ⓘ Rahmon surasi - Quronning 55-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 531–534-sahifasida va 27-juzida joylashgan. 96-bolib nozil bo ..

                                     

ⓘ Rahmon surasi

Rahmon surasi - Quronning 55-surasi. Madaniy suralardan biri, 78 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 531–534-sahifasida va 27-juzida joylashgan. 96-bolib nozil bolgan.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. Mehribon Alloh

2. Quronni talim berdi.

3. U insonni yaratdi.

4. Unga bayonni nutqni talim berdi.

5. Quyosh ham, oy ham aniq hisob bilan joriydirlar.

6. Poliz ekinlariyu daraxtlar ham Allohga sajda qilur boyin sunur.

7. Osmonni baland qilib qoydi va tarozini joriy qildi.

8. Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.

9. vaznda adolat ornatinglar va tarozidan urib qolmanglar!

10. U Yerni odamlar uchun tekis qilib qoydi.

11. Unda meva va gunchali xurmo daraxtlari bor.

12. Yana somonli donlar va rayhon gullari bor.

13. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

14. U insonni Odamni sopol yangliq quruq loydan yaratdi.

15. Jin va shaytonlarni esa olovdan yaratdi.

16. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

17. Alloh ikki mashriqning yani, kun va oy chiqadigan tomonlarning ham, ikki magribning kun va oy botadigan tomonlarning ham Parvardigoridir.

18. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

19. U ikki dengiz daryoni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib yonma-yon oqizib qoydi.

20. Ammo u ikkisining ortasida bir tosiq bolib, ular osha tosiqdan oshib otmaslar.

Izoh: Adan korfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab bogozida va Atlas ummoni Atlantika okeani bilan Oq Orta Yer dengiz tutashgan Jabali Toriq Gibraltar bogozida ikki dengiz suvi bir-biriga aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan Kusto ham Quroni Karimning ilohiy mojiza ekanligini tan oldi.

21. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

22. U ikkisidan dengizdan marvarid va marjon chiqur.

23. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

24. Uning dengizda yelkanlari toglar kabi baland kotarilgan kemalari ham bordir.

25. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

26. Yer yuzidagi barcha mavjudot foniydir.

27. Uluglik va ikrom sohibi bolmish Rabbingizning "yuzi" bogliy qolur.

28. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

29. Osmonlar va Yerdagi barcha jonzot hojatlarini Undan sorar. U har kuni faoliyatdadir.

Izoh: Alloh taolo kecha va kunduzning har bir daqiqa va soniyasida biror ishni qilib turgan boladi. Masalan, birovni kechiradi, birovning hojatini chiqaradi, kimningdir darajasini kotaradi, kimnidir pastlatadi, nimanidir yaratadi, kimlarnidir dunyoga keltiradi, kimlarnidir vafot ettiradi. Bu oyati karima Alloh shanba kuni yoki yakshanba kuni dam oladi deydigan qavmlarning aqidasi qanchalik puch ekanligiga dalildir. Zero, Alloh taolo mabodo bir lahza dunyoni tasarruf etishdan toxtasa, yeru osmon vayron bolib ketgan bolur edi.

30. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

31. Yaqinda Qiyomatda sizlarni hisob-kitob qilish uchun foriq bolajakmiz, ey, insu jinlar!

32. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

33. Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar Allohning jazosidan qochib osmonlar va Yer hududlaridan otib ketishga qodir bolsangizlar, otib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira otib keta olmassizlar!

34. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

35. U Kunda ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar unga qarshi yordam topa olmassizlar.

36. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

37. Bas, qachonki, Qiyomat qoyim bolgach, osmon yorilib, jahannam haroratidan yog kabi qizarib qolganida,

38. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

39. Ana osha Kunda na ins va na jindan qilib otgan gunohi togrisida sorab otirilmas.

40. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

41. Balki jinoyatchi osiy kimsalar oz belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar va jahannamga tashlanular.

42. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

43. Jinoyatchi osiylar yolgon deydigan jahannam mana shudir.

44. Ular osha jahannam bilan ota qaynoq suv ortasida aylanib tururlar.

45. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

46. Parvardigori huzurida turishdan soralishdan qorqqan kishi uchun ikki jannat bogli bordir.

47. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

48. U ikki jannat bogli qalin shox-novdalarga egadir.

49. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

50. U ikkisida ikki oqin chashma bordir.

51. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.

53. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

54. Ahli jannat astarlari shoyidan bolgan korpachalar uzra yastangan hollarida otirurlar. U ikki jannat mevasi yaqindir.

55. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

56. U jannatlarda shunday kozlarini begona erkaklardan tiyuvchi qizlar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.

57. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

58. Ular ning badanlari goyoki yoqut va marjondirlar.

59. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

60. Ehson ezgulikning mukofoti faqat ehson ezgulikdir.

61. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

62. U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog bordir.

63. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

64. Ikkisi sersuv va sersoyalikdan toq yashildirlar.

65. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

66. U ikkisida suvi tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.

67. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.

69. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

70. U jannatlarda xushxulq va husndor ayollar bordir.

71. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

72. Ular chodirlarda asraluvchi hurlardir.

73. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

74. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.

75. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

76. Jannat ahli yashil yostiqlar va gozal gilamlar uzra yastangan hollarida oltirurlar.

77. Bas, ey, ins va jinlar, Rabbingizning qaysi nematlarini inkor etasizlar?!

78. Uluglik va ikrom sohibi bolmish Rabbingizning ismi barakotlidir.

                                     
  • Tag obun surasi arabcha: سورة التغابن, nomining ma nosi - Bir - birlarini aldash - ziyon yetkazish kuni - Qur onning 64 - surasi Madaniy suralardan biri
  • A lo surasi arabcha: سورة الأعلى, nomining ma nosi - Eng oliy zot - Qur onning 87 - surasi Makkiy suralardan biri, 19 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning
  • Maorij surasi arabcha: سورة المعارج, nomining ma nosi - Osmon qavatlari - Qur onning 70 - surasi Makkiy suralardan biri, 44 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning
  • Jum a surasi arabcha: سورة الجمعة, nomining ma nosi - Juma kun - Qur onning 62 - surasi Madaniy suralardan biri, 11 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning
  • G oshiya surasi arabcha: سورة الغاشية, nomining ma nosi - O rab olguvchi - Qur onning 88 - surasi Makkiy suralardan biri, 26 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning
  • Ixlos surasi arabcha: سورة الإخلاص, nomining ma nosi - Xolis qilish - Qur onning 112 - surasi Makkiy suralardan biri, 4 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning
  • Haaqqah surasi arabcha: سورة الحاقة, nomining ma nosi - Aniq ro y berguvchi - Qur onning 69 - surasi Makkiy suralardan biri, 52 oyatdan iborat. Bu sura
  • Duxon surasi arabcha: سورة الدخان, nomining ma nosi - Tutun - Qur onning 44 - surasi Makkiy suralardan biri, 59 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning 496 498 - sahifasida
  • Zuxruf surasi arabcha: سورة الزخرف, nomining ma nosi - Zeb - ziynat - Qur onning 43 - surasi Makkiy suralardan biri, 89 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning
  • G ofir surasi arabcha: سورة غافر, nomining ma nosi - Mag firat qilguvchi - Qur onning 40 - surasi Makkiy suralardan biri, 85 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning
  • Sho ro surasi arabcha: سورة الشورى, nomining ma nosi - Maslahat - Qur onning 42 - surasi Makkiy suralardan biri, 53 oyatdan iborat. Bu sura Qur onning