ⓘ Sharh surasi - Quronning 94-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 596–597-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 12-bolib nozil bolga ..

                                     

ⓘ Sharh surasi

Sharh surasi - Quronning 94-surasi. Makkiy suralardan biri, 8 oyatdan iborat. Bu sura Quronning 596–597-sahifasida va 30-juzida joylashgan. 12-bolib nozil bolgan. Sharh - ochish. Bu yerda Rasulullohning dillarini ilmu hikmat bilan ochilishi muroddir.

                                     

1. Asosiy mavzusi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. Ey, Muhammad, koksingizni ilmu-hikmatga keng ochib qoymadikmi?!

2. Sizdan yukingizni olib qoydik,

3. qaysiki, belingizni ezib turgan edi.

Izoh: Bellarini ezib turgan yuk On hazratdan sodir bolgan bazi kichik sahvu xatolar. Chunonchi "Abasa" surasi izohida qayd etildi.

4. Zikringizni martabangizni ham baland qilib qoydik.

5. Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

6. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir.

7. Bas, ey, Muhammad, qachonki, namozdan foriq bolsangiz, orningizdan turing

8. va Rabbingiz sari ragbat bilan iltijo qiling!