ⓘ Tuvalu - Okeaniyada, Tinch okeanning janubi-garbiy qismida joylashgan davlat. BMT azosi. Maydoni 26 km², aholisi 11.15 ming kishi. Poytaxti Funafuti shahri. Aho ..

                                     

ⓘ Tuvalu

Tuvalu - Okeaniyada, Tinch okeanning janubi-garbiy qismida joylashgan davlat. BMT azosi. Maydoni 26 km², aholisi 11.15 ming kishi. Poytaxti Funafuti shahri. Aholisining kopchiligi tuvalular. Rasmiy til - ingliz tili, shuningdek, polineziya tillaridan biri - tuvalular tili ham qollaniladi. Dindorlarning aksariyati protestantlar.

                                     

1. Davlat tuzumi

T. - Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdostlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat Hamdostlik mamlakatlari davlat va hukumat boshliklari anjumanlarida qatnashish huquqiga ega emas. Amaldagi konstitutsiyasi 1978 yil qabul qilingan. Davlat boshligi - Buyuk Britaniya qirolichasi, uning nomidan generalgubernator davlatni boshqaradi; u bosh vazir tavsiyasiga binoan, T. fuqarolari orasidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

                                     

2. Tabiati

T. marjonlardan hosil bolgan 9 ta orolda joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik; faqat buta va mayda daraxtlar osadi. Iqlimi iliq va nam, kuchli tofon bolib turadi. Ortacha yillik temperatura 27°, yillik yogin miqdori 2500–3300 mm. Hayvonot dunyosi qushlar va hasharotlardan iborat.

                                     

3. Tarixi

T. orollariga mil. 1ming y.lik ortalaridan polinezlar kochib kela boshlagan. Orollarga yevropaliklardan dastlab 1568 yil ispanlar borgan.

1850 - 75 yillarda qul savdogarlari T. aholisining bir qismini Avstraliyada ishlatish uchun olib ketganlar. Qul savdosi va yuqumli kasalliklar sababli aholi 10 baravar kamayib ketgan. 1892 yil T. orollarini Buyuk Britaniya egallab olib, Gilbert o.lari bilan birga Britaniya protektoratiga birlashtirgan, 1916 yil Gilbert va Ellis o.lari nomi bilan mustamlakaga aylantirgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida T.da Amerika qoshinlari joylashib, Gilbert arxipelagini bosib olgan yaponlarga qarshi kurashgan. 1974 y. referendum natijasida T. aholisining kopchiligi Gilbert o.laridan ajralib chiqish uchun ovoz berdi. 1975 yil T. Britaniyaning alohida mustamlakasi boldi, 1978 yil 1 oktabrda Hamdostlik tarkibidagi mustaqil davlat deb elon kilindi. T.da siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoq. T. - 2000 yildan BMT azosi. Milliy bayrami - 1 oktabr - Mustaqillik kuni 1978.



                                     

4. Xojaligi

T. agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosi - qishloq xojaligi. Kokos palmasi, taro, pulaka taroning bir turi, non daraxti, banan ostiriladi, sabzavot ekiladi. Chochqa va tovuq boqiladi. Baliq ovlash bilan shugullaniladi. Kokos yongogining bir qismidan kopra ajratib olinadi. Hunarmandchilik chiganoqdan bezaklar yasash, savat toqish va boshqalar rivojlangan. Yengil sanoat korxonalari bor. Transporti unchalik rivojlanmagan. Funafuti o.da dengiz prichali bor. 6 orol ortasida aviatsiya katnovi yolga qoyilgan. Chetga kiyim, poyabzal, kopra, meva va sabzavot chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va sanoat mollari, energiya resurslari oladi. Tashqi savdoda Fiji, Avstraliya, JAR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi - avstraliya dollari. T. radiosi ishlaydi 1975 yil tashkil etilgan.Bundan tashqari