ⓘ Nauru, Nauru Respublikasi - Tinch okeanning janubigarbiy qismidagi Nauru orolda joylashgan davlat. Maydoni 21 km². Aholisi 12.3 ming kishi, Rasmiy poytaxti yoq. ..

                                     

ⓘ Nauru

Nauru, Nauru Respublikasi - Tinch okeanning janubigarbiy qismidagi Nauru orolda joylashgan davlat. Maydoni 21 km². Aholisi 12.3 ming kishi, Rasmiy poytaxti yoq. Hukumat qarorgohi Meneng okrugida, hukumat binosi va parlament - Yaren okrugida. Mamuriy jihatdan 8 okrug ra bolinadi.

                                     

1. Tarixi

Nauru - Buyuk Britaniya Hamdostligi tarkibidagi respublika. 1968 yilgi konstitutsiya amal qiladi. Davlat va hukumat boshligi - prezident. U parlament azolari orasidan 3 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni aholi tomonidan 3 yil muddatga saylanadigan va 18 azodan iborat parlament, ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi; uning vazirlari parlament azolaridan boladi.

Orolga yevropaliklardan birinchi bolib 1798 yilda ingliz dengizchisi J. Fern kelgan, 1830-yillardan savdogarlar, marvarid qidiruvchilar kochib kela boshlagan. 1888 yilda Germaniya orolni bosib olib, uni ozining Marshall orollari protektoratiga qoshdi. 1898 yilda Nauruda boy fosforit koni topildi. 1914 yilda orolni Avstraliya qoshinlari egalladi. 1919 yilda Nauru Millatlar Ligasining mandatli hududi sifatida Buyuk Britaniya, Avstraliya vaYangi Zelandiyaga birgalikda boshqarish uchun beriddi. 1942 yilda Nauruni yaponlar bosib oldi. 1947 yilda BMTning vasiyligidagi Nauru oroli yana Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya boshqaruviga otdi. 1940 - 50 yillarda mamlakatda mustaqillik harakati kuchaydi. 1951 yilda qabila boshliklari kengashi 1927 yil tuzilgan asosida Nauru mahalliy boshqaruv kengashi tashkil etildi. 1966 yilda tuzilgan Qonun chiqaruvchi va Ijroiya kengashlari mahal-liy boshqaruv sohasida haqiqiy huquqlar oldi. Nihoyat, 1968 yilda Nauru mustaqil davlat - Nauru Respublikasi deb elon qilindi. Nauru - 1999 yildan BMT azosi. Milliy bayrami - 31 yanvar - Mustaqillik kuni 1968.

                                     

2. Geografiya

Nauru orol tektonik harakat natijasida suv ostida kotarilgan atoll bolib, unda halqasimon marjon qoyalari kotarmalari saqlangan. Yer yuzasi - plato eng baland joyi 65 m. Platoning chetlaridagi kambar eni 200 m gacha sohil - terrasasimon. Iklimi issiq; oylik ortacha temperatura 28°, yillik yogin 2500 mm. Doimiy oqar suvlari yoq. Ichimlik suv chetdan keltiriladi. Osimligi qattiq bargli daraxt va bu-talardan iborat. Dengiz qushlari va hasharot kop.

                                     

3. Demografiyasi

Aholisining 60% mahalliy nauru polineziyaliklar, qolgan qismi - Okeaniyaning boshqa orollaridan kelganlar, xitoylar, filippinlar va yevropaliklar. Rasmiy tillari - nauru va ingliz tillari. Dindorlarning 60% - protestant, qolganlari - katolik va boshqa.

                                     

4. Davlat va Siyosat

Nauruda yagona partiya - Nauru demokratik partiyasi mavjud, u 1987 yilda tuzilgan. Mamlakat kasaba uyushma birlashmasi Nauru ishchi tashkiloti deb ataladi 1974 yilda asos solingan.

                                     

5. Xalq Xojaligi

Iqtisodiyotining asosini fosforit qazib olish va eksport qilish tashkil etadi yiliga 2 mln. tonna. Tropik osimliklar, asosan, kokos palmasi ostiriladi, sabzovot va mevalar ham yetishtiriladi. Baliq ovlash va hunarmandchilik rivojlangan. Chetga, asosan, fosforit va kopra chiqariladi, chetdan oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashina va kon uskunalari, yonil-gi, uyrozgor asboblari keltiriladi. Sohil boylab 19 km tosh yol qurilgan. Fosforit koni bilan port oraligidagi temir yol uzunligi - 6 km. Tashqi savdodagi mijozlari: Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya. Pul birligi - Avstraliya dollari.

Nauru maktablarida 2200 kishi talim oladi. 1000 ga yaqin kishi chet ellarda oqiydi. Xukumatga qarashli "Bulletin" gaz. ingliz va nauru tillarida haftada 1 marta chiqadi. Nauru radioeshittirish xizmati 1968 yildan va Nauru televideniyesi 1991 yildan ishlaydi.

                                     

6. Xalqaro Munosabatlar

Tinch okeanining garbiy qismida shu nomli orolda joyla shgan bu davlatning axolisi 14 000 kishidan iborat. Oz mustaqilligiga 1968-yilda erishgan. Nauru davlatini Avstraliya oz ximoyasiga olgan va bu shunchaki shartnoma emasligini amalda xam isbotlagan. 1940-yilda Nauru xali mustaqil davlat maqomiga ega bolmagan bolsada, Germaniya xujum qilgan payitda Avstraliya komakka kelgan. Lixtenshteyn Poytaxti Vaduts shahri bolgan Markaziy Yevropadagi bu davlat Avstriya va Shvetsariya bilan chegaradosh. Knyazlikda konstitutsa monarxiya tizimi xukum suradi. Garchi biror bir davlat rasman Lixtenshteyn mudofasini oz zimmasiga olmagan bolsada, knyazlik xukumati Shvetsariyada otqazilgan muzokaralar chogida bir qator davlatlar bilan bu borada bitimlar imzolanganligini takitlaydi.