. Ayrim mualliflar bu harflar arabcha ..

                                     

ⓘ Yosin surasi

Yosin surasi - Quronning 36-surasining nomi. 83 oyatdan iborat. Makkada nozil bolgan. Arabcha "yo" va "sin" harflaridan olingan. Ayrim mualliflar bu harflar arabcha "yo, inson" iborasining qisqartirilgan shakli deb hisoblaydilar. Bu surada Quronning muqaddas kitob sifatida Alloh tomonidan yuborilgani, unda musulmonlar uchun togri yol korsatilgani, Muhammadning paygambarligi, uning pandnasihatlariga amal qilgan dindorlar oxiratda Alloh huzuriga qaytib borishi kabi islom dinining asosiy aqidaviy goyalari ifodalangan. Shuning uchun Yo. Quronning eng kop oqiladigan suralaridan biri sanaladi "mas, kasal odam boshida, janozada, roza tutganda oqiladi. Bu sura yozilgan qogoz bazan tumor xizmatini bajaradi. Yosin surasi mazmuni Muhammad talimotining mohiyatini tashkil etadi. Muhammad bu surani Quronning "magzi" deb hisoblaganligi haqida rivoyat bor.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. Yo, Sin.

2. hikmatli Quronga qasamki,

3. haqiqatan, Siz paygambarlardandirsiz!

4. Siz Togri yoldadirsiz.

5. Bu Quron qudratli va rahmli Allohning nozil qilgan Kitobidir,

6. toki ota-bobolari ogohlantirilmay, gofil bolib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz.

7. Ularning koplariga Soz azob haqidagi hukm muqarrar bolgandir. Bas, ular imon keltirmaslar.

8. Darhaqiqat, Biz ularning to iyaklarigacha kishanlarni solib qoydik, bas, ular kekkayuvchilardir.

9. Yana ularning oldilaridan bir tosiq parda, ortlaridan bir tosiq parda qilib, ularni orab qoydik. Bas ular "kora" olmaslar.

Izoh: Bu oyat Abu Jahl Maxzumiy haqida nozil bolgan. U Rasulullohni namoz oqiyotgan paytlarida boshlariga tosh bilan urib majruh qilishga qasam ichgan bolib, maqsadini amalga oshirmoqchi bolganida toshni kotarganicha qollari toshga yopishib qoladi. Sharmanda bolib oz qavmiga qaytib kelgach, boshqa biri "Bu ishni men bajaraman" - deb ravona bolganida, Alloh taolo amri bilan uning kozi kor bolib qoladi.

10. Ey, Muhammad, Siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi - ularga barobardir - imon keltirmaslar.

11. Siz faqat Zikr Quronga ergashgan va Rahmondan goyibona qorqqan kishilarnigina ogohlantira olursiz. Bas, oshalarga magfirat va ulug mukofot jannat xushxabarini bering!

12. Albatta, Biz oliklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda qoldirgan izlarini yozib qoyurmiz. Barcha narsani Biz aniqlab beruvchi Imom Lavhul-Mahfuzda hisobga olganmiz.

13. Ey, Muhammad, Siz ularga qishloq ahlini - u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!

Izoh: Qishloqning nomi Antokiya bolib, u Rum hozirgi Italiya ning qadimiy qishloqlaridan biridir.

14. Oshanda Biz ularga ikkita elchini yuborganimizda ular ikkisini yolgonchiga chiqarishgach, uchinchi elchi bilan quvvatlantirdik. Bas, uchchala elchi Antokiya ahliga: "Haqiqatan, biz sizlarga yuborilgan elchilarmiz", degan edilar.

15. Ular: "Sizlar ham xuddi bizga oxshagan odamlarsiz. Rahmon Alloh biror narsa vahiy nozil qilgani yoq. Sizlar faqat yolgon sozlamoqdasizlar", - dedilar.

16. Elchilar aytdilar: "Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga yuborilgan elchilardirmiz!

17. Bizlarning zimmamizda faqat Allohning vahiysini sizlarga aniq yetkazishgina bordir".

18. Ular dedilar: "Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Qasamki, agar davatlaringizni toxtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshboron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar".

19. Elchilar aytdilar: "Shumlanishingiz ozlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa shumlanasizlarmi?! Yoq, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!"

20. Shu payt bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: "Ey, qavmim, bu elchilarga ergashinglar!

21. Ozlari hidoyatda bolgan va sizlardan haq soramaydigan zotlarga ergashinglar!"

Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor bolib, u shahar chetida yashar edi.

