ⓘ Voqea surasi. Voqea - qiyomat nomlaridan biri. Surada qiyomat qoyim bolganda roy beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning oladigan ..

                                     

ⓘ Voqea surasi

Voqea - qiyomat nomlaridan biri. Surada qiyomat qoyim bolganda roy beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning oladigan mukofotlari, jannat nematlari, dozax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.

                                     

1. Tarjimasi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. Qachonki, Qiyomat voqe qoyim bolganda -

2. uning voqe bolishining yolgoni yoqdir -

3. u odamlarni ostin-ustun etuvchidir.

4. Yer larzaga kelgan,

5. toglar titilib tozib,

6. tozonga aylangan bolur.

7. Sizlar esa uch toifa bolursizlar.

8. Bas, u uchning birinchisi ong tomon egalaridir. Ong tomon egalari bolmoq ne saodatdir!

9. Ikkinchi toifa chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari bolmoq ne baxtsizlikdir!

Izoh: Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan yaxshi-yomon amallari yozilgan nomai amollari qaysi tarafidan berilishiga qarab taqdiri malum boladi Kitobi ong tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir.

10. Uchinchi toifa ezgu ishlarda ozib-ozib ketgan zotlardir.

11. Aynan oshalar Allohga yaqin zotlardir

12. noz-nemat boglarida

13. Ozib ketganlar avvalgi ummatlardan kopchilik,

14. keyingilar Muhammad ummatlaridan esa ozchilikdir.

15. Ular oltindan yasalgan sorilarda,

16. yastangan hollarida bir-birlariga robaro bolib oltirurlar.

17. Ustilarida esa mangu yosh bolalar aylanib yururlar

18. oqar chashmadan olinmish mayli qadahlar, kozalar va kosalar bilan.

19. U maylardan ularning boshlari ham oqrimas, mast ham bolmaslar.

20. Yana ozlari tanlab oladigan meva bilan,

21. ishtahalari tortgan qush goshtlari bilan ham aylanib tururlar.

22. Yana ular uchun kozlari keng va tiniq hurlar ham bolurki,

23. ular xuddi yopiq marvarid misolidirlar.

24. Bu ular dunyoda qilib otgan amallarining mukofotidir.

25. Ular u joyda behuda va gunoh sozni eshitmaslar,

26. faqat "Salom-salom" sozinigina eshiturlar.

27. Ong tomon egalari - ong tomon egalari bolmoq ne saodatdir!

28. Ular tikansiz butazorlarda,

29. tizilgan bananzorlarda,

30. yoyiq soya ostida,

31. oqizib qoyilgan suv boyida,

32. koplab meva uzraki,

33. ular tuganmas va man etilmasdir.

34. Shuningdek, ular baland toshalgan korpachalar ustidadirlar.

35. Biz ularni hurlarni dafatan paydo qildik onadan tuqilmadilar.

36. Song ularni bokira qizlar qildik.

37. Ular jozibali va tengqurdirlar.

38. Ular ong tomon egalari uchundir.

39. Ong tomon egalari avvalgi ummatlardan ham kopchilik,

40. keyingilaridan Muhammad ummatlaridan ham kopchilikdir.

41. Chap tomon egalari - chap tomon egalari bolmoq ne baxtsizlikdir! -

42. Ular Samum shamoli va qaynoq suv ichida,

Izoh: Samum - qattiq issiq shamol, garmsel.

43. qora tutun soyasi ostidaki,

44. na sovuqdir va na yoqimli.

45. Ular bundan ilgari dunyoda ishratchi edilar.

46. Yana ulkan gunoh shirk uzra ustivor edilar.

47.Yana aytar edilar: "Bizlar olib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta tiriltiriluvchimizmi?!

48. Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?!"

49. ayting: "Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham

50. malum Kundagi belgilangan vaqtda, albatta, toplanuvchidirlar!

51. Songra sizlar, ey, qayta tirilishni inkor etuvchi gumrohlar,

52. albatta, jahannam giyohi Zaqqum daraxtidan yeguvchi,

53. undan qorinlarni toldiruvchidirsizlar.

