ⓘ Tonga, Tonga Qirollig i - Tinch okeanning janubi-garbiy qismidagi va Polineziyadagi Tonga arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 748 km². Aholisi 106.1 ming ki ..

                                     

ⓘ Tonga

Tonga, Tonga Qirollig i - Tinch okeanning janubi-garbiy qismidagi va Polineziyadagi Tonga arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 748 km². Aholisi 106.1 ming kishi. Poytaxti - Nukualofa shahri Mamuriy jihatdan 6 okrug ra bolinadi.

                                     

1. Davlat tuzumi

T. - konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdostlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1875 yilda qabul kilingan, keyinchalik unga qoshimcha va tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligi - qirol 1965 yildan Taufa’axau Tupou IV. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Qonun chiqaruvchi assambleya, ijrochi hokimyatni qirol va bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

                                     

2. Tabiati

Tonga arxipelagi Dostlik orollari Tinch okeanning janubi-garbidagi va Polineziyadagi vulkan va marjonlardan hosil bolgan bir qancha orollardan iborat. Ularning tarkibida uch asosiy guruh: Tongatapu, Xaapay, Vavau o.lari hamda bir qancha mayda va odam yashamaydigan orollar bor. Tonga arxipelagi orollari 2 parallel suv osti tizmasida joylashgan bolib, garbiy tizma uz. 700 km dan koproq togli vulkanik orollardan eng baland joyi Kao o.da, 1030 m, sharqiy tizma uncha baland bolmagan marjon orollardan iborat. Harakatdagi vulkanlar, shu jumladan, suv osti vulkanlari bor. Iklimi - tropik, dengiz iklimi. Dekabr - aprel issiq, nam, may - noyabr salqin va quruq oylar. Yanvarning ortacha temperaturasi 26°, avgustniki 20°. Yillik yogin 2000 mm. Tuprogi unumdor qizil tuproq, orollar namsevar tropik ormonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi ilon, kaltakesak va qushlarning 30 ga yakin turi, kalamush va sichkrn, toshbaqa, dengiz mollyuskalaridan iborat; baliq kop.

Aholisining aksariyati 98% - tongalar. Boshqa orollardan kelgan polinezlar va yevropaliklar ham bor. Dindorlarning kopchiligi protestant; katoliklar ham bor. Rasmiy til - tonga va ingliz tillari. Aholining 43% shaharlarda yashaydi.

                                     

3. Tarixi

Mil. av. 2ming y.likda orollarga polinezlar kochib kelgan. Mil. 10-asrda davlat uyushmalari paydo bolgan, ularni qabila boshliqlari idora qilgan. Bu yerga 17-asrda golland dengizchi sayyoxlar yetib borgan. 1845 yil Xaapay o.lari kabila boshligi orollar guruxini birlashtirishga erishdi. T.ni egallash uchun Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH ortasida keskin kurash bolib, natijada 1900 yil T. Buyuk Britaniya protektorati ostidagi ozini ozi idora qiluvchi davlat deb elon kilindi. 1967 yilgi Buyuk Britaniya - T. bitimi Buyuk Britaniyaning orollar ustidan nazoratini chekladi. 1970 yil 4 iyunda T. mustakillikka erishdi. T. - 1999 yildan BMT azosi. Milliy bayrami - 4 iyun - Mustaqillik elon qilingan kun 1970.

Siyosiy partiyalari. Inson huquqlari va demokratiya uchun harakat; Xalq partiyasi, 1994 y. tuzilgan. T.da kasaba uyushmalari yoq.

                                     

4. Xojaligi

T. - iqtisodiy jihatdan zaif agrar mamlakat. Iktisodiyotining asosi qishloq xojaligi. yalpi ichki mahsulotning 32%. Aholining 90% shu sohada band.

Eksport uchun banan, ananas, kokos palmasi kopra, sitrus mevalar, mahalliy ehtiyoj uchun batat, yams, maniok, taro yetishtiriladi. Qoramol, chochqa, echki, uy parrandasi boqiladi, baliq ovlanadi, yogoch tayyorlanadi.

Sanoati qishloq xojaligi. xom ashyosini qayta ishlaydigan va taxta tiladigan mayda korxonalar, tikuv fkasidan iborat. Avtomobil yollari uz. - 650 km dan ziyod. Asosiy dengiz portlari savdo markazlari - Nukualofa va Neiafu. T. chetga kopra, banan, tropik mevalar, dengiz mahsulotlari, qovun, vanil, pomidor chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat, sanoat mollari oladi. Yangi Zelandiya, Avstraliya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya bilan savdo qiladi. Pul birligi - paanga.

Maorifi. Boshlangich talim bepul, 6 - 14 yoshdagi bolalar uchun majburiy. Boshlangich maktab oqituvchilari ped. kollejida tayyorlanadi. Okean sohilidagi orombaxsh plyajlar va Nukualofadagi qirol saroyi T.ning diqqatga sazovor joylaridir.

Matbuoti va radioeshittirishi. "Tonga kronikl", "Tonga Tayme", ; "Kele’a". T. radioeshittirish komissiyasi hukumatga qarashli bolib, 1961 yil tashkil etilgan.

Tonga Qirolligi poytaxti - Nukualofa shahri. BMT azosi