22. U yana aytdi: "Nega men ozimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? Sizlar ham Ungagina qaytarilursizlar.

23. Men Undan Ozgalarni iloh qilib olaymi?! Holbuki, agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u "iloh"larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni azobdan qutqara olmaslar.

24. U holda men, albatta, aniq zalolatda bolurman-ku!

25. Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qoyingiz!"

26. Sozlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga "Jannatga kir" deyildi. U joydagi noz-nemat va izzat-ikromni korgach, u aytdi: "Qani edi qavmim bilsalar

27. Rabbimning meni magfirat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini".

28. Biz undan Habib an-Najjor qatlidan keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qoshin azob farishtalarini tushirmadik. Biz shoshilinch tushiruvchi emasmiz.

29. Faqat birgina dahshatli qichqiriq boldi-yu, birdaniga ular "ochib" qoldilar.

30. Bandalarga hasrat nadomat bolgayki, ularga paygambar kelishi bilan uni masxara qiluvchi boldilar.

31. Axir, ular ozlaridan oldin ham qancha avlodlarni halok qilganimizni - oshalar ularning oldiga dunyoga qaytib kelmayotganini kormadilarmi?!

32. Albatta, barchalari qiyomatda Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.

33. Olik qoriq yer ular uchun qayta tirilishga bir alomatdir, Biz uni suv bilan tiriltirdik va undan turli donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yerlar.

34. Yana Biz u yerda xurmozor va uzumzor boglarni paydo qildik va u yerda buloqlarni oqizib qoydik.

35. Toki odamlar mevasidan yesinlar. Holbuki, u mevalarni oz qollari bilan qilmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!

36. Yer undiradigan narsalardan, odamlarning ozlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan Allohga tasbeh aytilur.

37. Tun ham ular uchun qudratimizdan bir alomatdir. Biz undan kunduzni sugurib olishimiz bilan birdaniga ular zulmatda qolurlar.

38. Quyosh tinmay oz qarorgohi sari joriy bolur. Bu qudratli va bilimli zotning olchovidir.

39. Biz oyni ham, toki u eski xurmo butogidek bolib egilib qolgunicha, manzillarga botadigan qilib olchab qoygandirmiz.

Izoh: Madorik tafsirida yozilishicha, oy agar qisqa bolsa, u hilollik kunidan boshlab 28 joyda korinadi. Song bir yoki ikki kecha korinmasdan, yana boshidan boshlab takrorlanaveradi. Shu manzillarga qarab oyning nuri ham ozayib-kopayib turadi.

40. Na quyosh oyga yetishi mumkin va na kecha-kunduzdan ozuvchidir. Quyosh, oy va yulduzlarning har biri bir falakda suzadilar.

41. Biz ularning zurriyotlarini Nuh paygambar yasagan tola kemada kotarganimiz va tofondan qutqarganimiz ular uchun qudratimizdan yana bir alomatdir.

42. Yana Biz ularga xuddi osha kemaga oxshash ot, tuya kabi minadigan narsalarni ham yaratdik.

43. Agar Biz xohlasak, ularni garq qilurmiz-da, song ular uchun biror yordamchi bolmas va ular qutqarilmaslar ham.

44. Faqat Biz tomondan bolgan marhamat sababli va malum bir vaqtgacha hayotdan bahramand bolishlari uchun muhlat berilur.

45. Qachonki, ularga: "Rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi oxiratdan va ortingizdagi dunyodan qorqinglar" deyilsa, quloq solmaslar.

46. Ularga Parvardigorlarining oyatlaridan biror oyat kelsa, albatta, ular osha oyatdan yuz ogiruvchi bolurlar.

47. Qachonki, ularga: "Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar", - deyilsa, kofir bolgan kimsalar imon keltirgan zotlarga istehzo bilan: "Agar Alloh xohlasa, Ozi oziqlantiradigan kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar, shubhasiz, aniq zalolatdadirsizlar", - derlar.

48. Yana ular: "Agar rostgoy bolsangizlar aytinglar-chi, mana shu vada azob qachon boladi?" - derlar.

49. Ular janjallashib turganlarida, ularni tutuvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.

50. Bas, ular na biror vasiyat qilishga va na oila ahliga qaytishga qodir bolurlar.

51. Qiyomat kuni sur chalinishi bilan birdaniga ular qabrlaridan Parvardigorlari sari sugurilib chiqurlar.

52. Ular: "Holimizga voy! Kim bizlarni uxlayotgan joyimizdan oygotdi?" - deganlarida, ularga aytilur: "Mana shu Rahmon vada qilgan va paygambarlar sozlagan rost narsa qiyomatdir".