54. Song uning ustiga qaynoq suvdan ichuvchi,

55. ichganda ham tashna tuyalar kabi ichuvchidirsizlar.

56. Mana shu jazo Kunidagi ularning "ziyofat" idir.

57. Ey, insonlar, sizlarni Biz yaratdik-ku! Bas, yana qayta yarata olishimizni tasdiq etmaysizlarmi?!

58. Sizlar xotinlaringiz bachadoniga tokadigan maniy urugni oylab kordingizmi?

59. Uni sizlar inson qilib yaraturmisizlar yoki Biz yaratuvchimizmi?!

60. Sizlarning ortangizdagi olimni ham Biz olchab qoygandirmiz. Bizdan ozib ketilmas.

61. Biz orningizga sizlarga oxshaganlarni almashtirib qoyishga hamda sizlarni ozlaringiz bilmaydigan holat - suratda qayta paydo qilishga ham ojiz emasdirmiz.

62. Sizlar ilk bor paydo bolishlaringiz qanday bolganini bildingiz-ku! Bas, eslatma olmaysizlarmi?!

63. Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida oylab kordingizmi?!

64. Uni sizlar undirurmisizlar yoki Biz undiruvchimizmi?!

65. Agar Biz xohlasak, uni quruq chop qilib qoygan bolur edik, sizlar esa ajablanib qolavergan bolur edingiz.

66. "Bizlar ziyon koruvchilarmiz.

67. Balki, bizlar rizqimizdan mahrumdirmiz" deb nadomatda qolgan bolur edingizlar.

68. Sizlar ozlaringiz ichayotgan suvni oylab kordingizmi?!

69. Uni bulutlardan sizlar yogdirdingizmi yoki Biz yogdiruvchimizmi?!

70. Agar Biz xohlasak, uni shor va achchiq qilib qoygan bolur edik. Bas, shukr qilmaysizlarmi?!

71. Sizlar yogayotgan olovni oylab kordingizmi?!

72. Uning daraxtini sizlar paydo qildingizmi yoki Biz paydo qiluvchimizmi?!

73. Biz uni jahannam haqida bir eslatma va yolovchilar uchun foydalanadigan narsa qilib qoydik.

74. Bas, Ey, Muhammad, Ulug Rabbingiz nomini poklab tasbeh ayting!

75. Men yulduzlarning botish joylari bilan qasamyod eturman -

76. bu qasam agar bilsangizlar, albatta, buyuk qasamdir -.

77. albatta, u Quroni karimdir

78. yashirin Kitobdagi Lavhul-Mahfuzdagi.

79. Uni Quronni tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar.

80. U olamlar Parvardigori tomonidan nozil qilingandir.

81. Bas, ey, kofirlar, sizlar shu Sozga Quronga beparvolik qilayapsizlarmi?!

82. Yana Quronni yolgonga chiqarishingizni oz rizqingiz qilib olayapsizlarmi?!

83. Bas, qachonki, kishining joni halqumga yetganida,

84. holbuki, osha vaqtda sizlar qarab turursizlar.

85. Biz esa unga sizlardan kora yaqinroqdirmiz, lekin sizlar buni kormassizlar.

86. Bas, qani endi, sizlar jazolanmaydigan bolsangizlar,

87. va rostgoy bolsangizlaru, oshani jonni qaytara olsangizlar!

88. Bas, agar osha vafot etgan zot Allohga yaqinlardan bolsa,

89. uning uchun rohat, rayhon boyi va nematlar jannati bordir.

90. Endi, agar u ong tomon egalaridan bolsa,

91. bas, ey, saodatli banda, senga ong tomon egalaridan salom!

92. Bordi-yu, u dinni inkor etuvchi gumrohlardan chap tomon egalaridan bolsa,

93. bas, qaynoq suvdan iborat "ziyofat"

94. va dozaxning toblashi bordir.

95. Albatta, bu zikr qilingan narsalar ayni haqiqatning ozidir.

96. Bas, Ulug Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!Uning gozal ismlari kop