53. Faqatgina bir qichqiriq, bas, darhol ularning barchalari Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.

54. Mana bugun hech bir jonga zulm qilinmas va sizlar faqat ozlaringiz qilib otgan amallaringizga qarab taqdirlanursizlar.

55. Albatta, jannat ahli bu Kunda rohat va farogat ishlari bilan shoddirlar.

56. Ular oz juftlari bilan birga soyalarda, sorilarda suyanib otirurlar.

57. Ularga u joyda turli mevalar va ular uchun istagan narsalari mavjuddir.

58. Ularga rahmli Parvardigor tomonidan salom aytilur.

59. Ey, jinoyatchilar, bu Kunda, endi mominlardan ajralinglar!

60. Men sizlarga tavsiya qilib: "Ey, Odam bolalari, shaytonga ibodat itoat qilmangiz, chunki, u sizlarga ochiq dushmandir.

61. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu Togri yoldir" demaganmidim?!

62. Shayton sizlarning ichingizdan kop avlodni yoldan ozdirdi. Axir, aql yurituvchi bolmadingizlarmi?

63. Sizlarga vada qilingan jahannam mana shudir!

64. Dunyoda kofir bolib otganlaringiz sababli bu Kunda unda toblaningiz!

65. Bu Kunda Biz ularning ogizlarini muhrlab qoyurmiz. Bizga ularning qilib otgan ishlari haqida qollari sozlab, oyoqlari guvohlik berur.

66. Agar Biz xohlasak, ularning kozlarini yoq qilgan bolur edik. Ana u holda ular yolga shoshardilaru, lekin qayoqdan yolni kora olsinlar?!

67. Agar Biz xohlasak, ularni turgan joylarida maymun, tongiz yo tosh kabi narsalarga aylantirib qoygan bolur edik. Song ular oldinga yurishga ham qodir emaslar va orqalariga ham qayta olmaslar.

68. Biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini xam egik, zaif qilib qoyurmiz. Axir, aql yurgizmaydilarmi?!

69. Muhammadga sherni talim bermadik va unga shoirlik mumkin ham emas. U vahiy faqat zikr eslatma va aniq Qurondir.

70. U tirik aqlli kishilarni ogohlantirish va kofirlarga Soz azob muqarrar bolishi uchun nozil qilingandir.

71. Axir, ular uchun Oz "qolimiz" ishi bilan chorva hayvonlarini yaratib qoyganimizni kormadilarmi?! Mana ular osha hayvonlarga egadirlar.

72. Biz osha hayvonlarni ularga boyin sundirib qoyganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham osha hayvonlardan va oshalardan yegaylar.

73. Yana ular uchun osha hayvonlarda turli foydalar va ichimlik sut-qaymoqlar bordir. Axir, shukr qilmaydilarmi?!

74. Allohni qoyib yordam olish umidida "iloh" larni tutdilar.

75. Ular hozirlangan qoshin bola turib, ularga yordam berishga qodir bolmaslar.

76. Bas, ey, Muhammad, Sizni ularning sozlari gamgin qilmasin! Zotan, Biz ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz.

77. Inson, Biz uni nutfadan bir tomchi shahvat suvidan yaratganimizni, endi esa, u birdaniga Ozimizga oshkora xusumat qiluvchi bolib qolganini kormadimi?!

78. U Bizga: "Chirib ketgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?" - deb, masal keltirdi-yu, ammo ozining qanday yaralganini unutib qoydi.

79. Ey, Muhammad, ayting: "U chirigan suyaklarni dastlab paydo qilgan zotning Ozi qayta tiriltirur. U turli xil yaratishlarni biluvchidir".

80. U sizlar uchun yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar oshandan olov yoqursizlar.

81. Osmonlar va Yerni yaratgan zot yana ularning xuddi ozidek yaratishga qodir emasmi?! Yoq, albatta, qodirdir. U yaratuvchi va biluvchidir!

82. Biror narsa yaratishni iroda qilganda, Uning ishi faqatgina: "Bol!" - deyishdir. U narsa esa bolur vujudga kelur.

83. Bas, barcha narsaning egaligi Oz "qoli" da bolgan Allohga tasbeh aytilur. Unga huzurigagina qaytarilursizlar!